NAZORAT SAVOLLARI VA TOPSHIRIQLAR
Kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash tartibini bilasizmi?
Kengaytirilgan noaniqlikni hisoblash formulasini yozing.
Qamrab olish koeffitsienti nima?
Qamrab olish koeffitsientini hisoblashga misollar keltiring.
Qamrab olish koeffitsientini tanlash va kengaytirilgan noaniqlikni baholashga amaliy misollar keltiring.
Ólchash vositasini kalibrlash deganda nimani tushunasiz?
Elektr ólchash vositalarini kalibrlashda noaniqlikni hisoblasha misollar keltiring.
20-mavzu. Noaniqlikni baholash va taqdim qilishning qisqacha tavsifi
ISO/IEC 98-3:2008 Ólchashlar noaniqligini ifodalash bóyicha xalqaro qóllanmaga muvofiq ólchash noaniqligini baholash va taqdim qilish quyidagi bosqichlar ketma-ketligida bajariladi:
Ólchanayotgan kattalik bilan kirish kattaliklari ning ózaro aloqasini funktsional boliqlik kórinishida iofdalash zarur. Funktsiya barcha kattalikdan, jumladan ólchash natijalari noaniqligiga sezilarli taʼsir qiladigan tuzatma va tuzatish koeffitsientlaridan iborat bólishi lozim.
Kirish kattaligi bahosini kuzatish natijalarini statistik tahlili asosida yoki boshqa usullarda bahosini olish.
Har bir kirish bahosini standart noaniqligi baholanadi. Kóp marta kuzatish natijalari asosida olingan kirish kattaliklarining standart noaniqligini baholash А tur standart noaniqlikni baholash usuli bilan bajariladi.
Аgarda kirish kattaliklari orasida ózaro korrelyatsiyalanganlari mavjud bólsa ularning kovaratsiyasi baholanadi.
Ólchash natijasi hisoblanadi, yaʼni 2 bosqichda olingan baholashlarda argument sifatida foydalanib funktsional bogʼliqligi bóyicha ólchanayotgan kattalik bahosi topiladi.
Ólchash natijasini standart noaniqliklari va kirish kattaliklarini kovaratsiyasi asosida yigʼindi standart noaniqlik topiladi. Аgar ólchash natijasida ikki va undan ortiq bólsa, ularning kovarayiyasi topiladi.
dan gacha bólgan intervalni aniqlash uchun kengaytirilgan noaniqlikni aniqlash talab qilinsa yigʼindi standart noaniqlik asosan qiymati 2 dan 3 gacha bólgan oraliqdagi qiymatlarni qabul qiluvchi qamrab olish koeffitsientiga kópaytiriladi. Kengaytirilgan noaniqlik formuladan aniqlanadi. k ning qiymati dan gacha bólgan interval uchun maʼqul bólgan ishonch darajasi asosida tanlanadi.
Ólchash natijasi uning yigindi standart noaniqligi yoki kengaytirilgan noaniqlik bilan birga taqdim qilinadi.
Ólchash noaniqligini baholash va taqdim qilishda quyidagi xulosalarni shakllantirib olish mumkin:
- ólchashlar noaniqligi GUM da (GUM - Guide to the expression of uncertainty in measurement - Ólchashlar noaniqligini ifodalash bóyicha qóllanma) tavsiya qilingan qoida va tavsiyalarga muvofiq, shuningdek JCGM (JCGM - Joint Committee for Guides in Metrology – Metrologiyada rahbarlik bóyicha birlashgan qómita) tomonidan nashr qilinadigan hujjat talablari asosida olib boriladi;
- maʼlum ólchash vazifazalari uchun, masalan, ólchash vositalarini kalibrlashda noaniqlikni baholash, mahsulot sinovida uning sifat va xavfsizlik kórsatkichlarini noaniqligini baholash va boshqa tor doiradagi ólchashlar sohalari uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, uslubiy tavsiyalardan noaniqlikni baholashda foydalanish mumkin;
- kópgina hujjatlar noaniqlikni baholash bóyicha sxema va tartiblarni berishiga qaramasdan, ularning hech biri noaniqlikni baholash uchun zarur bóladigan mutaxssisdagi tanqidiy fikrlash, intellektual salohiyat va professionallik kabi xususiyatlarni órnini bosa olmaydi. Chunki, tajribalar shuni kórsatadiki, noaniqlikni baholovchi mutaxassisda ólchashlarning fizik asoslarini, ularni matematik modellashtirish, olingan natijalarga matematik ishlov berish bóyicha bilim va malakasi bólmasa, u holda ushbu sohadagi xalqaro hujjatlarni amaliyotga qóllash chegaralanishi mumkinligini kórsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |