Qilmishda aybning mavjudligi deganda - sodir qilingan qilmish qasddan yoki ehtiyotsizlikdan sodir etilgandagina jinoyat deb topilishini anglatadi.
Qilmishning jazoga sazovorligi deganda esa - sodir qilingan qilmish uchun JK Maxsus qism moddalarida nazarda tutilgan jazo choralarining tayinlanishi mumkinligini anglatadi.
Ijtimoiy xavflilik - jinoyatning moddiy belgisini;
Huquqqa xiloflilik esa - formal belgisini tashkil etadi.
2.2. Jinoyatlarni tasniflash tushunchasi va turlari.
JK 15–moddasiga ko’ra, jinoyatlar o’zining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasiga ko’ra tansniflanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik xususiyati tajovuz obyekti (inson hayoti, sog`lig`i, mulk, jamoat xavfsizligi), ayb shakliga (qasd, ehtiyotsizlik) qarab belgilanadi.
Jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasi qilmish sodir etilishi holatlari (jinoiy niyatning amalga oshirilganlik darajasi va bosqichlari, jinoyatni sodir etish usuli, zarar miqdori va kelib chiqqan oqibatlar og`irligi, ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatda sudlanuvchining roli) bilan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |