2. 2. Madaniyatlararo muloqotning boshqa fanlar bilan aloqasi
AQSh Dimlomatik xizmatlar institutida turli soha mutaxassislari, jumladan, tilshunoslar, antropologlar va psixologlar faoliyat olib borishdi. Kommunikatsiyaga oid tadqiqotlarni amalga oshirishda har bir mutaxassis o‘zining sohasidagi nazariyalarga tayanib ish ko‘rdi. Natijada tilshunoslik, antropologiya va psixologiya sohalarining kesishmasida kommunikatsiyaga kompleks yondashuv yuzaga keldi. Bugungi kunda ham mazkur yondashuv o‘z samarasini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |