13.9. Qamoq jazosi.
Qamoq deb – jinoyat sodir etishda aybdor deb topilgan shaxsni jamiyatdan batamom ajratgan sharoit ostida saqlashdan iborat bo’lgan, bir oydan olti oygacha muddatga belgilanadigan jazo turiga aytiladi.
Qamoq jazosi tayinlanganda, jinoyat qonunida ko’rsatilgan muddatlar minimal va yuqori darajasidan oshib ketmasligi talab etiladi.
Qamoq jazosini – mahkumlar hukm chiqarilgan joydagi maxsus qamoq uylarida o’taydilar. Harbiylar esa, ushbu jazoni – garnizon gaupvaxtalarida o’taydilar.
Bugungi kunda respublikamizda qamoq uylari hali tashkil etilmaganligi uchun vaqtinchalik ushbu jazo - tergov hibsxonalari va turmalarda ijro etilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |