Tibbiy yo’sindagi majburlov choralariga quyidagilar kiradi:
- majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo’lish va ruhiy kasalliklar mutaxasisida davolanish;
- umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish;
- umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog`liqni tiklash maxsus bo’limida majburiy davolanish;
- kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’linmasida majburiy davolanish.
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarini tayinlash tartibi
|
№
|
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralarining turlari
|
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari tayinlanishi mumkin shaxslar dorasi
|
1.
|
majburiy ambulatoriya kuzatuvida bo’lish va ruhiy kasalliklar mutaxassisida davolanish.
|
- ruhiy kasalligi zo’rayib ketayotganligini ko’rsatuvchi alomatlar mavjud bo’lmagan, shuningdek ruhiy holati vaqtincha buzilgan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
|
2.
|
umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida majburiy davolanish.
|
- ijtimoiy xavfliligi ruhiy holati bilan bog`liq bo’lgan, umumiy asoslarda davolash talab etiladigan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
|
3.
|
umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasining sog`liqni tiklash maxsus bo’limida majburiy davolanish.
|
- ijtimoiy xavfliligi ko’proq salomatlikni tiklovchi choralarni ko’rishni talab qiladigan, ularni esa ixtiyoriy tartibda o’tkazish mumkin bo’lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin.
|
4.
|
kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’linmasida majburiy davolanish.
|
- o’ta ijtimoiy xavfli bo’lgan yoki o’z hulqiga ko’ra umumiy tartibli ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanish imkoni bo’lmagan ruhiy kasallarga nisbatan tayinlanishi mumkin va kuzatuv kuchaytirilgan ruhiy kasalliklar shifoxonasida yoki bo’limida ruhiy kasallardan batamom ajratilgan holda saqlanadi va qo’riqlanadi.
|
Tibbiy yo’sindagi majburlov choralari muddatini o’zgartirish, uzaytirish va bekor qilish masalasini ruhiy kasalliklar shifokorlari komissiyasining xulosasiga asoslangan holda sud hal qiladi.
Agar ruhiy kasalga nisbatan tibbiy yo’sindagi majburiy davolash choralarini qo’llash zaruriyati bo’lmasa, shuningdek bu choralar bekor qilingan bo’lsa, sud uni umumiy asoslarda davolash yoki ijtimoiy ta’minot muassasalariga yuborish masalasini hal etish uchun sog`liqni saqlash organlariga topshirishi mumkin.
Agarda, shaxs tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilishi natijasida, sog`lig`i tiklansa, jinoyat qonunida nazarda tutilgan (JK 64, 69 - moddalari) muddatlar o’tib ketmagan bo’lsa, umumiy asoslarda javobgarlik va jazoga tortiladi.
Agar qonunda muayyan qilmish uchun jinoiy javobgarlik ma’muriy jazo qo’llanilgandan so’ng kelib chiqishi belgilangan bo’lib, biroq uni sodir etishda aqli noraso deb topilgan shaxs muqaddam aynan shunday qilimishi uchun ma’muriy javobgarlikka tortilmagan bo’lsa, tibbiy yo’sindagi majburlov choralari qo’llanilmaydi. Qabul qilingan qaror to’g`risida sud, sog`liqni saqlash organlariga shaxsga umumiy asoslarda psixatriya yordami ko’rsatilishi lozimligi haqida xabar beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |