Qamrab olish koeffitsientini tanlash tartiblari
ISO/IEC Guide 99:2007 “Metrologiya bóyicha halqaro lugʼat. Аsosiy va umumiy tushunchalar shuningdek muvofiq atamalar” metrologiya sohasidagi xalqaro lugʼatda “qamrab olish koeffitsienti” quyidagicha taʼriflanadi: birdan katta son bólib, ólchashlarning kengaytirilgan noaniqligini olish uchun ólchashlarning yigʼindi standart noaniqligiga kópaytiriladi.
Qamrab olish koeffitsienti asosan bilan belgilanadi. Qamrab olish koeffitsientining qiymati ishonch darajasi asosida dan gacha bólgan interval uchun tanlanadi. Qamrab olish koeffitsientining qiymati odatda 2 dan 3 gacha bólgan oraliqda bóladi, ammo alohida hollarda ning qiymatlari ushbu chegaradan tashqarida bólishi mumkin. ning asoslantirib tanlash katta tajribani va ólchash natijalaridan qaysi maqsadlarda foydalanishni aniq bilimni talab qiladi.
Shunday bólishi mumkinki, ólchash natijasini taqdim qilishda maʼlum muntazam effektlarga tuzatma kiritilmasligi mumkin bólib, uning órniga ólchash natijasiga tegishli bólgan noaniqlikni oshirish orqali ushbu effektni hisobga olishga harakat qilingan bólishi mumkin. Bunday harakatlarni bajarmaslik lozim. Ólchash natijasiga maʼlum sezilarli muntazam effektlar kiritish juda kamdan-kam hollarda, alohida kiritilmaydi. Ólchash natijalarini noaniqligini baholashni maʼlum kattalikni “kafolatlangan” chegaralarini aniqlash bilan adashtirmaslik lozim bóladi.
Ideal jihatdan (va mos ravishda intervalga muvofiq bólgan) ning qiymatini tanlangan ishonch darajasiga, masalan 95 % yoki 99 % muvofiq bólganini aniqlash yoki tanlangan uchun va u bilan bogʼliq bólgan intervalniga mos bólgan ishonch darajasini aniqlash maqsadga muvofiq bólardi. Аmmo buni amaliyotda qóllash har doim ham oson bólmasdan ólchash natijasi va uning yigʼindi standart noaniqligi bilan tavsiflanadigan ehtimollikning taqsimot turini aniq bilishni talab qiladi. Holbuki ushbu parametrlar juda ahamiyatli bólib, berilgan ishonch darajasi bilan intervalni aniqlash uchun ularni bilish yetarli emasdir.
INC-1 (1980 yil) tavsiyalari qamrab olish koeffitsienti va ishonch darajasining ózaro munosabatini aniqlash usulini órnatmaydi. Kóp amaliy hollarda, masalan, ishonchlilik darajasi 68 % bólgan oraliqda k = 1 deb qabul qilinadi, - 95 % bólgan oraliqda k = 2; 99 % bólgan oraliqda k = 3 deb qabul qilinadi.
7.2.1 –jadvalda normal taqsimlangan tasodifiy kattaliklarni ishonch darajasi P ga mos bólgan qamrab olish koeffitsienti ni qiymatlari jadvali keltirilgan
Ishonch darajasi р, %
|
Qamrab olish koeffitsienti kp
|
Ishonch darajasi р, %
|
Qamrab olish koeffitsienti kp
|
68,27
|
1
|
95,45
|
2
|
90
|
1,645
|
99
|
2,576
|
95
|
1,960
|
99,73
|
3
|
7.2.2 - rasmda tekis taqsimot qonuni uchun tasodifiy kattaliklarni ishonch darajasi P ga mos bólgan qamrab olish koeffitsienti ni qiymatlari jadvali keltirilgan
Ishonch darajasi р, %
|
57,74
|
95
|
99
|
1001
|
Qamrab olish koeffitsienti kp
|
1
|
1,65
|
1,71
|
1,73
|
Kóp hollarda 95 % ehtimollik bilan k ni 2 ga teng deb olish tavsiya qilinadi. Аmmo bu qiymat yigʼindi standart noaniqlik erkinlik darajasi uncha katta bólmagan ( oltidan kam bólgan) statistik kuzatishlar natijasida olingan bólsa, yetarli bólmasligi mumkin. Bunday hollarda k ning tanlovi erkinlik darajasini effektiv qiymatiga bogʼliq bóladi. Qachonki yigʼindi standart noaniqlik erkinlik darajasi oltitadan kam bólgan kattaliklar hissasidan aniqlanadigan bólsa, bu vaziyatlarda k ning qiymatini ushbu hissa bilan bogʼliq bólgan va talab qilingan ishonchlilik sathi (odatda 95 %) dagi erkinlik darajasi qiymati uchun Stʼyudent kriteriyasining (t-kriteriya) ikki tomonlama qiymatiga teng deb olinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |