Óquvchilarga mehnat ba ish urnini tashkil etish buyicha eslatma devoriy plakat.
Ishlab chiqarish ustaxanalardagi jihozlarga quyiladigan xavfsizlik talabalari.
Amaliyot davrida óquvchilarning mehnatini tashkil etish
1. Óquvchilar mehnatidan foydalanilganda ularning sog'lig'i, xavfsizligi va tarbiyasiga salbiy tasir kórsatuvchi mehnat sharoiti bólgan ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
2. Óquvchilarni ish vaqtidan tashqari hamda tungi ishlarga jalb qilish taqiqlanadi.
3. Talim muassasalaridagi óquvchi-talabalarni óquv va óquv-ishlab chiqarish amaliyoti sanitariya-gigienik va texnika xavfsizligi talablariga javob beradigan ustaxonalarida olib borilishi lozim.
4. Óquvchilarning ish joylari zararli faktorlardan ajratilgan holda tashkil qilinishi kerak.
5. Yuklarni tashish bilan bog'liq ishlar ón sakkiz yoshga tólmagan shaxslar kótarishlari va tashishlari mumkin bwlgan og'iryuk normalarining chegarasini belgilash tóg'risida nizomga (róyxat raqami 1954, 2009 yil 12 may (Ózbekiston Respublikasi qonun hujjatlari tóplami, 2009 y., 19- 20-son, 242-modda) muvofiq olib borilishi kerak.
6. Óquvchilarning jarohatlanishlarini oldini olish maqsadida óquv va óquv-ishlab chiqarish amaliyotlari mehnat va texnika xavfsizligi talablariga muvofiq tashkil qilingan bólishi lozim.
7. Óquv va óquv-ishlab chiqarish ustaxonalarida qóllarni yuvish uchun issiq va sovuq suv, sovun, maxsus eritmalar hamda qóllarini quritishi uchun sochiq yoki elektr quritgich bólishi lozim.
Talim muassasalarining óquv va óquv-ishlab chiqarish amaliyot xonalarida bajariladigan ishlarga (texnologik jarayonlarga) qóyiladigan xavfsizlik talablari
Umumiy talablar
1. Ishlab chiqarish texnologik jarayonlari GOST 12.3.002-75 «Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari»ga muvofiq bólishi lozim. Ishlab chiqarish xonalaridagi texnologik jarayonlarining xavfsizligi quyidagi talablarni amalga oshirish orqali taminlanadi:
2. ishlab chiqarish uskunalariga xizmat kwrsatish tartibidagi texnologik jarayonlarni (ish turlarini), ish usullari va rejimlarini qóllash;
3. xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tarqalishini cheklovchi vositalarni qóllash;
4. ishlab chiqarish jarayonlari atrof muhitning (havo, tuproq, suv havzalari) ifloslanishiga va zararli omillarning tegishli meyorlaridan ortiq darajada tarqalishiga olib kelmasligi shart.
5. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda ish bajaradigan dastgoh va mexanizmlar ketma-ketligi blokirovka tizimi bilan taminlangan bólishi zarur. Avariya holatida biror bir mexanizm tóxtab qolsa, barcha dastgoh va mexanizmlarning tóxtashi nazarda tutilgan bólishi kerak.
6. Uskuna va avtomatlashtirilgan tarmoqlarda ular ishga tushirilganligini bildiruvchi ovozli va yorug'lik signallari bólishi kerak. Signal elementlari (elektr qóng'iroq va óchib-yonuvchi lampa) mexanik buzilishlardan himoyalangan bólib, xizmat kórsatuvchi xodimlar eshitadigan darajada bólishi lozim.
7. Liniyani tóxtatgandan swng, ovozli va yorug'lik signali bermasdan uni
ishga tushirish taqiqlanadi.
8. Texnologik jarayonlar soz asbob-uskunalar va nazorat-ólchash asboblari, himoya tósiqlari, blokirovkalar hamda ishga tushiruvchi apparatlari mavjud bólgan taqdirda amalga oshirilishi lozim.