Òzbekiston Respublikasi Oliy va Òrta Maxsus
Tàlim vazifligi
Buxo Davlat Universiteti
Pedagogik Komponentlik va Kriativlik
Fanidan
Mustaqil ishi
Tekshirdi
__________________ __________________
Bajardi ___________________
Mavzu:Pedagogik Kriativlik mazmun mohiyati.
Kirish.
Asosiy qism.
REJA:
1. Kreativlik tushunchasining mazmun mohiyati va amaliy ahamiyati
2. Shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning samarali yollari.
3. TRIZ texnologiyasining kreativlikni rivojlantirishda tutgan orni.
1. Kreativlik tushunchasining mazmun mohiyati va amaliy ahamiyati
Kreativlik (lot., ing. create yaratish, creative yaratuvchi, ijodkor) individning yangi goyalarni ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati manosini ifodalaydi. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuygularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon boladi. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini, zehni otkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning muhim omili sifatida aks etadi.
Amerikalik psixolog P.Torrens fikricha, kreativlik muammo yoki ilmiy farazlarni ilgari surish; farazni tekshirish va ozgartirish; qaror natijalarini shakllantirish asosida muammoni aniqlash; muammo echimini topishda bilim va amaliy harakatlarning ozaro qarama-qarshiligiga nisbatan tasirchanlikni ifodalaydi.
Boshqa har qanday sifat (fazilat) kabi kreativlik ham birdaniga shakllanmaydi. Kreativlik muayyan bosqichlarda izchil shakllantirib va rivojlantirilib boriladi.
Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bolishi uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yonaltiradi. Oliy talim tizimida faoliyat yuritayotgan pedagoglarning kreativlik sifatlariga ega bolishlari ularda oquv va tarbiya jarayonlarini tashkil etishga ananaviy yondashishdan farqli yangi goyalarni yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, oziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka yordam beradi. Binobarin, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish, yangi, ilgor, bolajak pedagoglarning oquv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan goyalarni yaratishda faollik korsatish, ilgor pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil organish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bolishga etibor qaratadi.
Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bolishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va ozaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali taminlanadi.
Pedagog oz-ozidan ijodkor bolib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati malum vaqt ichida izchil oqib-organish, oz ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har qanday mutaxassisda bolgani kabi bolajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bolishlari uchun talabalik yillarida poydevor qoyiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. Bunda pedagogning ozini ozi ijodiy faoliyatga yonaltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muhim ahamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni echish, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod mahsulotlarini yaratishga alohida etibor qaratishi zarur.
Muammoli masala va vaziyatlarni hal qilar ekan, pedagogning masala echimini topishga ijodiy yondashishi unda hissiy-irodaviy sifatlarning rivojlanishiga yordam beradi. Pedagog oz oldiga muammoli masalalarni qoyish orqali mavjud bilimlari va hayotiy tajribalariga zid bolgan dalillar bilan toqnash keladi. Buning natijasida oz ustida ishlash, mustaqil oqib organishga nisbatan ehtiyoj sezadi. Pedagogning ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy yoki ijodiy loyihalarni amalga oshirishi unda kreativlik potentsialini yanada rivojlantiradi.
Ushbu mavzu koplab olimlar tomonidan va xorijiy miqyosda organilgan va koplab tahlillar olib borilgan. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning ozaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning surati va qamrovi biologik va ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, hayotiy muhim va kasbiy shartlangan hodisalarga bogliq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bolishi taqozo etadi.
Songgi yillarda etakchi xorijiy mamlakatlarning talim tizimida oquvchi va Bolajak pedagoglarda kreativlik sifatlarini shakllantirish masalasiga alohida, jiddiy etibor qaratilmoqda. Buni Bronson, Merriyman (2010 y.), Ken Robinson (2007 y.), Fisher, Frey (2008 y.), Begetto, Kaufman (2013 y.), Ali (2011 y.), Treffinger (2008 y.) va b. tomonidan olib borilgan koplab tadqiqotlar, ularning natijalarian korish mumkin.
Birgina Ken Robinson tomonidan 2007 yilda tayyorlangan Maktab kreativlikni barbod etyaptimi? nomli video lavhani YouTube saytida 5 mln marta tomosha qilingan. Qolaversa, oqituvchilar kreativlik asoslarini organishga jiddiy kirishganlar (Begetto, Kaufman, 2013 y.). Oqituvchilarda pedagogik faoliyatni kreativ yondashuv konikma, malakalarini shakllantirish hamda rivojlantirishga doir adabiyotlar chop etilyapti, Talim departamenti tomonidan tayyorlangan video lavhalarga asoslanuvchi noananaviy darslar tashkil etilyapti (Ali, 2011; Talim departamenti, 2013 y.).
Salmoqli amaliy ishlar olib borilayotganligiga qaramay, kopchilik oqituvchilar hali hanuz shaxs (ozlarida hamda kreativlik sifatlarini qanday qilib samarali shakllantirish tajribasini ozlashtira olmayaptilar.
Talim tizimini boshqarish organlari har yili talim muassasalarida yuqori samaradorlikka erishishga etibor qaratadi. Ana shu maqsadda oquv dasturini ishlab chiqiladi, yangi oquv darsliklari yaratiladi. Bu esa ham bolajak pedagoglar, ham oqituvchilarni kasbiy osishlariga yordam beradi. Olib boriladigan amaliy harakatlar bolajak pedagoglarda yutuqlarga erishish, olga intilishga bolgan ehtiyojni muayyan arajada yuzaga keltiradi, ularning oquv-bilish qobiliyatlarini bir qadar rivojlantirishga yordam beradi.
Biroq, oquv yilining oxirida kelib bolajak pedagoglarning fanlarni ozlashtirishlarida yuqori darajadagi ijobiy natijalar kuzatilmayapti. Koplab Bolajak pedagoglarning talim olishga nisbatan qiziqishi yoqolgan. Buning natijasida oqituvchilar ham avvalgidek zavqu shavq bilan kasbiy faoliyatni tashkil etishni oylashmayapti. Talim tizimini boshqaruvchi organlar talim olishga nisbatan xohish-istagi bolmagan bolajak pedagoglar, bu kabi talim oluvchilarni oqitishni istamayotgan oqituvchilar faoliyatini ozgartirish borasida yangidan-yangi chora-tadbirlar belgilansa-da, ahvol ozgarishsiz qolmoqda.
Buning sababi nimada? Balki darslarning avvaldan oylab, rejalashtirilib qoyilishi Bolajak pedagoglar uchun qiziq bolmayotgandir, balki balki talim mazmunining muayyan qolipga solinganligi bolajak pedagoglar uchun hech qanday stimul bermayotgandir, ragbat bildirmayotgandir. Oquv mashgulotlarining avvaldan rejalashtirilishidan voz kechish, bolajak pedagoglarda tanqidiy, kreativ tafakkurni shakllantirish va rivojlantirish, ularni ijodiy fikrlash, yangi goyalarni oylab topishga majbur qilish talim olishga bolgan munosabatni ozgartirish, ularni yutuqlarga erishishga ragbatlantirishda asosiy omil bolar. Oquv mashgulotlarida etishmayotgan omil kreativlik sanaladi.
Ushbu mavzu boyicha qilingan ishlarning xalqaro tajribadagi yangiligi quyidagichadir:
pedagoglarning kreativlik imkoniyatlari va ularning tarkibiy asoslari organish;
pedagoglarning kreativligini ifodalovchi belgilar va tamoyillarni tasniflash;
pedagoglarning kreativlik imkoniyatini aniqlovchi mezonlar va ularning darajalarini korsatish;
pedagoglarga xos kreativ sifat va ijodiy-pedagogik faoliyat malakalarini tasniflash;
kreativ konikmalar va talabalarda kreativ konikmalarni shakllantirish jarayonining mohiyatini izohlash;
shaxsda kreativlik sifatlarini rivojlantirish va undan foydalanishning samarali yollarini korsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: |