Jinoyat qonunini vaqt bo’yicha amal qilish kuchi deb – ijtimoiy xavfli qilmish sodir qilingan vaqtda amalda bo’lgan qonun bilan ushbu ijtimoiy munosabatlarning tartibga solinishiga aytiladi. Ya’ni sodir qilingan ijtimoiy xavfli qilmishning jinoiyligi va jazoga sazovorligi shu qilmish sodir qilingan vaqtdagi amalda bo’lgan qonun bilan belgilanishini anglatadi.
Agarda, shaxs sodir qilgan qilmishi ushbu qilmishni sodir qilgan vaqtdagi jinoyat qonuni bilan taqiqlanmagan bo’lsa, shaxs ushbu sodir qilgan qilmishi uchun qonun o’zgarsa ham (keyinchalik sodir qilgan qilmishi jinoyat deb topilgan taqdirda ham) jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin emas,.
Do'stlaringiz bilan baham: |