2. Ijro varaqasining mazmunini aytib bering.
3. Ijroga topshirish bilan bog‘liq qayd
kitoblari devonxona mudiri
tomonidan iqanday to‘Idiriladi?
4. Sud qarorlarining ijrosi qanday ta’minlanadi?
III. 4. DALILIY ASHYOLARNI HISOBGA OLISH VA
SAQLASH
III. 4 .1 . Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha ashyoviy
dalillarni hisobga olish
«Jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarda ish yuritish tartibi to‘g‘risida»-
gi Yo‘riqnomaga ko‘ra, tergov organlaridan kelgan jinoyat ishlari
bo‘yicha ashyoviy dalillar yoki sud tomonidan ishga qo‘sxilgan ash-
yoviy dalillar «Sudlarda daliliy ashyolami qabul qilish, hisobga olish
va saqlash haqida»gi qo‘llanma, «Dastlabki tergov, surishtiruv va sud
idoralari tomonidan jinoyat ishlari bo‘yicha
daliliy ashyo, o ‘qotar
qurol va boshqa qimmatbaho mulklami olish,
hisobga olish, saqlash
berish va yo‘q qilish tartibi to‘g‘risida»gi Yo‘riqnoma asosida qabul
qilinadi, hisobga olinadi va saqlanadi (16- ilova).
Sudga kelib tushgan ashyoviy dalillar hamda ish bo'yicha o ‘tayot-
gan boshqa ashyolami qayd etish kitobida quydagilar ko‘rsatiladi:
1) ashyoviy dalil kelib tushgan sana;
2) ashyoviy dalilning nomi;
3) daliliy ashyoning soni;
4) jinoyat ishining raqami
va sudlanuvchining familiyasi, ismi va
sharifi;
5) daliliy ashyolami saqlash, jumladan:
- qayerda va kimning javobgarligida saqlanmoqda;
- kimga qachon ko‘zdan kechirish uchun berilgan va qaytarilgan;
- daliliy ashyo yuzasidan sud qarorining mazmuni va sanasi;
- daliliy ashyolar yuzasidan ijro, jumladan:
- ijro varaqa kimga va qachon berilgan;
69
www.ziyouz.com kutubxonasi
- daliliy ashyo kimga va qachon berilgan;
- ijro etilganligi to ‘g ‘risida belgi va boshqalar.
Ishga dalil sifatida qo‘sxilgan narkotik moddalar ish bo‘yicha
chiqarilgan hukm qonuniy kuchga kirgunga
qadar Milliy xavfsizlik
xizmati idoralarining ashyoviy dalillami saqlash kameralarida saqla-
nadi.
Tilla, platina, kumush guruhiga kiradigan metallar,
quyma tilla
va boshqa qimmatbaho buyumlar, shuningdek, pul mablagTari, qim-
matbaho qog‘oz va boshqa valuta qimmatlari hukm qonuniy kuchga
kirgunga qadar Ichki ishlar vazirligining moliya boTimlarida, proku-
ratura va ular tomonidan vaqtincha saqlashga topshirilgan davlat
banklarida saqlanadi.
Taraflar tomonidan taqdim etilgan yoki
sud tomonidan talab qilib
olingan daliliy ashyolar o ‘zi tegishli boTgan ishlarda saqlanadi.
Ishga qo‘shib qo‘yish mumkin bo‘lmagan narsalardan iborat ash-
yoviy dalillar ishni ko‘rishda raislik etuvchi
sudya yoki devonxona
mudiri (tegishli hay’at kotibi)ning ma’sulligida seyfda saqlanadi.
Jinoyat ishlari bo‘yicha ashyoviy dalillar kelib tushganida ular—
ning soni ashyoviy dalillar haqida tergov organlari tomonidan tu-
zilgan maTumotnoma yoki dalolatnoma bilan solishtiriladi.
Ushbu
hujjatlar boTmagan taqdirda dalolatnoma tuziladi va sud raisi (sudlov
hay'atining raisi) va kotibi tomonidan imzolanadi. Tashkilotlardan
sud tomonidan talab qilib olingan ashyoviy dalillaming soni ilova xat
bilan solishtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: