Pedagogik tizimning falsafiy asosi
Hozirgi davr pedagogik tuzilishning negizi va uzviy qismi quyidagilardan iborat:
—ijtimoiy tuzum va pedagogik fikr;
—pedagogik, psixologik, ijtimoiy fanlar;
—ilg’or pedagogik tajriba; —xalq. pedagogikasi.
Har bir umumiy pedagogik ta’limiy texnologiya aniq, falsafiy negizga asoslanadi. Metodologiya tarkibiga kirgan bu falsafiy holat pedagogik texnologiyani tartibga solib turadi.
Ta’lim nazariyasiga muvofiq, didaktik prinsiplar shakllantirgan, bir necha ta’lim metodlari ishlab chiqilgan. Ta’limning assosiativ — reflektor asosida I. M. Sechenov va I. P. Pavlov aniqlagan odam bosh miyasi faoliyatidagi reflektor qonuniyati turadi.
Ularning ta’kidlashicha, odam miyasida doimiy ravishda ta’lim jarayoni davom etadi.
Ular bildirgan fikrni qisq.acha quyidagicha bayon etish mumkin:
Bilimni o’zlashtirish, malaka va bilishning shakllanishi, inson shaxsiy xislatining rivojlanishi, bu ta’lim jarayonining inson ongida oddiy va murakkab tarzda bajarilish (assosiasiyasi) jarayonidir.
Bilimni egallash, malaka va bilishning shakllanishi, qobiliyatning rivojlanishi, ya’ni bilish jarayoni quyidagi izchillik va bosqichlardan iborat:
— o’quv materiatini idrok etish;
— undagi ichki aloqa va qarama-qarshilikni his qilish, tushunish;
- o’rganilgan materialni eslash va xotirada saqlash;
— o’zlashtirilgan bilimni amaliy faoliyatda qo’llash.
Ta’lim jarayonining asosiy bosqichi nazariy va amaliy o’quv vazifalarini hal qilishda aqliy faoliyatdir.
Ta’limda, sharoitga rioya qilingan holda, yuksak natijaga erishiladi:
— o’quvchida ta’limga faol munosabat shakllanishida;
— o’quv materialini ma’lum uzviylikda o’rganishda;
— aqliy va amaliy faoliyatda turli usullarni qo’llash va mustahkamlashda; — bilimni o’quv va mehnat jarayoniga tadbiq, etiщda.
Bu nazariy fikrlar asosida quyidagi xulosaga kelish mumkin:
Birinchidan, o’quv materialini egallash uni qabul qilishdan boshlanadi. O’quv axborotni qabul qilishga ko’rish, eshitish, harakatlantiruvchi va boshqa sezgi a’zolari jalb qilinadi.
Sezgi a’zolari o’quv axborotni qabul qilishda qancha ko’p ishtirok etsa, o’quv axboroti shuncha oson va chuqur qabul qilinadi.
Ikkinchidan, ongda tushuncha, tasavvur, dalillar ma’lum hajmda bo’lgan takdirdagina fikrlay boshlaydi.
O’quv materialini tasavvur qilish jarayonini faollashtirish uchun material:
—tushunarli;
—mantiqan o’zaro uzviylikda; —- tushunarli; —muhimligi aniqlangan bo’lishi kerak.
Bu jarayon jadval, rasm, misollarda yorqin va aniq ifodalanadi.
Uchinchidan, ta’lim jarayonida o’quv materialini, faqat qabul qilish va fikrlash emas, balki uni ongda mustaxkamlash muhim o’rinda turadi.
O’quvchining axborotni qayta eslashida muhim vosita uni ongda qayta tiklashdir.
Buning uchun:
— o’rganilgan axborot bo’yicha konspekt tuzish;
—takrorlash;
—himoya qilish;
—tushuntirish;
—o’zlashtirilganni o’rtoqlarga so’zlab berish, ko’rsatish;
— eslangan bilimni amaliy faoliyatda tadbiq, etish lozim.
To’rtinchidan, bilimni egallashdagi asosiy jarayon ularni amaliyotga tadbiq, etishdir.
Tadbiq, etish barcha o’quv faoliyatida amalga oshiriladi.
O’quvchi shuni unutmasligi kerakki bilimni amaliyotga tadbiq etish samarali bo’lishi uchun, o’quvchi bu ishni ongli ravishda bajarishi, bilimni nazariy ji-hatdan yaxshi o’zlashtirgan bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |