Izohlovchi (yoki interpretiv) yondashuv. Bu yondashuvning maqsadi inson fe’l-atvorini oldindan aytib berish emas, balki uni tushunish va tasvirlashdan iborat. Izohlovchi yondashuv tarafdorlari madaniyatga muloqot vositasida shakllangan va o‘zgaradigan insonning yashash muhiti sifatida qarashadi. Mazkur yondashuvda antropologiya va tilshunoslikning rolli o‘yinlar, kuzatish va h.k. metodlaridan foydalaniladi. Odatda, asosiy e’tibor alohida guruhlar ichidagi kommunikatsiya modellarini tushunishga qaratiladi. Madaniyatlararo muloqotni izohlovchi yondashuv asosida tadqiq etish jarayonida u yoki bu kishilik hamjamiyatining kommunikatsiya qoidalari mazkur guruhning madaniy qadriyatlari va tasavvurlariga asoslanadi, degan xulosaga kelindi.
Do'stlaringiz bilan baham: |