4.8.1. – rasm. SGB G4-1 modelidagi gaz sarfi hisoblagichning tashqi kórinishi
|
|
14-mavzu. Ólchash natijasiga taʼsir qiluvchi uslubiy noaniqliklar
Ólchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida uslubiy noaniqlik kelib chiqadi. Uslubiy noaniqlik – ólchash usulining nazariy jihatdan aniq asoslanmaganligi natijasida kelib chiqadi. Uslubiy noaniqlikning asosiy manbai ólchash obʼekti modelining obʼekt xususiyatlariga mos emasligi hisoblanadi. Masalan, ólchash vositalarini hisoblashda ishlatiladigan tenglamalarning soddalashtirilishi, noaniqlikning kompensatsiyalashda kiritiladigan tuzatma koeffitsienti salmoqli noaniqlikka olib keladi.
Metodik (uslubiy) noaniqlikni bartaraf etish uchun ishlatiladigan apparaturaning parametrlarini va taʼsir etuvchi kattaliklarning qiymatlarini bilish kerakki, bular bilan ólchash natijasiga kiritiluvchi tuzatmani hisoblash mumkin bólsin (agar ularni umuman hisoblash mumkin bólsa). Shuning uchun uslubiy noaniqlikni bartaraf etishda kiritiladigan tuzatma hisoblash yóli bilan topiladi.
Аproksimatsiyalash va soddalashtirishda sodir bóladigan noaniqliklar. Bunday noaniqliklarga bilvosita ólchashlarning noaniqligi kiradi, bular ólchanadigan kattalik bilan uning tógʼridan-tógʼri ólchash yordamida ólchangan argumenti órtasidagi bogʼlanishni soddalashtirish natijasida kelib chiqadi.
Uslubiy noaniqliklar ayni bir ólchash usuligagina xos bólishi mumkin. Yaʼni maʼlum bir ólchash usulini texnik-konstruktiv jihatdan amalga oshirishda aniqlikni oshirishga turli omillar taʼsir qiladi. Bunda qaysi ólchash usulini tanlash ólchash vazifasidan, yaʼni talab qilingan aniqlik, kontaktli yoki kontaktsiz ólchash, ólchash sharoiti va boshqa talablardan kelib chiqib tanlanadi. Ólchash usulini tanlash asosan aprior-nazariy maʼlumotlarga tayangan holda ótkaziladi.
1-misol
Shkalalarni darajalashda mos kelmaydigan model tanlansa, masalan, nochiziqli otklikda (kutilgan javob) chiziqli darajalashdan foydalanish, qópol tuzatishlarga va yanada katta noaniqliklarga olib keladi.
2-misol
Raqamlarni olib tashlab, yaxlitlash oxirgi natijani noaniqlikka olib keladi. Bunday vaziyatlarni oldindan bashorat qilish qiyin bólgani uchun baʼzi noaniqlik joiz bólishi mumkin.
3-misol
Moddalar namligini ólchashlda qóllaniladigan standart arbitraj usul – termogravmetrik usul hisoblanadi. Sigʼimli, infaqizik va óta yuqori chastotali usullar esa ózi xos bólgan uslubiy noaniqliklarga ega. Bunda uslubiy noaniqliklarni kamaytirish uchun birlamchi ózgartkichni konstruktsiya va boshqa parametrlarni metrologik takomillashtirish talab qilinadi.
4-misol
Do'stlaringiz bilan baham: |