Fanning o‘quv-uslubiy majmuasi Toshkent davlat sharqshunoslik instituti Kengashining _____ 20__yildagi __-son majlisida ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan.
MUNDARIJA
Ma’ruza matni ………………………………………………………………………..
|
4
|
Mavzu №1. “ ……………………………………………………………
|
4
|
Mavzu №2. ……………………………………………………
|
7
|
Mavzu №3. ……………………………………………….
|
12
|
Mavzu №4. ………………..
|
15
|
Mavzu №5. ………………………
|
19
|
Mavzu №6. …………………………………………….
|
24
|
Mavzu №7. ……………………………
|
29
|
Mavzu №8. ……………….
|
35
|
Mavzu №9. ………………….
|
38
|
Mavzu №10. …………………………………………………………...
|
44
|
Mavzu №11. ………………………………...
|
49
|
Mavzu №12. …………………………
|
51
|
Mavzu №13. ………………………….
|
53
|
Mavzu №14. ………………………………………
|
58
|
Mavzu №15. ……………………………………………………………………………
|
64
|
Amaliy mashg‘ulotlar ………………………………………………………………..
|
67
|
Mavzu №1. …………………………
|
67
|
Mavzu №2. ……………………………………………………
|
71
|
Mavzu №3. ............................................................................................
|
74
|
Mavzu №4. ................................
|
77
|
Mavzu №5. ...................................
|
83
|
Mavzu №6. .....................................................................
|
86
|
Mavzu №7. ……………………………………………………….
|
89
|
Mavzu №8. …………………………………………………..
|
90
|
Mavzu №9. …………………
|
93
|
Mavzu №10. …………………………………………………………..
|
96
|
Mavzu №11. ………………………………..
|
99
|
Mavzu №12. ……………………………………………………………..
|
100
|
Mavzu №13. …………………………………………………………………
|
103
|
Mavzu №14. ………………………………………
|
107
|
Mavzu №15. ……………………………….
|
110
|
Mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari ……………………………………………………...
|
113
|
Glossariy ………………………………………………………………………………
|
114
|
O‘QUV MATERIALLARI
MA’RUZA MATNI
1-MAVZU
MADANIYATLARARO MULOQOTNING ASOSIY MASALALARI
Reja:
1. “Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi va masalalari
2. “Madaniyatlararo muloqot” tushunchasining mohiyati va o‘ziga xos xususiyati
3. Madaniyatlar o‘zaro ta’sirining darajalari
Tayanch so‘z va iboralar: madaniyatlararo muloqot, madaniyatlar kesishuvi, kommunikatsiya, til, madaniyat, diskriminatsiya, milliy xarakter, o‘zaro ta’sir, etnik daraja, milliy daraja, sivilizatsiya darajasi, donor-madaniyat, retsipiyent-madaniyat.
1. 1. “Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi va masalalari
Inson – ijtimoiy mohiyat. Inson jamiyatda yashaydi va tabiiyki, u mazkur jamiyatning boshqa a’zolari bilan muloqot qilishi lozim bo‘ladi. Kommunikatsiya termini ham lotincha communication, communis “umumiy” so‘zidan kelib chiqqan.
Demak, so‘z insonlarni bir-biri bilan bog‘laydi, ularni muloqot vositasida birlashtiradi. Muloqotsiz jamiyat bo‘lmaydi, jamiyatsiz ijtimoiy inson, madaniy va ongli inson homo sapiens bo‘lmaydi. So‘z tilda mujassamlashib, insonni hayvonot dunyosidan ajratadi. Hech qaysi bir fan, hech qaysi bir ilm so‘zsiz mavjud bo‘lmaydi. Hech bo‘lmaganda, bilim va tajribalarni shakllantirish, ularni qayd qilib kelgusi avlodga qoldirish uchun ham so‘zlar kerak bo‘ladi. Xullas, muloqot insoniyat borligining tamali, sinchini tashkil qiladi.
“Madaniyatlararo muloqot” fanining maqsadi – insonlar muloqoti masalalarini asosan til va madaniyatga e’tibor bergan holda tahlil qilishdan, farqli madabiyatlar orasidagi kommunikatsiyani osonlashtirish va to‘qnashuvlarni oldini olishdan iborat.
Hozirgi kunda turli xalqlar, tillar, madaniyatlar aralashgan bir paytda, boshqa madaniyatlarga qiziqish, ularni hurmat qilish, ularni tushunishga harakat qilish, ularga sabr-toqat bilan yondashishni o‘rganish dolzarb masalalardan biridir. Aynan shu tufayli madaniyatlararo, xalqaro muloqot masalalari umume’tiborni tortdi.
Qanday omillar kommunikatsiyaga yordam beradi, nimalar unga to‘sqinlik qiladi, turli madaniyat vakillari bilan muloqot qilishni nimalar qiyinlashtiradi? Til va madaniyat bir-biri bilan qanday munosabatda bo‘ladi? Tilning shaxsning shakllantirishidagi ta’siri qanday bo‘ladi? Tilda individual va jamoaviy mentalitet, mafkura, madaniyat qanday aks etadi va qay tarzda shakllanadi? Milliy xarakter nima va u til bilan qanday shakllanadi? Chet tillarini o‘rganishda ijtimoiy-madaniy omilning roli qanday bo‘ladi? Ona tilidagi birlamchi dunyo manzarasi va boshqa tillarni o‘rganish jarayonidagi ikkilamchi dunyo manzarasi til va madaniyatda qanday vujudga keladi? Nima uchun butun dunyoni madaniyatlararo muloqot va madaniyatlararo to‘qnashuv muammolari tashvishga solib qo‘ydi? Mashhur amerikalik siyosatshunos olim Samuel Xantingtonni uchinchi jahon urushi siyosiy yoki iqtisodiy emas, balki madaniyatlar va sivilizatsiyalar urushi bo‘ladi, deb bashorat qilishiga sabab nima edi?1.
Demak, “Madaniyatlararo muloqot” fani yuqorida qayd etilgan savollarga javob beradi.
Amerikalik tadqiqotchilar Judith Martin va Thomas Nakayamaning “Madaniyatlararo muloqot vaziyatlarida” (Intercultural communication in contexts) nomli asarida madaniyatlararo muloqot masalalarini ko‘rsatish uchun Muhammad va Aleksning quyidagi tajribalarini keltirishadi:
Muhammad va Aleksning tajribalari madaniyatlararo muloqotning imkoniyatlari va muammolarini ko‘rsatib beradi. Madaniyatlararo munosabatlar orqali ko‘plab xalqlar va madaniyatlar, shuningdek, o‘zimiz va madaniyatimiz haqida bilib olishimiz mumkin bo‘ladi. Ayni paytda, ko‘plab muammolar bilan ham duch kelinadi. Binobarin, madaniyatlararo muloqot stereotiplar va diskriminatsiya kabi to‘siqlarni ham o‘z ichiga oladi. Mazkur munosabatlar murakkab tarixiy va siyosiy vaziyatlardan o‘rin oladi2.
Shunday qilib, “Madaniyatlararo muloqot” fani kommunikatsiya turlari, verbal va noverbal muloqot, kommunikatsiyaga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar, kommunikatsiyadagi to‘siqlar va ularni bartaraf etish yo‘llari, til va madaniyat munosabati, mentalitet, milliy xarakter, mafkura, olam manzarasining madaniyat va tilda ifodalanishi, madaniyatlararo to‘qnashuvlar, diskriminatsiyalar, stereotiplar, turli madaniyatlardagi ramzlar, tabular va evfemizmlarning talqini, gender va h.k. masalalarni tadqiq etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |