11.1. UNIVERSAL YOPIQ VAGONLARNI TA’MIRLASH
Kuzovni ichki obshivasini ta’mirlash
tom qismiga o’rnatilgan fanera osilib qolganda singanda, shikastlanganda, maxkamlangan joyidan chiqib ketganda duradgor tomonidan osilib qolgan, joyidan chiqib ketgan faneralar tomga maxkamlanadi, yaroqsiz holga kelgan faneralar yangisiga almashtirildadi, qo’yilayotgan fanera qalinligi 8 mm kam bo’lmasligi kerak. Qo’yilayotgan faneralar 4 mm bo’lgan hollarda ikkita fanerani birga qo’yishga ruxsat etiladi.
Faneraning shikastlangan joyi kesib olinib, joyiga fanera qo’yiladi bir hil qalinlikda.
Shikastlangan fanera joyiga qo’yilayotgan fanera 3 ta bo’lakdan oshmasligi kerak, agar qo’yilayotgan fanera 1 metrgacha bo’lsa bittadan oshmasligi kerak, agar qo’yilayotgan fanera 1 metrdan katta bo’lsa ikkitadan oshlmasligi kerak. Qolgan hollarda shikastlangan fanera to’liq almashtiriladi
Qo’yilayotgan fanera tomda turgan fanera bilan bir xil tekislikda qotirilishi kerak. Faneralar maxsus 0,8-1 mm qalinlikdagi plankalar yordamida qotiriladi. Yangi qo’yilgan faneralar tomga o’rnatilgan eski fanerani rangiga mos ravishda bo’yaladi.
Kuzovdagi yog’och obshivalarda shpunt bo’lmaganda, bir biri bilan jipslashib turmaganda, yorilganda, singanda almashtiriladi.
Soz nostandart obshiva yog’ochlarni qoldirish ruxsat etiladi.
Yangi qo’yilayotgan obshiva yog’ochlar bir biriga jipslashtirib qo’yilib qotiriladi. Kuzovni ta’mirlash “Руководство по деповскому ремонту грузовых вагонов РД 32 ЦВ 169-2017” yo’riqnomasiga asosan ta’mirlanadi
Polni ta’mirlash.
Shikastlangan, singan, yorilgan pollar almashtiriladi, qo’yilayotgan pollar taxtalar (B/U) qalinligi 48 mm kam bo’lmasligi eni 100 mm kam bo’lmasligi kerak.
Pol taxtalarini o’rnatishda pol taxtalari shpunt ochilib bir biriga jipslashgan holda teriladi, taxtalarning bir- biri bilan jipslashtirishni iloji bo’lmagan holda (har-hil joyida) orasidagi o’lcham 3 mm oshmasligi kerak. Vagonning o’zida turgan pol taxtalari orasida bo’shliq 5 mm ko’p bo’lmasligi kerak, 5 mm ko’p bo’lgan hollarda pol taxtalari to’g’irlanib chiqiladi.
O’rnatilayotgan pol taxtasining qalinligi, vagonda turgan pol taxtasi qalinligidan yuqoriga chiqib qolsa bunday holda taxta qirg’og’i randalanadi. O’rnatilayotgan pol qalinligi, vagonda o’rnatilgan pol taxtasi qalinligidan 3mm ko’p bo’lmasligi kerak.
Pol taxtasini vagonga o’rnatishda taxtani ikkiga bo’lib qo’yishga ruxsat beriladi, biroq ikkinchi qatorga qo’yilayotgan taxta bo’linmasdan qo’yilish kerak.
Eshik oldiga qo’yilayotgan taxtalarni ikkiga bo’lib qo’yishga ruxsat etilmaydi.
Qo’yilayotgan taxtalarning uchlari vagon ramasidagi shvellerga o’tirishi kerak va bolt bilan maxkamlanishi kerak, barcha ta’mirlash ishlari “Руководство по деповскому ремонту грузовых вагонов РД 32 ЦВ 169-2017” yo‘riqnomaga asosan amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |