7-mavzu. Ólchashlar noaniqligini hisoblash bosqichlari
1- bosqich. Ólchanayotgan kattalikni tavsiflash va matematik modelini tuzish.
Umumiy holatda ólchanayotgan kattalikni tavsiflash va uning matematik modelini tuzishning mantiqiy ketma-ketligi 3.3.1 - rasmda tasvirlangan.
Oʼlchash obʼekti
Jarayondagi asosiy parametrlarni aniqlash
Matematik modelni tuzish
Oʼlchash jarayonini fizik asosi
3.3.1 – rasm. Matematik modelni tuzishning mantiqiy ketma-ketligi
Ólchash jarayonida qatnashuvchi va natijalarni aniqliligiga taʼsir qiluvchi parametrlarni umumlashgan хolda 3.3.2.-rasmda tasvirlangan. Ólchash jarayonining umumlashgan sxemasi kirish va chiqish parametrlari orasida hisobga olinadigan va olinmaydigan, boshqariladigan va boshqarilmaydigan, tasodifiy va muntazam effektlarning yigʼindisidan iborat bólib, chiqish ólchash signali tasodifiy qiymatga egadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |