qichda inson xayolan olgan taassurotlarini shakllantirib tahlil qiladi.
Bu tahlil davomida obyektni abstraktlash, ya’ni u boshqa obyektlar-
dan uzoqlashib va uning qismlari ham abstraktlashadi. Bu obrazlar
bilan keyinchalik boshqa ikkita tur pay do qilinadi. Birinchidan, bu
obrazlar o ‘rtasida yangi aloqa va birlashuvlar o‘matiladi. Ikkinchi-
dan, bu obrazlarga yangi m a’no berilishi mumkin. Har qanday holatda
ham abstraktlangan obyektlar ustida operatsiya o‘tkaziladi, ularga
“sintez” deb ta’rif beriladi. Bu operatsiyalar obrazni shakllantiruvchi
daraja bo‘lib tasavvur faoliyatini sintezlovchi m a’noni tashkil qiladi.
Shuningdek, tasavvur faoliyatini sintezlash juda ko‘p qirralidir. Abs-
trakt tasavvur jarayonidagi sintezlashning eng oddiy shakli bu agglut-
sinatsiya, ya’ni bir obyektdan ikkinchi obyektga uning xususiyatlari
va qismlarini tasavvur orqali qo‘shib yangi obraz pay do qilishdir.
Agglutsinatsiyaning misollariga shulami qo‘shishimiz mumkin:
kentavrlar, Shimoliy Amerika hindularining chizmalaridagi qa-
notli odamlar. Qadimgi Yegipet xudolarining obrazi (Dumli odam
hayvonlar va h.k.) agglutsinatsiya asosida yotgan turli xil jarayon-
lardir. Odatda, ularni ikkita asosiy guruhga bo‘lish mumkin: qabul
qilayotganda tanqid va tahlilning yetishmasligi va ixtiyoriy jarayon,
ya’ni ong tomonidan nazorat qilinadigan fikrlashning umumlashu-
vi bilan bog‘liqdir. Kentavr obrazi, chavandoz otini katta tezlikda
choptirib ketayotgan vaqtida ko‘zga ushbu shaklning aniq ravishda
ko‘rinmaganligi sababli, noaniq mavjudot ko‘rinishida qabul
qilinadi
deb taxmin qilinsa, qanotli odam obrazini yasashga inson aqlining
idrokan tushunib, uni havoda oson va tez harakatlanishiga ahamiyat
bergan va tasavvur qilgan.
Obrazni qayta tashkil qilishning keng tarqalgan uslubi, bu obyekt
ni va uning qismlarini kattalashtirish yoki kichraytirish hisoblanadi.
Ushbu yo‘l bilan turli ertak qahramonlari yaratiladi.
Tasavvumi qayta ishlab obraz yaratish va ulaming jiddiy alomat-
larini umumlashtirish bu sxematizatsiyadir.
Sxematizatsiya turli sharoitda joy egallashi mumkin. Bu holatda,
tasavvur tasodifan sxematizatsiyalanishi mumkin va unda ikkinchi
darajali qismlar ajratiladi, ular tasodifan predmetni qabul qilayot
ganda paydo bo‘ladi. Natijada qabul qilishda xatolik ro‘y beradi, bu
124
xatolik real xayoldagi obrazni ongdaa noto‘g‘ri aks ettiradi. Bunday
hodisalar ko‘p holatlarda bolalarda uchraydi.
Ikkinchidan, obyektni yetarli to‘liq qabul qilish vaqtida ro‘y bera
digan sxematizatsiyaga, uning ikkinchi darajali bo‘lak va qismlarini
yoddan chiqarish sabab bo‘ladi. Bunday vaqtlarda, tasavvur uchun
asosiy bo‘lak va qismlar birinchi o‘ringa o ‘tadi. Shu sababli tasavvur
o‘ziga xosligini yo‘qotib, umumlashib boradi.
Va, nihoyat, uchinchidan, sxematizatsiyaning sababi, obyektning
ikkinchi darajali qism va boiaklardan idrokan alahsib ketishi bo‘ladi.
Inson bila turib o‘z e’tiborini uning fikri bo‘yicha obyektning asosiy
hisoblovchi qismlariga qaratadi va natijada tasavvumi aniq bir sxe-
maga olib keladi.
Urg‘u berish, obyektni kerakli, asosiy va aniq ishoralarini
ko‘rsatib o ‘tishni o ‘zidan tashkil etadi. K o‘p holatlarda bu usul ba-
diiy obrazlami yaratishda qo‘llaniladi. Ushbu qabul qilish obrazini
tasavvur obraziga qayta ishlashning asosiy xususiyati undagi real
hayotni aks ettirib, uni tiplarga bo‘lib, keng umumlashtirib beradi
va ushbu umumlashuv doim aniq bir obrazda aks etadi. Shu bilan
bir qatorda tasavvurlami qayta tahlil qilish, tipik obrazni yaratishda
mexanik yo‘nalish yoki hisob-kitobi bilan barpo qilinmaydi. Ushbu
obrazni yaratish jarayonida o ‘zidan murakkab ijodiy jarayonni yu-
zaga keltiradi va insonning o ‘ziga xos obraz yaratuvchi aniq fazilat-
larini aks etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: