1.3. Innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish modellari va ularning tasnifi.
Yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, har qanday davlatning jahon arenasidagi o’rni uning hozirgi globallashuv jarayonida o’z raqobatbardoshligini saqlab qolishi bilan bog’liq. Bunday holatni saqlash asosan mamlakatning milliy innovatsion tizimi samaradorligi va strukturasiga bog’liqdir. Milliy Innovatsion Tizim ( MIT ) – bu milliy davlat, xususiy va jamoaviy tashkilotlari va ularning o’zaro aloqalari mexanizmlari majmui bo’lib, ular yangi bilim, texnologiyalarni yaratish, saqlash va rivojlantirish kabi faoliyat bilan shug’ullanadi. Aynan innovatsion tizim davlatning xalqaro mehnat taqsimotida o’z nishasi (bozor segmentining ixtisoslashtirilgan yo’nalishi)ga ega bo’lishini ta’minlabgina qolmasdan, xalqaro munosabatlardagi o’rnini va ahamiyatini belgilab beradi.
MITlar batafsil olib qaraganda bir-biridan kuchli farqlansa ham, ularning hammasi umumiy xususiyatlar va tayanch tuzilmaga egadir. Bu xususiyatlar tizimlarning faoliyat olib borishini ta’minlaydigan o’z-aro bir-biriga ta’sir qiluvchi bloklardan iboratdir.
Ulardan asosiylari 5 ta blokdir:
Kreativ blok, yoki bilimlar yuzaga kelishi bloki (universitetlar, ilmiy institutlar, ularni bog’lab turuvchi murakkab ijtimoiy tarmoqlar);
Texnologiyalar aylanish bloki (vositachilarning har xil turlari, kreativ idea avtori va iste’molchilarning aloqasini ta’minlovchilar);
Moliyalashtirish bloki. G’oyani ishlb chiqish va ommaviy foydalanish uchun moliyalashtirish mablag’lari zarur. Bunday mablag’lar manbalari asosan 3 tadir: 1) Bank kreditlari; 2) Innovatsiyalarni sotish;3) Venchurli moliyalashtirish.
Ishlab chiqarish bloki ( innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga tatbiq qilish);
Kadrlar, shu o’rinda innovatsion menedjerlar tayyorlash blok ( universitetlar, ilmiy kadrlar tayyorlashga yo’nalgan tashkilotlar, milliy injenerlar maktablari).10
Mamlakatda mavjud resurslar va itimoiy jamiyat ko’rsatkichlariga qarab tanlagan MITning xususiyati uning innovatsion iqtisodiyotni shakllantirish va rivojlantirish modellaridan qaysi birini tanlashiga ham bog’liq. Hozirda dunyoda mavjud MITlarni tahlil qilar ekanmiz, asosiy 4 tasini ajratib ko’rsatish mumkin. Bular: 1) Evroatlantika 2)Sharqiyosiyo modeli 3) muqobil (alternativ) 4) “ Uchtalik spiral” modellaridir. 11
Innovatsion rivojlanishning Evroatlantik modeliga G’arbiy Yevropaning yuqori rivojlangan mamlakatlari Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Italiyadan tashqari Yevropaning kichik mamlakatlari Shvetsiya, Niderlandiya,Shveysariya MITlari asoslangan. Bu model ma’lum darajada “an’anaviy” modeldir. Evroatlantika modeli innovatsion jarayonning to’la sikli – innovatsion g’oyaning paydo bo’lishidan tayyor mahsulotning ommaviy ishlab chiqarilishigacha bo’lgan davrni qamrab oladi. Ushbu modeldan foydalanuvchi mamlakatlarda odatda innovatsion tizim strukturasining barcha komponentlari mavjud bo’lib, ular: fundamental va amaliy ilmlar, tadqiqot va ishlanmalar ( research and development, R&D) , omilkor namunani yaratish va uni ommaviy ishlab chiqarishga joriy qilish, innovatsion jarayonni moliyalashtirishning har xil mexanizmlari, kadrlar tayyorlash va tajriba institutlarining tarmoqlangan tizimi va boshqalardir.
Yuqori rivojlangan mamlakatlarda MIT asosan kadrlar tayyorlash, ya’ni universitetlar va ilmiy-tadqiqot institutlariga yo’naltirilgan. Masalan, Buyuk Britaniya MITi jahon darajasidagi universitetlari Oksford, Kembridj, London universitetlari doirasida ish olib boradi. Italiya va GFR MITlari ham yirik universitetlari bilan ko’proq bog’liq bo’lsa, Fransiya MITi fundamental tadqiqotlar olib boruvchi markazlari (Milliy Ilmiy Tadqiqotlar Markazi)ni rivojlantirishga yo’naltirilgan. Ularda mamlakatning uzoq muddatli rivojlanishi uchun strategiyalar belgilab olinib, yangi texnologiyalar yaratishga investitsiyalar kiritish, ularning rivojlanishi va amaliyotga tatbiq etilishini ta’minlash asosiy vazifasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |