Mantiqiy sharhlash esa - har qanday huquqiy norma mantiq qoidalari asosida sharhlanishiga aytiladi.
Jinoyat qonunini hajmiga ko’ra sharhlash:
- So’zma so’z (muvofiq) sharhlash;
- Kengaytirilgan sharhlash;
- Chegaralangan sharhlash turlari mavjud.
So’zma so’z sharhlash - qonun matniga aynan mos ravishda sharh berilishiga aytiladi.
Kengaytirilgan sharhlash - qonunni uning matnidan ko’ra, mazmunini kengroq ochib berilish yo’li bilan sharh berilishi tushuniladi.
Chegaralangan sharhlash esa - qonun matniga aynan belgilangan ma’no berilmay, uni chegaralangan qisqartirilgan shaklda berish orqali sharh berilishi tushuniladi.
Har qanday sharhlashda qonun mazmunining hajmini o’zgartirilishiga, yangi huquqiy normalarning ijod qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.
2-Mavzu: JINOYAT TUSHUNCHASI
2.1. Jinoyat tushunchasi, uning belgilari va boshqa huquqbuzarliklardan farqi.
Jinoyat deb – jinoyat qonuni bilan taqiqlangan, aybli ijtimoiy xavfli qilmish (harakat yoki harakatsizlik) jazo qo’llash tahdidi bilan jinoyat deb topiladi (JK 14-moddasi 1-qismi).
Faqatgina, qilmish (harakat yoki harakatsilik) jinoyat bo’la oladi. Jinoyat sodir qilish to’g`risidagi fikr jinoyat sifatida qabul qilinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |