Ўзбекистон республикаси соғЛИҚни сақлаш вазирлиги тиббий таълимни ривожлантириш маркази


Windowsni yuklash va undan chiqish



Download 4,14 Mb.
bet17/145
Sana16.12.2022
Hajmi4,14 Mb.
#888601
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145
Bog'liq
Шош-3

Windowsni yuklash va undan chiqish
Windowsni yuklash uchun MS DOS operatsion tizimini buyruqlar satrida win buyrug`i klaviatura orqali kiritilib Enter bosiladi yoki NC darchasidan Windows katalogiga kirib, win.com fayli ustiga ko`rsatkich keltirilib Enter bosiladi. Natijada ekranda dastlab Windows belgisi tushirilgan zarvaraq, so`ngra ta'minlash dasturi ochiladi. Zamonaviy kompyuterlarda Windowsning zikr etilgan oxirgi versiyalari ishlatilayotganligi sababli ular asosiy operatsion tizimga aylangan. MS DOS operatsion tizimi va NC qobiq dasturlari va ular asnosida yaratilgan dasturlarga ehtiyoj bir oz susaydi. Shu bois ko`pchilik kompyuterlar yuklanishi bilan Windows qobiq dasturi bevosita ishga tushadi. Uning tarkibidagi boshqa dasturlarga murojaat etish Пycк (Yuklanish) tugmasi yordamida bajariladi.
Windowsdan chiqish uchun Пycк tugmasining Завершение работы bandiga kirib u yerda kompyuterni o`chirish, qaytadan ishga tushurish, MS DOS rejimida ishga tushurish yoki kompyuter ishini vaqtincha to`xtatish kabi ishlarni bajarish mumkin. "Alt-F4" tugmalarni birgalikda bosib Windowsdan chiqish ham mumkin, bunda chiqish haqidagi kompyuter so`roviga "OK" ("HA") ni "sichqoncha " ko`rsatkichi bilan tanlab javob berish zarur. Eslatma. Ayrim kompyuterlarda yuklash jarayoni foydalanuvchi tomonidan o`zgartirilgan bo`lishi ham mumkin.
Windows oynalari va menyusi bilan ishlash
Windowsning oynalari. Windowsning asosiy ob’yekti oyna hisoblanadi. Windowsda har bir dastur yoki hujjat o’z oynasiga ega. Oyna bu foydalanuvchi ishlayotgan biror dasturga tegishli bo’lgan ekranning tasviriy ajratilgan bir qismidir. Windows operatsion tizimida ishlash jarayonida kompyuter siz bilan oynalar yordamida muloqot yuritadi. Windows oynasining 4 ta turi mavjud.
1. Jildlar (papkalar) oynasi – hujjatlar va ilovalarni izlash, tanlash va yuklash uchun ishlatiladi. Jildlar oynasi Windowsning boshqa ob’yektlari belgilari va oynani boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi
2. Ilovalar oynasi – asosan hujjatlar bilan ishlashda qo’llaniladi. Bu oynalar ilovalarga hujjat sifatida yuklatilgan axborotni va ilovalarni boshqarish elementlarini o’z ichiga oladi.
3. Muloqot oynasi – faqat boshqarish elementlarini o’z ichiga olishi bilan boshqa oynalardan farq qiladi. Ular yordamida operatsion tizim va uning ilovalarini boshqarish mumkin.
4. Ma’lumotlar tizimi oynasi – operatsion tizim va ilovalar ishi haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga oladi.
Oynaning kattaligi ham ixtiyoriy, ham belgilangan o’lchamlarda bo’lishi mumkin. Oyna butun ekranni yoki unung bir qismini egallaydi. Ba’zan birgina ekranda bir nechta dasturlar ochilganini ko’ramiz. Oynalar bir-birini berkitib turishi mumkin, ammo qaysi bir oynaga murojaat qilinsa, o’sha oldingi formaga siljiydi. Oynaning yuqori qismi sarlavha satri deyiladi. Sarlavha qismining chap burchagida oyna menyusining belgisi joylashgan. Har bir dastur o’zining maxsus belgisiga ega. Bu belgida “sichqoncha” bir marta bosilsa, oyna menyusi ochiladi.Oyna menyusi oyna ko’rinishini o’zgartiruvchi buyruqlarni o’z ichiga oladi. Oyna menyusini, shuningdek, oynaning sarlavha qismida “sichqoncha” ning o’ng tugmasini bir marta bosish bilan ham ochish mumkin. Sarlavha satri ustida “sichqoncha” ikki marta bosilsa, dastur oynasi butun ekranga yoyiladi. Keyingi ikki marta bosish esa oynaning avvalgi o’lchamini tiklaydi. Oynani sarlavhasidan ushlab ekran bo’ylab siljitish mumkin. Oynaning sarlavha qismida dastur yoki hujjatning nomi yoziladi. Sarlavha qismining o’ng tomonida chapdan o’ngga uchta tugma bor:
- Oynani piktogramma ko’rinishida yig’ish va masalalar paneliga joylashtirish (свернуть);
- Oynani katta qilib ochish (развернуть);
- Oynani o’z holiga qaytarish (восстановить);
- Oynani yopish (закрыть);
Oynalarning chegarasi. “sichqoncha” bilan oyna chegarasini ilib olgan holda uning o’lchamini gorizontal va vertikal bo’yicha o’zgartirish mumkin. Oyna chegaralari juda ingichka bo’lgani uchun oyna o’lchamini uning pastki o’ng burchagini ilib olib o’zgartirish qulayroqdir.
Windowsda foydalanuvchilar 4 turdagi menyu bilan ishlashi mumkin:

  • Operatsion tizimning asosiy bosh menyusi

  • Barcha ob’ektlarning kontekst menyulari

  • Dastur menyulari

  • Dastur va hujjat oynalarining boshqaruvchi menyusi

Menyu bu biror amalni bajarish imkonini beruvchi buyruqlar majmuidir. Menyu bandlari orasida buyruqlardan tashqari qism menyuga kirish imkonini beruvchi bandlar ham bo’lishi mumkin.
Windowsning barcha dasturlari darchada joylashgan bo`lib o`z menyu satriga ega bo`ladi, ya'ni har bir dastur uchun alohida muhit yaratilgan bo`lib, u yerda maxsus buyruqlar va ko`rsatmalar mavjud. Dastur oynasining yuqori qatorida dastur nomi, tagida menyu satri joylashgan. Menyu bilan ishlash uchun "sichqoncha" tugmasini menyu qatorida bosish lozim, so`ngra menyu osti buyruqlarini ko`rsatuvchi to`rtburchak shaklida soha ochiladi. Kerakli buyruqni berish uchun mos buyruq bandi tanlanadi va "sichqonsha"ning chap tugmasi bosilad. Agar boshqa biror buyruq kiritilishi uchun oldingisini bekor qilish lozim bo`lsa, shu menyudan tashqari joyda "sichqoncha" tugmasi bosiladi. Windowsning barcha amaliy dasturlari uchun umumiy menyu bo’limlari quyidagilardan iborat:

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   145




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish