Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тиббий таълимни ривожлантириш маркази



Download 4,14 Mb.
bet11/145
Sana16.12.2022
Hajmi4,14 Mb.
#888601
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145
Bog'liq
Шош-3

Ma’ruzalar


NAVOIY
2.1- Мавзу: Axborot tеxnologiyalari va informatika fani haqida tushuncha
Axborot tushunchasi, ayniqsa kompyuterlar va axborot texnologiyalari insonga hamroh bo’lgan hozirgi kunda keng tarqalgandir. Hozirgi kunda axborot muammolarini muhokama qilishda uch qarash mavjud.
Birinchisi, “axborot” tushunchasini bilim bilan yenglashtiradi. Bunday yondashuv ko’plab ilmiy ishlarda va adabiyotda keng tanqid qilinadi.
Ikkinchi nuqtai nazar “axborot” tushunchasi predmet sohasini, axborot jarayonlarining noorganik tabiatda mavjudligini inkor qilgan holda, ijtimoiy va biologik jarayonlar bilan chegaralaydi.
Uchinchi qarash, hozirgi kunda keng qo’llaniluvchi, axborotning atributiv tushunchasi bilan bog’liq. Axborotning atributiv tushunchasi N.Vinner tomonidan shakllantirilgan bo’lib, tabiatdagi barcha jarayonlar uchta asosiy tushuncha bilan qamrab olinadi: modda, energiya va axborot.
Axborot (informatsiya) tushunchasi lotin tilidagi “informatio” so’zidan olingan bo’lib, bayon etish, tushuntirish, izohlash kabi ma’nolarni bildiradi. Axborot deyilganda biz radio va televideniye xabarlarini, kitob, gazeta, ma’lumotlar ombori, kutubxona ma’lumotlarini, insonlar bilan muloqot qilish orqali va ilmiy jurnallardan olingan bilimlarni nazarda tutamiz. Axborotlar kitoblarda, kutubxonalarda, ma’lumotlar omborlarida, qog’ozda va mashina tashuvchilarida saqlanadi. Axborot og’zaki, yozma, elektron signal va radioto’lqin yordamida uzatiladi. Sezgi organlari, foto- va videokameralar elektron datchiklar yordamida qabul qilinadi. Alohida xabarlar va ma’lumotlar qayta ishlanadi, shakllantiriladi, tizimlashtiriladi, saralanadi va yangi axborot yoki yangi bilimlar olinadi. Jo’natish uchun mo’ljallangan axborot xabar deyiladi. Turli usullar va shakllar yordamida taqdim etilayotgan axborot, sifatidan qat’iy nazar, ma’lumotlar deyiladi. Keng ma’noda axborot – bu ma’lumotlar, bilimlar, xabarlar bo’lib, saqlash, qayta ishlash, uzatish va qo’yilgan masalalarni yechishga yordam beruvchi obyekt hisoblanadi. Axborot tushunchasini matematik turdagi abstrakt tushuncha deb qarash mumkin. Ammo, uning bir qator xususiyatlari uni material olamga yaqinlashtiradi. Axborotni olish, yozish, qayta ishlash, uzatish va o’chirish mumkin. Material olamda axborot almashinuvi, uni qayta ishlash va uzatish, yuzaga kelishi uchun axborot tashuvchi-uzatkich, aloqa kanali, qabul qilgich va axborot qabul qiluvchi bo’lishi zarur. Uzatish muhiti manba va axborot qabul qiluvchini axborot tizimiga birlashtiradi.
Axborot tushunchasi u xossalarini ifodalovchi biror obyekt bilan bog’liq. Bundan tashqari, axborotning tashuvchiga nisbatan nisbiy bog’liqsizligi kuzatiladi: u ma’no (semantika) sidan qat’iy nazar, turli fizik muhitlarda turli-tuman fizik signallar yordamida uzatilishi va shakllantirilishi mumkin. Axborot kuzatish, hisoblash tajribalari hamda mantiqiy xulosalar orqali olinishi mumkin. Axborot almashinuvida material olam obyekti sifatida manba va qabul qiluvchi - inson yoki qandaydir material obyekt mavjud bo’lishi zarur. Axborot har qanday material tizimning akslanishi hisobiga yuzaga keladi va butun materiyaning xossasi bo’lib hisoblanadi. Axborot tushunchasi ikki obyektning mavjudligini nazarda tutadi: axborot manbai va iste’molchi. Axborot iste’molchisi uni, qayerda va qanday maqsadlarda foydalanayotganiga qarab, baholashi mumkin. Shu sababli, axborotning quyidagi aspektlarini ajratish mumkin:
Paragmatik aspekt – olinayotgan axborotni qo’llash orqali belgilangan maqsadga erishishdir. Bu aspekt iste’molchining holatiga ta’sir qiladi. Agar axborot samarali bo’lsa, iste’molchining holati yaxshi tomonga o’zgaradi.
Semantik aspekt – berilayotgan axborotning ma’nosini baholash imkonini beradi va tilning ma’noviy elementlari yoki so’zlari o’rtasidagi semantik bog’liqlikni aniqlaydi.
Sintaktik aspekt – axborotni taqdim etish usuli bilan bog’liq. Axborot ishtirok etayotgan real jarayonga qarab (uni yig’ish, tasvirlash, uzatish, shakl almashtirish, kiritish yoki chiqarish) maxsus belgilar, nishonlar ko’rinishida taqdim etiladi.
Jamiyat va tabiatni o’zgartirish uchun insoniyat faoliyatining har qanday turi yangi axborotlarni olish bilan kuzatilgan. Tabiat, jamiyat va fikrlash obyektiv qonuniyatlarini ifodalovchi mantiqiy axborot “ilmiy axborot” nomini olgan. Uni olinish yoki qo’llanilish sohalariga qarab turlarga ajratish mumkin. Masalan, siyosiy, iqtisodiy, fizik, ximik, matematik, biologik, sport va h.k. Axborotlarni vazifalariga ko’ra ham turlarga ajratish mumkin: ommaviy, maxsus va shaxsiy. Qog’oz tashuvchiga tushurilgan axborot qismi esa, hujjatli axborot nomini olgan. Ilmiy axborot bilan bir qatorda texnika sohasida ishlab chiqarish masalalarini yechishda texnik axborot qo’llaniladi. U yangi mahsulotlar, materiallar, agregatlar, konstruksiyalar, texnologik jarayonlarning ishlab chiqilishida asosiy omil bo’ladi. Ayrim hollarda, ilmiy va texnik axborotlar birlashtirilib, ilmiy-texnik axborot deb yuritiladi.

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish