III BO‘LIM. ISHLARNIBIRINCHIINSTANSIYA
SUDLARIDA KO‘ RILG ANIDAN KEYIN
RASMIYLASHTIRISH
III. 1. ISHLARNI SUD MAJLISIDA KO‘RILGANIDAN
KEYIN RASMIYLASHTIRISH
( .
III. 1.1. Ishlar sudda ko‘rilganidan keyin olib
boriladigan harakatlar
Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman (shahar) sudida sud majlisi kotibi
ish ko‘rilgach yoki uning ko'rilishi boshqa kunga qoldirilgach, dar-
hol sud majlisiga chaqirilgan shaxslaming
chaqiruv xatlariga ular-
ning sudga qachon kelgan va qachongacha bo‘lganligini qayd etib, o‘z
imzosi bilan tasdiqlaydi. Shundan so'ng chaqiruv xatlariga devonxo-
na mudiri tomonidan shtamp bosiladi.
Ish ko‘rilib, sud hukmi, qarori yoki ajrimi chaqirilganidan keyin
sud majlisining kotibi quyidagi harakatlami bajaradi:
- ishga
barcha hujjatlami bir tartibda, oldin sud majlisigacha
bo‘lgan qaror, ajrim va boshqa yozishmalami, so‘ng sud majlisi davo-
mida ishga qo‘shilgan
hujjatlami, keyin sudya va sud majlisi kotibi
tomonidan imzolangan sud majlisining bayonnomasini, so‘ngra sud
hukmi, qarori yoki ajrimini tikadi;
—jinoyat ishini hisobga olish varaqasiga raqam qo‘yib chiqadi va
ishdagi barcha hujjatlaming, shu jumladan, sud majlisi bayonnomasi-
ning necha varaqdan iborat ekanligi haqida ro‘yxat tuzib, o‘z imzosi
bilan tasdiqlaydi;
-
sudlangan, oqlangan, ishi tugatilgan shaxsga,
shuningdek, aqli
noraso deb topilib, tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari belgilangan
shaxslarga nisbatan sudya tomonidan to‘ldirilgan hisob varaqani ish-
ga ilova qiladi;
58
www.ziyouz.com kutubxonasi
- sud majlisida ko‘rishga tayinlangan ishlaming hisobini olib bo-
rish daftariga ishning ko‘rilganlik natijalarini qayd etadi.
Agarda sud sudlanuvchiga munosib xulq-atvorda bo‘lish to‘g ‘risi-
da tilxat, shaxsiy kafillik, jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi,
garovga olish to‘g‘risidagi ehtiyot chorasi turini qo‘llasa yoki sud-
lanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida oldin belgilangan qamoq-
ni munosib xulq-atvorda b o iish to‘g ‘risidagi tilxat, shaxsiy kafillik,
jamoat birlashmasi yoki jamoaning kafilligi, garov to‘g‘risidagi ehti-
yot
chorasi turiga almashtirsa, sud majlisi kotibi sudlanuvchidan va
kafillikka oluvchilardan tilxat olib, ishga qo‘shadi.
Ishning ko‘rilishi boshqa kimga qoldirilgan taqdirda, sud majlisi-
ga chaqirilganlar bu haqda alohida ro'yxat asosida ogohlantiriladi va
ularga ish qayta tayinlangan kunga chaqiruv xati beriladi.
Jinoyat ish bo‘yicha sudlanuvchiga nisbatan qidiruv e’lon qilinishi
sababli ish yuritish to‘xtatilgan bo‘lsa, sud majlisi
kotibi bu haqdagi
sud ajrimi nusxasini sud joylashgan tumandagi ichki ishlar bo‘limiga
ijro etish uchun yuboradi, bu to‘g‘ridagi xat sudya tomonidan imzola-
nadi.
Do'stlaringiz bilan baham: