Zbekiston respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Download 231,55 Kb.
bet1/17
Sana25.04.2023
Hajmi231,55 Kb.
#931812
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
3-mustaqil ish AXXBK


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Axborot xavfsizligi xavflarni boshqarishga kirish
3-Mustaqil ish
Mavzu: Axborot xavfsizligini tashkil etish va aktivlarni boshqarish.
Bajardi: 070-19 guruh talabasi Raimjonov Jasur


Tekshirdi: Ganiyev A.A
Toshkent 2023

MUNDARIJA
Kirish……………………………………….............................................................3
I BOB. Axborot xavfsizligiga kirish.……………………………………5

    1. Predmitning asosiy tushunchalari va maqsadi….………………………………5

    2. Axborot xavfsizligining milliy xavfsizlik tizimidagi o‘rni.…………………….7

    3. Axborotlarga nisbatan xavf xatarlar tasnifi………..……………………………8

    4. Tarmoq xavfsizligini nazorat qilish vositalari…………………………………11

II BOB. Axborot tizimlarini boshqarish , axborot tizimi va uning asosiy komponentalari………..……...……………………………………..12
2.1 Axborot tizimlarini boshqarish.……………… ……………………..………..13
2.2 Axborot xavfsizligiging asosiy kompanentalari………………………………14
2.2 Avtomatshlashtirilgan axborot tizimlarida ximoyalash zaruriyati……………..15
2.3 Tashkilotlardagi axborotlarni ximoyalash…………….………………………17
2.4 Axborotni ximoyalash tizimi……………….………………………………….18
III BOB. Davlat aktivlarini boshqarish…………………………………31
3.1 Aktivlar haqida tushuncha va ularning turlari…………………………………31
3.2 Davlat aktivlarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida…………………………………………………………………………34
3.3 Davlat aktivlarini xususiylashtirish…………………………………………..44
Xulosa…..…………………………….………………………………………...49
Foydalanilgan adabiyotlar..…………………… ………………...……….50
Kirish
Ma’lumki, har qanday davlatning axborot resurslari uning iqtisodiy va harbiy salohiyatini belgilovchi omillaridan biri hisoblanadi. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirilishini ta’minlaydi. Bunday jamiyatda, axborot almashinuv tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot-kommunikatsiyalar texnologiyalarini qo‘llash keng ko‘lamda amalga oshiriladi. Axborotlashgan jamiyat tezlik bilan shakllanib bormoqda. Axborot dunyosida davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormoqda. Jahon kompyuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda. Hududiy joylashishidan qat’i nazar, kundalik hayotimizga turli xildagi axborotlar Internet xalqaro kompyuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Shuning uchun ham mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va o‘zgartirish, yo‘qotish kabi muammolardan himoya qilish dolzarb masala bo‘lib qoldi. Axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi Qonunning qabul qilinishi har kimning axborotni erkin va moneliksiz olish hamda foydalanish huquqlarini amalga oshirishda, shuningdek, axborotning muhofaza qilinishi, shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi»1 . Darhaqiqat, 2002- yil 12-dekabrda qabul qilingan bu qonunda2 axborot xavfsizligini ta’minlash sohasidagi davlat siyosati axborot sohasidagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan bo‘ladi hamda shaxs, jamiyat va davlatning axborot borasidagi xavfsizligini ta’minlash sohasida davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining asosiy vazifalari hamda faoliyat yo‘nalishlarini belgilaydi deb belgilangan. Kompyuter tizimlari va tarmoqlarida axborotni muhofaza qilishi deganda, uzatilayotgan, saqlanayotgan va qayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta’minlash maqsadida turli vosita va usullarni qo‘llash, choralarni ko‘rish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish qabul qilingan. Davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta’minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborotni muhofaza qilish esa davlatning birlamchi masalalariga, davlat siyosati darajasiga aylanmoqda. Ushbu ma’ruzalar kursi tinglovchilar va huquqni muhofaza qilish idoralari xodimlariga axborot xavfsizligini ta’minlashga oid nazariy bilimlarni, axborot tizimlarida axborotni muhofaza qilishni tashkil etishning tashkiliy, huquqiy, texnik, kriptografik, apparat-dasturiy usullarini qo‘llashga oid zarur bilimlarni egallash imkonini beradi.
Tez rivojlanib borayotgan komp'yuter axborot texnologiyalari bizning kundalik xayotimizning barcha jabxalarida sezilarli uzgarishlarni olib kirmoqda. Xozirda “axborot tushunchasi” sotib olish, sotish, biror boshka tovarga almashtirish mumkin bulgan maxsus tovar belgisi sifatida tez-tez ishlatilmokda. Shu bilan birga axborotning bahosi kup xollarda uning o’zi joylashgan kompyuter tizimining bahosida bir necha yuz va ming barobarga oshib ketmokda. Shuning uchun tamomila tabiiy xolda axborotni unga ruxsat etilmagan holda kirishdan, qasddan uzgartirishdan, uni ugirlashdan, yukotishdan va boshka jinoiy xarakterlardan ximoya kilishga kuchli zarurat tug’iladi.
Kompyuter tizimlari va tarmoklarida axborotni ximoya ostiga olish deganda, berilayotgan, saklanayotgan va kayta ishlanilayotgan axborotni ishonchliligini tizimli tarzda ta'minlash maksadida turli vosita va usullarni kullash, choralarni kurish va tadbirlarni amalga oshirishni tushunish kabul kilingan.
Axborotni ximoya qilish deganda:
•Axborotning jismoniy butunligini ta'minlash, shu bilan birga axborot elementlarining buzilishi, yoki yuk kilinishiga yul kuymaslik;
•Axborotning butunligini saklab kolgan xolda, uni elementlarini kalbakilashtirishga (o’zgartirishga) yo’l qo’ymaslik;
•Axborotni tegishli xukukularga ega bulmagan shaxslar yoki jarayonlar orkali tarmokdan ruxsat etilmagan xolda olishga yo’l qo’ymaslik;
•Egasi tomonidan berilayotgan (sotilayotgan) axborot va resurslar fakat tomonlar urtasida kelishilgan shartnomalar asosida kullanilishiga ishonish kabilar tushuniladi.
Yuqorida ta'kidlab utilganlarning barchasi asosida komp'yuter tarmoklari va tizimlarida axborot xavfsizligi muammosining dolzarbligi va muximligi kelib chikadi. Shuning uchun xozirgi kurs Respublikamizning oliy va urta maxsus ukuv muassasalari uquv rejalarida munosib o’rin egallaydi.
Mamlakatimiz milliy iqtisodining hech bir tarmog‘i samarali va mo‘'tadil tashkil qilingan axborot infratuzilmasisiz faoliyat ko‘rsatishi mumkin emas. Hozirgi kunda milliy axborot resurslari xar bir davlatning iqtisodiy va xarbiy salohiyatini tashkil qiluvchi omillaridan biri bo‘lib xizmat kilmokda. Ushbu resursdan samarali foydalanish mamlakat xavfsizligini va demokratik axborotlashgan jamiyatni muvaffaqiyatli shakllantirishni ta'minlaydi. Bunday jamiyatda axborot almashuvi tezligi yuksaladi, axborotlarni yig‘ish, saqlash, qayta ishlash va ulardan foydalanish bo‘yicha ilg‘or axborot – kommunikasiyalar texnologiyalarini qo‘llash kengayadi. Turli xildagi axborotlar xududiy joylashishidan qat'iy nazar bizning kundalik hayotimizga Internet halqaro komp'yuter tarmog‘i orqali kirib keldi. Axborotlashgan jamiyat shu komp'yuter tarmog‘i orqali tezlik bilan shakllanib bormokda. Axborotlar dunyosiga sayohat qilishda davlat chegaralari degan tushuncha yo‘qolib bormokda. Jahon komp'yuter tarmog‘i davlat boshqaruvini tubdan o‘zgartirmoqda, ya'ni davlat axborotlarning tarqalishi mexanizmini boshqara olmay qolmoqda. Shuning uchun xam mavjud axborotlarga noqonuniy kirish, ulardan foydalanish va yo‘qotish kabi muammolar dolzarb bo‘lib qoldi. Bularning bari shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligi darajasining pasayishiga olib kelmoqda. Davlatning axborot xavfsizligini ta'minlash muammosi milliy xavfsizlikni ta'minlashning asosiy va ajralmas qismi bo‘lib, axborot himoyasi esa davlatning birlamchi masalalariga aylanmoqda.

Download 231,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish