Sanitariya va gigienaga qóyiladigan talablar
1. Talim muassasasining hududi va ish xonalarining harorati, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi GOST 12.1.005-88 «Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigienik talablari» ga muvofiq bwlishi kerak.
2. Talim muassasasining ishlab chiqarish xonalari quyidagi sanitariya qoidalariga muvofiq saqlanishi lozim:
3. xonalarning harorati, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi, ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning og'irlik darajasiga kóra toifasi, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi;
4. ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorug'ligi QMQ 3.01.05-98 «Tabiiy va suniy yoritish. Loyihalashtirish meyorlari»ga muvofiq bwlishi hamda mehnat sharoitlarini yaratish uchun etarli yorug'lik kuchini taminlashi;
5. xonalarda yoritish asboblari chang tóplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruktsiyaga ega bwlishi, shuningdek singan taqdirda uning parchalari
sochilib ketmasligi uchun yopiq bwlishi.
6. Noqulay omillar tasiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 «Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash» talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
7. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigienik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigienasiga qóyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq bwlishi lozim.
Kasb-hunar maktabining ishlab chiqarish ustaxonalari
Óquv ishlab chiqarish ustaxonalari kasb-hunar talimi óquv muassasasining tarkibiy qismi bólib, óquvchilarni rejali ravishda malakali ishchilar tayyorlaydigan asosiy bólagidir.
Óquv ishlab chiqarish ustaxonalarida óquvchilar wquv dasturi asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarish korxonalarining buyurtmalarini bajarish, aholiga maishiy xizmat kórsatish ishlarida óz kasb mahoratlarini va amaliy kónikmalarini orttirib boradilar.
Óquv ishlab chiqarish ustaxonalari quyidagicha bólishi mumkin:
- metallga ishlov berish uchastkalari;
- korxona qoshidagi o’quv uchastkalari;
- tikuv sexlari (atele);
- qishloq xójalik mashinalarini yig'ish uchastkalari;
- óquv dala poligoni.
Óquv ishlab chiqarish ustaxonalarida óquv jarayonini mukammal tashkil etish maqsadida, ular qoshida asboblar saqlash xonasi, hom-ashyolar uchun omborxona, tamirlash va tayyorlov bwlimlari, tayyor mahsulotlar uchun omborxona va boshqa yordamchi xwjaliklar tashkil etiladi. «Talim tóg'risida»gi Qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ni amalga oshirish, óz kasbining ustasi bo’lgan malakali kichik mutaxassislar tayyorlash óquv xonalari, laboratoriya va ustaxonalarini talim mazmunidan kelib chiqib davlat talim standartlari asosida texnikalar, dastgohlar, asbob-uskunalar, kórgazmali qurollar, óqitishning texnik vositalari bilan jihozlashni taqozo etadi. Kasbiy fan xonalari, laboratoriya va ustaxonalar uchun jihozlar róyxati davlat talim standartlari talablari asosida tuziladi.
Dars jadvali asosida tegishli wquv amaliyoti mashg'ulotini tashkil etish uchun zarur bwlgan xom ashyo uchun talabnoma (5-ilova) Kasblarning wquv amaliyotlari mashg'ulotlarini wtkazish uchun zarur xom ashyo va materiallar miqdori (mavzular taqsimoti) asosida mashg'ulot wtkazilishidan kamida bir kun oldin ishlab chiqarish talimi ustasi tomonidan ishlab chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |