Jazoni engillashtiradigan qonun deganda – sodir qilingan jinoyat uchun amalda bo’lgan jinoyat qonunida nazarda tutilgan jazo turlari yoki jazo miqdorlarini kamaytiradigan yoxud qo’shimcha jazoni bekor qiladigan, shuningdek jazoning engilroq turlarini tayinlanishini nazarda tutadigan qonun tushuniladi.
Shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun deganda – sodir qilingan jinoyatda aybdor deb topilgan mahkumning jazoni o’tash sharoitlarni engillashtiradigan, javobgarlik yoki jazodan ozod qilish asoslari va turlarini jinoyat sodir etgan shaxsning foydasiga o’zgartiradigan, sudlanganlik muddatlarini kamaytiradigan yoki rag`batlantiruvchi normalarni joriy etadigan ham boshqa har qanday ko’rinishda aybdorning ahvolini engillashtiradigan qonun tushuniladi.
Jinoyat qonunining orqaga qaytish kuchi quyidagi shaxslarga nisbatan qo’llaniladi:
- jinoyat sodir etgan shaxslarga;
- jazoni o’tayotgan shaxslarga;
- jazoni o’tab bo’lgan, lekin sudlanganlik maqomiga ega bo’lgan shaxslarga.
Qilmishni jinoyat deb hisoblaydigan, jazoni og`irlashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |