11. VAGONNING KUZOV QISMINI TA’MIRLASH
Vagonlarning kuzov qismni depo ta’mirida ta’mirlashda ustunlar (stoyka), raskos ustunlar, tepa va pastki obvyaskalarning egilishi, pachoq bo’lishi, chuqurligi 30 mm ko’p bo’lmagan xolatda kuvalda bilan to’g’irlanib ta’mirlanadi yoki egilgan, chuqur bo’lgan joyga temir temir qoplama qo’yib primetri bo’yicha elektrpayvandlanib chiqiladi.
Barcha vagonlarning kuzov qismida, ramasida, shiftda (kro’sha),polda, bortda, biron bir yoriq, siniq bo’lsa, eyilish, zanglash, chirish, kuzov qismi eyilish natijasida teshilsa “Инструкция по сварке и наплавке при ремонте грузовых вагонов” РД ВНИИЖТ 059.01.2019 yo’riqnomasiga asosan ta’mirlanadi
Kuzov qismidagi barcha nosozliklar jumladan, kuzovning barcha nosoz elemenlari, uzellari, detallari, yurish yo’laklari, narvonlar, ushlagichlar, eshikni yo’naltiruvchi relslar, barcha payvandlangan choklarning uzilishlari vagonning konstruktorlik xujjatiga asosan ta’mirlanadi.
Vagonning kuzov elementlarida chuqurligi 30 millimetrgacha bo’lgan mahalliy chuqurchalar, narvolar, himoya vositalari, ushlagichlar (poruchin), himoya to’siqlari to’lqinsimon egilishlar 25 mm ko’p bo’lgan holda to’g’irlanib ta’mirlashga ruxsat beriladi.
Bo’shab qolgan boltlar, parchinlar o’rniga bolt qo’yilib qotiriladi va bo’shab ketmasligi uchun gaykalar payvandlanadi.
Yarim ochiq vagonning kuzovining yon devorlarini kengayishi (ushireniya) yoki siqilishi (sujeniya) ustunlar oralig’i ikki tomonlama yig’indisi 60 mm dan ko’p bo’lmasligi kerak. Yarim ochiq vagonning kuzovining kengayishi (ushireniya) yoki siqilishi (sujeniya) bir tomonlama 30 mm oshmasligi kerak.
Yarim ochiq vagonning kuzovining ikki tomonlama kengayishi (ushireniya) burchagdagi ustunidan o’lchanganda 30 mm oshmasligi kerak.
Yopiq vagonlar, yarim ochiq vagonlar, maxsus vagonlarning kuzovining yon tomonga egilishi (perekos) 50 mm oshmasligi kerak.
Vagonlarning kuzov metall qismida, eshigida, bortida 1 m.kv chuqurligi 30 mm gacha bo’lgan 10 tagacha chuqurlik (vmyatina) ruxsat etiladi.
Vagonlarni kuzov qismini ta’mirlashda biron bir element, uzel yoki detallar yo’qligi aniqlanganda yo’q detallar vagonning konstruktorlik xujjatiga muofiq vagonga qo’yiladi.
Pastki tushurish lyuklaridagi valiklar uchun mo’ljallangan teshiklar, tormoz richaglaridagi valiklar 3 mm ko’p kengaygan xollarda valiklar chizmadagi o’lchamlar bo’yicha “Руководство по деповскому ремонту грузовых вагонов РД 32 ЦВ 169-2017” yo’riqnomasiga va “Руководство по деповскому ремонту грузовых вагонов РД 32 ЦВ 169-2017” yo‘riqnoma asosan ta’mirlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |