III. 3. HUKM, HAL QILUV QARORIVA AJRIMLARNI
IJROGA TOPSHIRISH
III. 3 .1 . Sudning hukmi, ajrimi va qarorlarini qonuniy
kuchga kirganidan keyin ijroga berish
Odil sudlovni amalga oshirish maqsadida
fuqarolar va tashkilot-
laming huquqlarini qo‘riqlash uchun chiqarilgan qarorlaming ijrosi
protsessning yakunlovchi bosqichi bo‘lib, ulami ijro ettirish sud zim-
masiga yuklatiladi.
Sud hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi farmoyish sudya yoki sud
raisi tomonidan ijro etish majburiyati yuklatilgan organga hujjatlam-
ing nuxasi bilan birgalikda yuboriladi. Ish apellatsiya, kassatsiyayoki
nazorat tartibida ko‘rilganida sud hujjatlari o‘zgartirilgan bo‘lsa,
ulaming nusxasiga apellatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasi
sudining ajrimi yoxud qarori nusxasi ilova qilinadi.
Sudning hukmi, ajrim va qarorlari qonuniy kuchga kirganidan ke-
yin ijroga beriladi (14-15- ilovalar). Hukm,
ajrim va sud qarorlari
ijrosi bilan bog‘liq barcha yozishmalar sud devonxonasiga yuklatila-
di. Ushbu hujjatlaming ijrosiga oid sud harakatlari sudda yuritiladi-
gan ma’lumotlar varaqasiga qayd etiladi.
Hukm va sud qarorlarining ijroga yuborilishi ustidan nazorat sud
raisi yoki shu ishlami ko'rishda raislik qilgan sudya tomonidan amal-
ga oshiriladi. Mazkur hujjatlaming nusxalari ulami ijroga yuborish
vaqtida sud raisi yoki shu ishni ko‘rishda raislik qilgan sudyalar to-
monidan imzolanadi va sud muhri bosiladi.
Sud majlisi kotibi hukmning yetkazilgan zarami qoplash (undirish)
bilan bog‘liq qismi bo‘yicha ijro varaqasi yozib, hukmdan ko‘chirma,
mol-mulkning xatlanganligi haqidagi hujjatlardan ko‘chirma olib,
ijroga yuborishi lozim.
Ijro varaqasida quyidagilar ko‘rsatiladi:
-
ishning tartib raqami;
- ishni ko‘rgan sudning nomi;
- taraflaming familiyasi, ismi va sharifi;
65
www.ziyouz.com kutubxonasi
- ijro harakatining mazmuni;
- ijro harakati yuzasidan sud qarorining qisqacha mazmuni;
- sud qarorining qonuniy kuchga kirgan sanasi;
- qarzdor va undiruvchining tug‘ilgan yili, manzili;
- ijro varaqasi berilgan sana;
- sudyaning va sud kotibining imzosi, sud nuihri;
Xususiy (alohida) ajrimlar nusxasi tegishli tashkilotlar,
mehnat
jamoalari va mansabdor shaxslarga yuboriladi. B u xat nusxalari va
kelganjavoblar yig‘majildga tikiladi.
Ish yurituvi tamom bo‘lgan jinoyat va ma’mui;iy huquqbuzarlik-
ka oid ishlar sud raisining imzosi bilan arxiv mudiriga topshirilishi
lozim.
Sudhukmi, ajrimi va qarorlarini ijroga berish hukm, ajrim va qaror
chiqargan sudga yuklatiladi.
Hukm, ajrim va qaror chiqargan,
shuningdek, amnistiya aktini
qoUlagan sud ish hujjatlarining ijro etilishini ta’minlashga majbur
bo‘ladi.
Ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlangan shaxsga nisbatan
chiqarilgan hukm ustidan shikoyat va protest keltirilmasa hamda u
qamoqda saqlanayotgan bo‘lsa, shikoyat yoki protest muddati o ‘tishi
bilan hukm kuchga kirganligi haqida qamoq joyi boshlig‘iga
sudya
tomonidan maUumotnoma yuboriladi.
Hukmning sudlanganlaming ayrimlariga tegishli qismiga shikoyat
yoki protest keltirilgan hollarda (guruhli ishlar bo‘yicha yuqori sud
tomonidan ular haqidagi hukm bekor qilinmasa) apellatsiya tartibida
ko‘rilishi bilan hukm barcha sudlanganlarga nisbatan qonuniy kuchga
kiradi va ijroga beriladi. Qamoq joylarida hukm, ajrim va qarorlar
ijrosi bo‘yicha kelgan ma'lumotlar haqida devonxona mudiri ishlami
hisobga olish varaqasiga tegishli belgi qo‘yadi,
Devonxona mudiri ozodlikdan mahrum
etish jazosi tayinlangan
ammo hukm qonuniy kuchga kirgunga qadar munosib xulq-atvorda
b o iish to‘g ‘risida tilxat, shaxsiy, kafillik, jamoat birlashmasi yoki ja-
moaning kafilligi, garov, voyaga yetmaganlami kuzatib turish uchun
berish kabi ehtiyot choralari qoilanilgan shaxsga nisbatan hukm
yuqori sud tomonidan o ‘zgarishsiz qoldirilganligi
haqidagi ajrimni
66
www.ziyouz.com kutubxonasi
olgach yoki hukm ustidan shikoyat berilmagan va protest bildirilma-
gan boMsa, uning shikoyat yoki protest bildirish muddati o ‘tgach, 2
ta hukm nusxasini 3 kundan kechiktirmasdan mahkumning yashash
joyidagi ichki ishlar organlariga ijro uchun yuboradi. Hukmni ijro-
ga yuborish haqidagi xatda iming qachon qonuniy kuchga kirganligi
ko‘rsatiladi va bu xat sudya tomonidan imzolanadi.
Ozodlikdan mahrum etish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayin-
langan voyaga yetmaganlarga nisbatan
sud hukmi yoki ularga nis-
batan majburlov choralari qo‘llash haqidagi ajrimning nusxalari ular
yashaydigan joydagi voyaga yetmaganlar ishi bilan shug‘ullnuvchi
komissiyalarga yuborilishi kerak. Hukmning tarbiyaviy ta’sirini
oshirish maqsadida uning nusxasi sudlanganning o ‘qish, yashash
joylariga ham muhokama qilish uchun yuborilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: