O‘ZBEK TILSHUNOSLIGI KAFEDRASI
FAN SILLABUSI
5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)(2-kurs o‘zbek guruhlar uchun)
Fan:
|
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili”
|
Fan turi:
|
Majburiy
|
Fan kodi:
|
300.3HO‘AT15M
|
O‘quv yili
|
2021-2022
|
Semestr:
|
3-4
|
Ta’lim shakli:
|
Kunduzgi (o‘zbek)
|
Mashg‘ulotlar shakli va semestrga ajratilgan soatlar:
|
300
|
Ma’ruza
|
45
|
Amaliy mashg‘ulotlar
|
44
|
Seminar mashg’ulotlar
|
46
|
Mustaqil ta’lim
|
165
|
Kredit miqdori:
|
15
|
Baholash shakli:
|
Yozma va test shakllaridagi yakuniy nazorat va mustaqil ishlar bahosi asosida amalga oshiriladi
|
Fan tili:
|
O‘zbek
|
Fan o‘qituvchilari haqida ma‘lumot:
Dastur mualliflari:
|
D.T.Yuldashev - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori
S.S.Ro‘zimboyev - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
D.K.Xudayberganova - O‘zbek tilshunosligi kafedrasi o‘qituvchisi
|
Telefon raqami
|
+998907267329 / +998919166606 / +998904380458
|
E-mail:
|
doniyory696@gmail.com / sarvarbek-1973@mail.ru / xudayberganova.dildora.1982.@gmail.com
|
Tashkilot:
|
Urganch davlat universiteti, O‘zbek tilshunosligi kafedrasi. Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi. 2-b uy
|
1. Fan maqsadi (FM)
|
FM1
|
Fanni o‘qitishdan maqsad -bo‘lajak filologlarga hozirgi o‘zbek tilining lisoniy qurilishi va imkoniyatlari hamda ularning nutqiy qo‘llanilishi masalalari bo‘yicha ilmiy-nazariy ma’lumot berishdan iborat.
|
2. Fanni o‘zlashtirish uchun zarur boshlang‘ich bilimlar
|
1
|
Hozirgi o‘zbek tilining shakllanish tarixi, shevalarga munosabati, lisoniy sathlari, lisoniy paradigmalari, lisoniy birliklarning substansial imkoniyatlarining nutqiy voqelanishi, fonetikasi, leksikasi, morfemikasi, so‘z yasalishi, morfologiyasi, sintaksisi, punktuatsiyasi haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak
|
|
|
3. Ta’lim natijalari (TN)
|
|
Bilimlar jihatidan:
|
TN1
|
Hozirgi o‘zbek tili sathlari va ularning birliklarini farqlash tamoyillarini, lisoniy munosabat hamda uning turlarining ilmiy asoslarini, lisoniy birliklar substansial imkoniyatlarini aniqlash usullari bo‘yicha bilimga ega bo‘lishlari kerak;
|
TN2
|
Fonetik, leksik, grammatik imkoniyatlarini nutqiy voqealanishida lisoniy, shaxsiy va pragmatik omillar roli va hamkorligining ilmiy asoslarini bilishi va ulardan foydalana olish malakasini egallashlari kerak;
|
|
Ko‘nikmalar jihatidan:
|
TN3
|
Hozirgi o‘zbek tilida lison, nutq hamda ular birliklarini farqlash asoslarini sharhlay olish, lisoniy va nutqiy birliklarini ajratish mezonlarini tushuntira olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak
|
TN4
|
birliklar orasidagi lisoniy munosabatlarni tavsiflay olish, lisoniy imkoniyatlarini nutqiy vaziyat va sharoitga bog‘liq ravishda samarali ishga solish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Sohaga oid matnlar bilan o‘zbek tilida tanishish, matn tuzish, uni tahlil va tahrir qilish, sohaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, kasbiy muloqot yuritish ko‘nikmalariga ega bo‘lish, tizimli tahlil qilish malakasiga ega bo‘lishi kerak.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |