4.6. Ólchash sharoitlarining noaniqliklari
Ólchash sharoitiga iqlim (atrof muhit harorati, havoning nisbiy namligi, atmosfera bosimi), elektr va magnit (elektr tarmogʼidagi elektr toki va kuchlanishini, ózgaruvchan elektr toki chastotasi, ózgaruvchan va doimiy magnit maydonlar va b.), mexanik va akustik (vibratsiya, zarba kuchlari, tebranishlar) omillar taʼsirlar, shuningdek ion nurlanish, atmosferaning gaz tarkibi va boshqa omillar kiradi. Ushbu parametrlarni taʼsirini ólchash natijasiga bartaraf qilish (jilovlash) imkoni bólsa, bu normal ólchash sharoiti deyiladi. Ularga mos ravishda taʼsir qiluvchi fizik kattaliklarning nominal qiymatlari quyidagi 4.6.1 –rasmda kórsatilgan.
4.6.1 – rasm.Taʼsir qiluvchi fizik kattaliklarni nominal qiymatlari
Taʼsir qiluvchi kattalik
|
Nominal qiymat
|
Barcha ólchashlar uchun harorat
|
20 оС
|
Ion nurlanish, issiqlik-fizik, temperatura, magnit, elektr ólchashlar, bosim va harakat parametrlarini ólchashda atmosfera bosimi
|
100 kPa
(750 mm.sim.ustuni)
|
Chiziqli va burchak ólchashlar, massa va yorugʼlik kuchini ólchash, srektroskopik ólchashlarda atmosfera bosimi
|
101,3 kPa
(760 mm.sim.ustuni)
|
Chiziqli burchak ólchashlar, massa ólchash, spektroskopik ólchashlarda havoning nisbiy namligi
|
58 %
|
Elektr qarshilikni ólchashdagi havoning nisbiy namligi
|
55 %
|
Temperatura, kuch, qattiqlik, ózgaruvchan elektr toki, ion nurlanish, harakat parametrlari havoning nisbiy namligi
|
65 %
|
Boshqa ólchash turlarida havoning nisbiy namligi
|
60 %
|
Havo zichligi
|
1,2 kg/m3
|
Erkin tushish tezlanishi
|
9,8 m/c2
|
Harakat parametrlari, magnit va elektr kattaliklarni ólchashda magnit induktsiya (magnit maydon kuchlanganligi) va elektr maydon kuchlanganligi
|
0
|
Аmaliyotda taʼsir qiluvchi kattaliklarni nominal qiymatlarini taʼminlash anchayin qiyindir. Shuning uchun odatda taʼsir qiluvchi kattaliklarni normal soha chegaralari órnatiladi. Masalan, kópgina holatlarda normal ólchash sharoiti sifatida quyidagi oraliqlar qabul qilinadi:
Temperatura
|
(293±5) K
|
Аtmosfera bosimi
|
(100±4) kPa
|
Havoning nisbiy namligi
|
(65±15) %
|
Elektr tarmogʼi kuchlanishi
|
(220±10) V
|
Аsosan, kórilayotgan noaniqlikka temperatura, namlik, bosim, binoning tozaligi, magnit va gravitatsion maydonlar, titrashlar, turli nurlanishlar, yoruvlik va h.k. larni ólchash va tutib turish noaniqliklari kiradi.
Masalan, ólchov shisha idishi ózi kalibrlangan temperaturadan farqlanuvchi temperaturada qóllanilishi mumkin. Katta temperaturalar tuzatmalar kiritib hisobga olinishi lozim, ammo bunday holda suyuqlik va shisha temperaturalarining qiymatlaridagi har qanday noaniqlikni kórib chiqishga tógʼri keladi. Huddi shunday, agar atrof muhit namligini ólchashda qóllaniladigan materiallar namlikning ózgarishiga sezgir bólsa, atrof muhit namligining qiymati ham ahamiyatga ega bólishi mumkin. .
Ólchash vositalarining noaniqliklariga noaniq kalibrlash, kórsatuvlarning variatsiyalanishi, oxirgi qiyoslash va kalibrlashdan keyin ótgan vaqt, ólchash vositasining sezgirlik chegarasi yoki chekka ajrata olish qobiliyati va h.k. ga bogʼliq bólgan noaniqliklar ham kiradi.
Metrologik ólchashlar sohasida maʼlum bir ólchash turlarini uchun atrof-muhit parametrlariga órnatilgan talablar standartlar bilananiq meʼyori órnatiladi. Аtrof-muhit parametrlari meʼyorlaridan ogʼishadigan holatlarda ushbu omillarni noaniqlikka taʼsirini miqdoriy hisoblash zarur bóladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |