72 D evid Mayers Psixologiya. Minsk. 2008. 583-584-betlar.
1. Xarakterning ma’naviy
xislatlari - mehnatsevarlik,
halollik,
rostgo‘ylik, mehribonlik,
tashabbuskorlik, kamtarlik
kabilar.
2. Xarakterning irodaviy
xislatlari - maqsadga
intiluvchanlik, qat’iylik,
jasurlik, o‘z-o‘zini tuta bilish
kabilar.
227
o‘rtacha (adekvat) baho beradi. Insonning xarakter xususiyatlarini
nemis olimi K.Leongardom xarakter tipologiyasini o‘rganib, ulami
bir nechta turlarga ajratgan. U inson xarakter xususiyatlari tasnifini
atrofdagi odamlar bilan muomalasi, usuli negizida va alohida qu-
yidagi xarakter turlari bo‘yicha ta’rif beradi.
Emoiiv turi - bu toifadagilar tor doiradagi saralangan odamlar bi
lan aloqa qilishni afzal ko‘radilar. Ular kam hollarda mojarolarga ara-
lashadilar, xafaliklarini ichlarida saqlaydilar. Yaxshi xislatlari sami-
miylik, rahm-shafqatli, o ‘zgalaming yutug‘idan quvonadigan, ijrochi.
Salbiy tomonlari: yig‘loqi, o‘z hissiyotlariga beriluvchan, izzattalab.
Namoyishkorona - bu toifa insonlar tez muloqotga kirishuvchan,
yetakchilikka intiluvchan, hokimiyatni egallash hissi ustuvor va maq-
tovni yoqtiradi. Ular boshqalarga tez ko‘nikadi. Bunday insonlar
o ‘zlarining o ‘ziga ishonchliligi yuqori, o ‘ziga tortuvchanliklari
bilan atrofdagilarning g‘ashiga tegadi, mojarolami o ‘zlari keltirib
chiqaradilar va faol tarzda o‘zlarini himoya qiladilar. Ijobiy tomon
lari: qanoatli, artistlik qila oladigan, boshqalarni o ‘ziga qarata oladi-
gan. Salbiy tomoni: xudbin, shaxsiyatparast, maqtanchoq.
Ekzotik - bu toifadagilar o ‘ta kirishimli, so‘zamol, bunday odam
lar tez-tez bahslashadilar, lekin ish vaqtida mojarolarga yetib bormay-
di. Mojaroli holatlarda ular bir paytning o‘zida ham faol, ham sust-
kash. Shu bilan birgalikda do‘stlari va yaqinlariga bog‘langan tarzda
faoliyat olib boradi. Ijobiy tomoni o ‘ziga yaqin odamlarga g ‘amxo‘r
va e’tiborli, salbiy tomoni boshqalarga e’tiborsiz.
Ekstrovert- ular o‘ta kirishimli. Bunday odamlaming do‘stlari va ta-
nishlari juda ko‘p. Har qanday ma’lumotni ulardan ochiqchasiga bilib
olish mumkin. Do‘stlar davrasida, ishda, oilada ko‘pincha yetakchilik-
ni, bo‘ysundirishni afzal ko‘radi. Ijobiy xislatlari o‘zgalami diqqat bi
lan eshitishga tayyorligi, so‘ralgan talabni tezda bajarishi. Salbiy to
monlari: ta’sirga beriluvchan, yengil tabiat, ko‘ngilxushlikni yoqtiradi.
Introvert - bu toifadagilaming boshqalardan farqli tomoni shun-
daki, ular o‘ta ishonuvchan, o‘z tuyg‘ularini oshkor etishni qo‘lla-
maslik, qat’iylikdan yiroqlashish, faylasuflik qilishga intilishlari bi
lan xarakterlidir. Bunday odamlar yolg‘izlikni yoqtiradilar. Ularning
228
shaxsiy hayotlariga aralashgandagina atrofdagilar bilan ixtilofga bo-
rishadi. Ijobiy tomoni kelishmovchilikni sodir etmasligi, uyatchanlik,
qat’iylik kabi ijobiy fazilatlar bilan bir qatorda, qaysarlik, fikrlash-
ning tormozlanishi kabi salbiy xususiyatlarga ega.
I.P.Pavlov tajribasining ko‘rsatishicha, muayyan tizimda tashqi
ta’sir hukm surganda, asab tizimi umumiy turining xususiyatlariga taal-
luqli dinamik stereotipning shakllanishiga qulaylik vujudga keltirishi
yoki aksincha, halaqit berishi mumkin. Shaxs xarakterining tuzilishi
turli xususiyatlaming tasodifiy yig‘indisidan iborat emas, balki o‘zaro
bir-biriga bogiiq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xis-
latlarining muayyan qismida xabardor bo‘lish notanishlami tashxis qi
lish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi va
xudbinligi ma’lum boisa, uning ichi qoraligini taxmin qilish mumkin
yoki inson kamtar, mo‘min bo‘lsa, albatta, uning ko‘ngilchan ekan-
ligini sezamiz. Xarakterning tuzilish xususiyatlari jumlasiga xarakter
kuchi kiritiladi va shunga asosan insonlar kuchli hamda kuchsiz xarak
ter turlariga ajratiladi. Shuningdek, xarakter tuzilishining xususiyatlari
tarkibiga uning barqarorlik va o‘zgaruvchanlik darajasi ham kiritilgan.
Xarakterning barqarorligi ham, o‘zgaruvchanligi ham moslashish faoli-
yatining zaruriy shartlaridan hisoblanadi. Shaxsning xarakter xususi
yatlari turlicha turmush sharoitlarida qarshilik qiluvchi vaziyatlarga
duch kelsa-da, uning xatti-harakatlarini boshqaradi. Shu bois inson
tashqi vaziyatga bog‘liq bo‘libgina qolmasdan, balki tashqi vaziyatni
shaxsan o‘zi yaratadi, shuningdek, maqsadga muvofiqlashtiradi.
Shaxsning munosabatlarini aks ettiruvchi xarakter xislatlarini
to‘rtta tizimga ajratish qonuniy holatga aylangan:
1) jamoa (guruh)ga va ba’zi bir insonlarga nisbatan munosabatni
ifodalovchi xususiyatlar: yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik, takab-
burlik, qo‘pollik va boshqalar;
2) mehnatga nisbatan munosabatlami mujassamlashtiruvchi xu
susiyatlar: mehnatsevarlik, dangasalik, vijdonlilik, mas’uliyatlilik,
mas’uliyatsizlik kabilar;
3) narsalarga nisbatan munosabatni aks ettiruvchi xususiyatlar:
ozodalik, ifloslik, narsalami ayash, ayamaslik va hokazo;
229
4)
shaxsning o ‘ziga nisbatan munosabatlarini ifodalovchi xislatlar:
izzattalablik, shuhratparastlik, mag‘rurlik, takabburlik, dimog‘dorlik,
kamtarinlik, samimiylik va boshqalar.
Insonning xarakterini tashkil etuvchi bu individual xususiyatlar,
birinchi navbatda, tarbiyaga, aql va irodaga, shuningdek, m a’lum
m a’noda his-tuyg‘uga ham taalluqlidir. Inson shaxsining xarakteri
hamisha ko‘p qirralidir. Unda alohida xususiyatlar yoki tomonlar
ajratilib ko‘rsatilishi mumkin, lekin ular bir-biridan ajratilgan, alo
hida holda mavjud bo ‘lmaydi, balki m a’lum m a’noda xarakter-
ning barqaror tuzilishini tashkil etgan holda o ‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Xarakteming tuzilishi uning ayrim xususiyatlari o ‘rtasidagi qonuniy
bog‘liqlikda namoyon bo‘ladi. Bundan tashqari, shaxsning turmush-
dagi zamriy sharoitlaridan biri xarakteming muayyan darajada qa-
yishqoqligidir. Xarakteming qayishqoqligi ikki xil ma’no kasb etadi.
Uning barqarorligi singari muhitga faol ta’sir o‘tkazishning shartlari-
dan biri hisoblanadi. Amallari maqsadga muvofiq va foydali kechi-
shi uchun ular o‘zgaruvchan tashqi sharoitga moslashishlari lozim.
Xarakter xususiyatlarining kuchi va barqarorliligi markaziy tizimga
bog‘liqligiga binoan muayyan darajada shaxs munosabatlarining
mazmuni bilan belgilanadi.
Xarakteming tarkib topishida insonning tevarak-atrofdagi muhit
ga, o ‘z-o‘ziga hamda boshqa insonga qanday munosabatda bo‘lishi
muhim hisoblanadi. Shu bilan birga, bu munosabatlar xarakteming
eng muhim xususiyatlarini tasniflash uchun asos bo‘ladi. Xarakter-
ning u yoki bu xususiyati miqdoriy ifodaliligi oxirgi marraga yetib va
m e’yoming oxirgi chegarasiga borib qolganda, xarakteming aksen-
tuatsiyasi (ortiqcha urg‘u berilishi) deb ataladigan vaziyat tug‘iladi.
Xarakteming tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amal-
ga oshiriladi va xarakteming har bir xislati shaxs munosabatlariga
bog‘liq bo‘lsa, ular, o‘z navbatida, ijtimoiy munosabatlar bilan bel
gilanadi. Nasliy xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy
muhitda har xil xarakter xislatlari shakllanadi. Shu sababli, ijtimoiy
tuzumni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar shaxsning ijtimoiy
tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakteming individual xususi-
230
yatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir o‘tkazadi. Ijtimoiy
munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq tarzda, oilada, mehnat
jamoalarida xayrixohlik, o‘rtoqlik, o‘zaro yordamlashish, hamkorlik
yoki aksincha, johillik, zolimlik, badjahllik kabi shaxslararo munosa-
batlar tarkib topa boshlaydi. Oilaviy muhit, undagi shaxslararo mu-
nosabatlar, farzandlaming miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyat-
lar ko‘rinishi, ota-ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning
o‘ziga xos belgilari shakllanadi. Maktabgacha ta’lim muassasasi va
maktabdagi shaxslararo munosabatlar(o‘qituvchi-o‘quvchi,o‘quvchi-
o‘quvchi, o‘quvchi va sinf sardori, ota-ona va o‘qituvchi o ‘rtasidagi
munosabatlar) ham xarakterning maxsus xislatlari tarkib topishida
o ‘z ta’sirini o‘tkazadi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda
ham xarakter xususiyatlarining sezilarli darajada shakllanishi va
o ‘zgarishlari yuzaga keladi. Ilk yoshlik davrida shakllangan xarakter
xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, ularga ayrim o ‘zgarishlar
kiritish juda qiyin kechadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqa-
rorligi, doimiyligi ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik
darajasiga bog‘liq. Insonning rostgo‘ylik, mehnatsevarlik xislatlari
tasodifiy tarkib topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, aqidala-
riga mos tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon
bo‘laveradi. Shunday qilib, psixikaning individual sifat xususiyatlari
shaxsning ijtimoiy-tipik munosabatlari bilan qo‘shilgan taqdirdagina
xarakter xislatlarini belgilash, tavsiflash imkoniyati vujudga keladi.
Xuddi temperament kabi xarakter ham insonning fiziologik xu-
susiyatlariga avvalo, asab tizimi turiga bog‘liqdir. Chunki, xarakter
bilan temperamentning o‘zaro munosabati ulaming fiziologik asoslari
bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi jihatdan namoyon
bo‘lib, aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida kechishi dinamik
xususiyat deyiladi.
Xarakter xislatlarining dinamik xususiyati temperament xususiyat-
lariga bog‘liqdir. Temperament xususiyatlari xarakterning muayyan
tomonlari rivojlanishiga qarshilik ko‘rsatishi yoki yordam berishi
mumkin. Xolerik yoki sangvinik tipdagi odamga qaraganda, flegma
tik tipdagi odam o‘zida tashabbuskorlik va qat’iylikni tarkib toptirishi
231
qiyinroqdir. Jur’atlilik va vahimani bartaraf etish melanxolik uchun
jiddiy muammo hisoblanadi. Xarakteming jamoada shakllantirili-
shi xolerik tipdagi insonlarda o ‘zini tuta bilishni va o‘ziga tanqidiy
ko‘z bilan qarashni, sangviniklarda sabotlilikni, flegmatiklarda faol-
likni rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratadi. Insonning faoli-
yati, uning xulq-atvori, eng avvalo, o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari
bilan belgilanadi va shaxsning yo‘nalganligi - qiziqishlari, ideallari
va e ’tiqodining majmuyi doimo uning xulq-atvori va faoliyatining
asosiy determinant bo‘lib qoladi. Biroq shaxs yo‘nalishida ko‘plab
umumiylik bo‘lgan va maqsadlari bir-biriga to‘g‘ri keladigan ikki
insonda ana shularga erishish uchun ular foydalanayotgan usullarda
jiddiy farqlar bo‘lishi mumkin. Ana shu boshqachalik ortida shaxs
xarakterining xususiyatlari turadi. Insonning xarakteridagi tipik ho-
latlarda go‘yo uning xulq-atvori uchun tipik dastuming poydevori
qo‘yilgan bo‘ladi. Shunday qilib, xarakteming xususiyatlari muay
yan undovchi, vaj-sabab bildimvchi kuchga ega bo‘ladi, bu kuch
ko‘pincha xatti-harakat usulini tanlash, ba’zi qiyinchiliklami yengish
uchun zamr bo‘lgan vaqtlarda, stress holatlarida eng ko‘p darajada
namoyon bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |