Shaxsiy kompyuterning umumiy ko`rinishi. Tashqi qurilmalar
Kompyuter o’zi nima? Kompyuter bu insoniyatning eng ajoyb kashfiyotlaridan biridir. Hozirgi kunda kompyuter xayotimizning barcha sohalariga shiddat bilan kirib bormoqda. Agar boshida personal kompyuter asosan ma’lumotlarni saqlash va ularni qayta ishlash uchun foydalangan bo`lsa, hozirgi kunda esa kompyuterlar audio, видeo va chizmachilik ma’lumotlar bilan ishlash uchun keng foydalanadi. Kelajakni uningsiz tassavvur qilish mumkin emas.
Kompyuterning asosiy qismlari:
Sistema bloki. Kompyuterning asosiy qismi bo`lib, uning ichida ona platasi, mikroprotsessor, qattiq disk (vinchester), tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, har xil tashqi qurilmalar ishini boshqaradigan elektron sxemalar (kontrollerlar yoki adabterlar), elektr ta’minlovchi blok va disk yurituvchilar bor. Bu qism bilan biz keyingi mavzularda yaqinrok tanishamiz.
Monitor - displey yoki экран. Ma’lumotlarni экран orqali foydalanuvchiga chiqarish qismi. Monitorlar diogonal o’zunligi 14 - 27 dyuymgacha) va nuqtalar orasidagi masofa (0,25 - 0,39 milimetgacha) bilan farqlanadi. Bundan tashqari monitorlar rangli va monoxrom (2 rangli) bo`ladi. Qancha monitorda diogonal uzunligi katta bo`lsa, shuncha shu monitor ko`proq ma’lumotlarni kuzata oladi. Qancha nuqtalar o`rtasidagi masofa kichkina bo`lsa, shuncha экранdagi ma’lumotlar aniq holda ko`rinadi
Klaviatura. Ma’lumotlarni kiritish qismi. Klaviaturalar tugmalar soni (101-109 tugmali) bo`yicha farqlanadi.Klaviatura bilan biz keyingi mavzularda yaqinroq tanishamiz.
Sichqoncha. Amallarni tanlash qismi. Sichqonchalar tugmalar soni (2 va 3 tugmali) va ishlash holatlari (trekbol va sensor panel) bo’yicha farqlanadi.
Printerlar. Ma’lumotlarni bosmaga chiqarish qismi. Printerlar lazer, matritsali (ignali) va sepuvchi turlari bor. Har biri ishlash holati, tezligi, bosmani sifati va narxi, hamda ranglar bo’yicha farqlanadi. Matritsali printerlar печатьlash mashinaga o`xshagan holda ishlaydi. Qog`oz va ignali qurilma o`rtasida qora rangli lenta joylashadi va ignalar lentaga urganda qog`ozda nuqtalar paydo bo`ladi. Bu printerlar narxi o`rtacha, ular juda sekin va shovqin ishlaydi, bosmani sifati juda past, rangsiz, lekin bosmani narxi juda arzon. Ishlash vaqtida kraskalangan lenta kerak bo`ladi. Sepuvchi printerlarda qog`oz ustidan kraska joylashgan qurilmalar harakatlanadi va kerakli joyda kraska bilan nuqta qoldiriladi. Sepuvchi printerlar narxi past, ular o`rtacha tezlikda va o`rtacha shovqin bilan ishlaydi, bosmaning sifati o`rtacha, rangli bo’lishi mumkin, bosmani narxi qimmat. Ishlash vaqtida kraskalar kerak bo`ladi. Lazer printerlarni печатьlashi kserokslar ishlashiga o`xshash holda bo`ladi. Qog`oz magnitlangan qurilma ustidan o`tib kerakli joylar magnitlanadi, keyin maxsus poroshok joylashgan qurilma tagidan o`tib magnitlangan joylarga poroshok yopishadi va keyin issiq qurilma ustidan qog`oz utib shu poroshok eridi va nuqta hosil qilinadi. Lazer printerlar narxi baland, ular yuqori tezligda va shovqinsiz ishlaydi, bosmaning sifati yuqori, rangsiz, bosmaning narxi urtacha. Ishlash vaqtida poroshok kerak bo`ladi.
Modem. Ma’lumotlar bilan telefon aloka orqali almashish qismi. Modemlar tezligi (2400 bit sekunddan - 33600 bit sekundgacha) bo’yicha farklanadi. Telefonda Hamma ma’lumotlar tovush xolatida bo’ladi, kompyuterda esa rakamlar xolatida. SHuning uchun bitta modem rakamlarni tovush xolatiga utkazadi, ikinchisi esa tovushlarni rakamlarga utkazadi. Bu xolat modelirovaniye va demodulirovaniye deb nomlanganligi uchun bu qurilmalar MODEM deb nomlangan
Skanerlar. Tasvir va matn ma’lumotlarni kompyuterga kiritish qismi. Skanerlar rangli va rangsiz bo’ladi. Ular tasvirlarni olish sifati bo’yicha farklanadi.
Aktiv kolonkalar. Musiqa va xar xil tovushlarni chikarish kurilmasi. Aktiv kolonkalar dinamiklar soni (1 yoki 2 dinamikli) bo’yicha farklanadi. va xokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |