4.7. Mahsulot sinovida ólchanadigan mahsulot namunasini olish noaniqligi
Ólchashlar noaniqligi – ólchash sifatini tavsiflaydigan muhim umumlashgan parmetr. Shu bilan bogʼliq ravishda noaniqlik ólchash natijalari asosida qabul qilinadigan qarorga juda sezilarli darajada taʼsir qiladi. Masalan, mahsulot sinovi har doim muhim bosqichlardan biri sifatida namuna olishni qamrab oladi. Buning sababi mahsulotning butun bir hajmini (tóliq obʼektni, mahsulot paryatiyasini) tahlil qilish imkonsizligi bilan bogʼliqdir.
Ólchanadigan obʼekt (namuna) noanikliklariga obʼekt shakli va yuzasining geometrik ólchashlar uchun murakkabligi, obʼekt materialining xossalari, ólchamlari va h.k ga bogʼliq bólgan noaniqliklar kiradi. Masalan, murakkab matritsaning tarkibi aniqlanadigan komponentni ajratib olishga yoki ólchash asbobining kórsatuvi (otkliki) ga taʼsir kórsatishi mumkin. Аniqlanadigan komponentning joylashish shakliga sezgirlik bunday taʼsirni yanada kuchaytirishi mumkin. Namuna (kichik namuna) yoki aniqlanadigan komponentning barqarorligi, issiqlik rejimining ózgarishi yoki boshqa effekt tufayli, tahlil vaqtida ózgarishi mumkin.
Аjratib olish darajasini baholash uchun biror “maʼlum qóshimcha” dan foydalanilsa, aniqlanadigan komponentning namunadan haqiqiy ajralib chiqishi qóshimchani ajratib olish darajasidan farqlanishi mumkin, bu ham baholanishi kerak bólgan qóshimcha noaniqlikni kiritadi.
Namuna olish bilan bogʼliq bólgan noaniqlikni baholash ikkita asosiy yondashuv bilan tavsiflanadi. Emperik yondashuvda kóp marta namuna olish bajariladi va tadqiq qilinayotgan materialda analitning notekis taqsimlanishini yoki namuna olishni bitta yoki bir qancha metodikalarini qóllash jarayonidagi ogʼishishlarni va noaniqlikni (va qoida bóyicha bir qancha tashkil qiluvchilarni) baholash uchun turli sharotlarda tahlil qilinadi.Modelli yondashuvda oldindan berilgan modeldan foydalaniladi va yigʼindi baholashni olish maqsadida noaniqlikni barcha tashkil qiluvchilari aniqlanadi, ularni miqdori baholanadi va birlashtiriladi. Ushbu yondashuvda dispers zarralar tavsiflari bóyicha noaniqlikni bir qancha tashkil qiluvchilarini baholash imkonini beradigan namuna olish nazariyasining modellardan foydalanish mumkin.
Ushbu har bir yondashuvlar amaliy qóllashning turli sohalarida qóllaniladi. Ushbu sohalar atrof-muhitni tadqiq qilish (tuproq va suv), oziq-ovqat (etishtirish va qayta ishlash) va hayvonlar uchun oziqalar va boshqa tarmoqlarni qamrab oladi. Maʼlumotlarga kóra, umumiy noaniqlikni nisbiy ulushi bir nechta foizdan 84 % gacha bólishi mumkin. Baʼzan noaniqlikni ulushi katta bólmasdan, baʼzan ólchashning umumiy dispersiyasini 90 % gacha tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |