Rivojlangan mamlakatlarning ITTKIga ichki xarajatlari
Mamlakat
|
2010-y.
YaIMda ulushi (%da)
|
2010-y.
ITTKI xarajati (mlrd.$)
|
2011-y.
YaIMda ulushi
(%da)
|
2011-y.
ITTKI xarajati
(mlrd.$)
|
2012-y.
YaIMda ulushi
(%da)
|
2012-y.
ITTKI xarajati
(mlrd.$)
|
AQSH
|
2,83
|
415,1
|
2,81
|
427,2
|
2,85
|
436,0
|
Buyuk Britaniya
|
1,81
|
39,3
|
1,81
|
40,7
|
1,84
|
42,4
|
Germaniya
|
2,82
|
82,9
|
2,85
|
87,9
|
2,87
|
90,6
|
Yaponiya
|
3,44
|
148,3
|
3,47
|
152,1
|
3,48
|
157,6
|
Xitoy
|
1,48
|
149,3
|
1,55
|
174,9
|
1,6
|
198,9
|
Manba: jadval Batelle, R&D Magazine, XVF, JB, CIAWorld Factbook ma’lumotlari asosida muallif tomondan tuzilgan
Yuqoridagi jadvalda rivojlangan mamalakatlarning ITTKIni rivojlantirishga sarflayotgan xarajatlarining miqdori va YaIMdagi ulushining 2010-2012-yillarda o’zgarishi keltirilgan. Mamlakatlarning ITTKIga sarflayotgan xarajatlari miqdori ularning YaIMisinig ko’lami bilan bog’liqligini AQSH, Xitoy misolida aniq ko’rishimiz mumkin. AQSHda 2012-yili 436 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan bo’lsa, Xitoyda aynan shu yilda 198,9 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan. Ammo, ITTKI xarajatlarining YaIM da ulushi bo’yicha Yaponiya va Germaniya yetakchilik qilmoqda. Germaniyada 2010-2012-yillar mobaynida innovatsiyalarga xarajati o’sish tendensiyasiga ega bo’lib, YaIMda ulushi 2,82% dan 2,87%ga ko’tarilgan. Umumkiy hajmi esa 2010-yilda 82,9 mlrd. AQSH dollarini tashkil qilgan bo’lsa, 2012-yilda 90,6 mlrd. AQSH dollariga teng.
Germaniya innovatsion konsepsiyasini amaliyotiga muvofiq ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytiradigan va kelajakda iqtisodiyot o'sishiga yo'l ochadigan texnologiyalarga investitsiya kiritilishini oshirish maqsadida 2010 yilda “High-Tech Strategy 2020” ni ishlab chiqdi. Ushbu strategiyaning muhim xususiyati shundan iboratki, u bozor talabiga yo'naltirilgan ilm va biznesning o'zaro munosabatini qo'llab quvvatlaydi.25 Bu esa, mamlakatning “innovatsion landshaft”ini yaxshilashda davlat rolining yuqoriligini ta'minlaydi. Davlat ilm bilan hamkorlikda ochilgan tadbirkorlik sub'ektlarini 50% gacha moliyalashtirishni o'z zimmasiga oladi.
Ushbu dasturning asosiy maqsadi 2020-yilgacha mamlakatda innovatsiyalar yuksalishiga zamin yaratuvchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish hisoblanadi. Batafsil tuzilgan dastur o’z ichiga sanoat, ITTKI sektori va bozor munosabatlarini yaxshilash, bundan tashqari yangi , kichik innovatsion tadbirkorlikni qo’llab quvvatlashni oladi. “High-Tech Strategy 2020” da Intellektual mulk himoyasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususiy sektorda paydo bo’layotgan “o’g’irlik mahsulotlar” (пиратские продукции) idan saqlanish maqsadida bojxona va patentlash byurosi bilan hamkorlikda ish olib borishga hukumat alohida urg’u bermoqda. O’z o’rnida aytib o’tish kerakki, Germaniya yangi ixtiro va kashfiyotlarga patentlar olish bo’yicha dunyo yetakchi mamlakatlaridan hisoblanadi.
Germaniya patentlar ro'yxatga olinishi bo'yicha yuqori ko'rsatkichga ega bo'lib 2010-yilda nemis innovatorlari tomonidan olingan patentlar soni 13 633 tani tashkil etgan bo'lsa,26 2012-yilga kelib esa Еvropa Patent Boshqarmasi tomonidan patentlangan ixtirolarning 14%i Germaniya olim va tadqiqotchilariga to'g’ri keladi. Ushbu Boshqarma mamalakatlardan tashqari alohida kompaniya yoki korporatsiyalarga ham patentlar ajratadi. 2012-yilda liderlikni “Samsung” (janubiy Koreya) kompanniyasi egallagan bo’lsa, undadn keying o’rinlarda “Siemens” va “Bosch” (Germaniya) kompaniyalari turadi.27
Quyidagi jadvalda Xalqaro patentlarning tasnifi bo’yicha mamlakatda 2012-yilda patent olishga berilgan arizalarning yetakchi sohalarini, ularning arizalari soni va 2011-yilga nisbatan o’zgarishini ko’rishimiz mumkin (texnologiyalarga patent olishga berilgan arizalar miqdori ro’yxati 2-ilovada berilgan).
2.2.2.-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |