NAZARIY MASHG‘ULOT
1-Mavzu: Turizmning tаriхiy rivоjlаnishi.
Mavzu rejasi:
1. Turizm faniga kirish, rivоjlаnish tarixi.
2. Fanni oʻzlashtirishga qoʻyilgan talablar.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Turizm fani tarixiy rivojlanishi, turizm fanining asosiy vazifalari va uning ahamiyatlari, fanni oʻzlashtirishga qoʻyilgan talablar to’g’risida ma’lumotlarga ega qilish.
O’quv faoliyati natijalari: Turizm fani o’quv fan sifatida tutgan o’rnini anglab olishi kerak, turizm fanining asosiy vazifalari va uning ahamiyati, turizmni tarixiy rivojlanishi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim.
Turizmni tarixiy rivojlanishi. Turizm so’zi lotin tilidan olingan bo’lib, u aylana bo’ylab harakat qilish - degan ma’noni bildiradi. Keng ma’noda buni kishilarni hayotda harakatda bo’lishlari tushuniladi. Shuningdek, turizm «tur» (belgi) o’rnatish, ya’ni tog’ adirlar, uzoq masofalarga sayohat qilish, so’nggi manzilga belgi ko’yish yoki cho’qqiga chikqanligini bildirish uchun biron bir belgi (yozuv, byust, haykal va h.k) qoldirishni bildiriladi.
Turistik poxodlarda sportcha chamalab topish, voleybol, yengil atletika va xalq milliy o’yinlaridan keng foydalaniladi. Turizmning texnik tushunchalari poxodga tayyorgarlik shartlari, yuriщ, to’siqlardan o’tish, turistik jixrzlaridan foydalanish, turistik turmush sharoitlarini bilish va ulardan foydalanish keng tushuniladi. Turistik taktika tushunchasi esa kompas, karta, sxema va boshqa asboblar xamda tibbiy sharoit vositalari orqali turistik poxod, slyot, sayohatlarga qo’yiladigan maqsad va vazifalarga erishish, topshiriklarni ado etish demakdir.
Turizmning insoniyat faoliyatida, oila turmush sharoiti va madaniyat xamda jismoniy kamolot yo’lidagi o’rni P.Ye.Passechniy, V.G.Fadeyev (1980 y), V.P. Morgunov (1978 y), I.P.Milonov (1969 y), K.I. Vaxliyev (1983 y), R. Abdumalikov, T. Xoldorov (1988 y) kabi bir qator olimlar va mutaxassislar tomonidan atroflicha o’rganilib chiqilgan. Ularning ta’kidlashlaricha, eramizdan oldingi VI asrlarda davlatlar, xalqlar o’rtasida savdo va madaniy aloqalar keng tarakkiy etgan. Shunga ko’ra, dastlabki sayohatchilar savdo ishlari bilan aloqador bo’lgan shaxslar ekanligi shubhasizdir. Ayniqsa, qadimgi Yunon, Arab davlatlari o’rtasida savdo-sotiq ishlari ancha rivojlanganligi bizga tarixdan ma’lum. "Tarix otasi" Gerodot birinchi sayyohlardan xisoblanadi. U o’zining tarixiy asarlarida qilgan sayohatlari to’g’risida eramizning 459 yilidayoq hikoya qilgan. Shuningdek, sayohatlarning shakllanishi va rivojlanishda qadimgi greklarning ham hissasi juda katta. Chunki, ular kadimgi Olimpiya o’yinlarini tomosha qilish maqsadida uzoq-uzoqlarda Olimp shaxarchasiga sayohat qilganlar. Bundan tashkari ular sog’likni "tiklash uchun "tilsimli davo" izlab tog’, vodiy o’lkalarini kezib chiqishgan. Tarixiy manbalarga qaraganda, hatto Aleksandr Makedonskiy ham O’rta Osiyoga umrni uzaytiruvchi, insonni qayta yoshartiruvchi "tilsimli suv" qidirib kelgan.
Aristotel, Demokrat, Kvintilmon va boshqa mashxur faylasuflar o’z asarlarida tarbiya to’g’ririda gapirar ekanlar, odamlar, albatta, go’zal tabiat qo’ynida bo’lishlari, sayohat qilishlari zarurligini ta’kidlab o’tganlar.
Turizm O’rta Osiyoda qadimdan mavjud bo’lgan. Qadimgi ajdodlarimizning daryo, ko’l soxillarida, cho’lu biyobonlarda sayr qilishi, tog cho’qqilariga chiqishi, ovchilik qilganliklari xaqida bizga ko’pgina tarixiy manbalar, xalq og’zaki ijodidan ma’lum. Chunonchi Maxmud Qoshg’ariyning “Devonul lug’ati turk” asari, Abu Ali ibn Sino, Umar Xayyom, Rudakiy, Firdavsiy, Alisher Navoiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur va ko’pgina boshqa allomalarning asarlari, Shuningdek “Alpomish”, “Kuntug’mish”, “Intizor”, “Rustamxon”, “Ravshan”. “Qirq qiz” dostonlari, qirgiz xalqining “Manas” eposi va boshqa xalq og’zaki ijodi manbalarida turizmining ilk debochalari o’z aksini topgan. Afrosiyob, Teshiktosh, Dalvarzin, Sirdaryo sohillari va Toshkent atrofida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar natijasi ham yuqoridagi fikrimizni to’la tasdiqlashi mumkin. Ayniqsa bu o’rinda Zaxriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari aloxida ahamiyatga ega. Bu asarda avtorning muzlar o’lkasi Xindiqush tog’laridan Xindistonga oshib o’tish epizodi ayniqsa maroqli tasvirlangan
Umuman, qadimgi ajdodlarimiz ov qilish maqsadida uzoq - uzoqlarga safar qilganlar, tog’ va daryo yo’llarini o’rganganlar, yoshlarni qo’rqmas, botir, chidamli va chaqqon qilib tarbiyalanganlar va h.k. Ana Shularning oqibatida sayohat qilish - turizm rivojlangan va xozirgi kunimizdagi turizmning yuzaga kelishida muxim omil bo’lgan
O’zbekiston Respublikasining barcha viloyatlari bo’yicha ham turistik marshrutlar, sayohat yo’llari xaqda qo’llanmalar tayyorlangan bo’lib, piyoda yurish, tog’ turizmiga oid adabiyotlar ham mavjud. Chunonchi, V.Ratsekning “Chimyon”, “O’rta Osiyo yo’llari bo’ylab!, A.Kolbintsevning “O’zbekiston yo’llari bo’ylab”, “Fargona vodiysi bo’ylab” sayohatchi o’zbekistonlik V.Kucheryavixning “Faisk tog’lari bo’ylab sayohat marshrutlari”, R.Abdumalikovning “Sayohat sahifalari” va boshqalar Shular jumlasidandir.
Barcha elat, millat xalqlari kabi o’zbek xalqining ham madaniy taraqqiyotida turizm muxim o’rin tutmoqda. Qadimgi ajdodlarimizning tarixi, buyuk allomalar, adiblar, o’rta asr namoyondalarininng o’lmas asarlarida, o’zbek, tojik, qirg’iz, qozoq, turkman xalq og’zaki ijodida yuqorida aytib o’tilganidek, ilk turizm debochasiga asos solingandi.
O’zbekiston Respublikasi tashkil topgan dastlabki paytlardanoq xukumat qarorlari, ko’rsatmalari asosida o’quvchilarning turistik-ekskursiya ishlarini yo’lga qo’yish, aholining madaniy xordiq chiqarishi uchun dam olish zonalarini tashkil qilish ishlari jadallasha boshladi. Ayniqsa Toshkent, Samarqand, Farg’onada bu ish yaxshi yo’lga qo’yildi. Lekin yosh respublikamizda turizmni tashkil qilish ishlarini yetarli darajada amalga oshishi qiyin edi. Chunki 1924-1930 yillarda O’rta Osiyoda, xususan O’zbekiston sharoitida milliy burjuaziya qoldiqlarini tuzatish, yoshlarni o’qitish, zararli urf-odatlarga barham berish borasida katta kurash olib borish kerak edi. Lekin Shunga qaramay tibbiyot va boshqa zarur soatlar qatorida jismoniy tarbiya, sport va turizmning rivojlanishiga ham imkoniyatlar yaratildi.
Turizm fanining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Bo’lajak mutaxassis kadrlarni turizmning forma va metodlari bilan qurollantirish.
2. Talabalarda, akademik litsey, maktab, bolalar muassasalari, aholi turar joylari, maxalalarda, ishlab chiqarish korxonalarida turistik ish formalarini tashkil etish va malaqalarini xosil qilish.
3. Dasturdagi barcha materiallar bilan qurollantirish.
4. Nazariy, amaliy mashg’ulotlar va turistik poxodlarda talabalarni jismoniy chiniqtirish, turistik talablarni bajartirish.
Jismoniy tarbiya bo’yicha kadrlarni tayyorlashda talabalarga turizm bo’yicha bilim, malaka berish bilan birgalikda mexnat jamoalarida, aholi yashaydigan joylarda, ayniqsa o’quvchi yoshlar o’rtasida jismoniy tarbiya va sportni tarvig’ot va tashviqot qilish, turizmni kishilar hayotida kengroq joriy qilish usullarini o’rgatish, jamoatchilik (kollektivchilik), do’stlik ruxida yashash va ishlash, mexnatsevarlik g’oyalarini singdirish kabi muxim jarayonlarga e’tibor qaratiladi. Mana shu vazifalarga suyangan xolda talabalarning turizm bo’yicha bilim ko’nikma va malakalarin sinashda asosan quyidagilarga e’tibor beriladi:
1. Maktab o’quvchilari bilan turistik sayohatlarni uyushtirish nazariyasi va metodlari xaqida suxbat.
Bunda turizmni jismoniy tarbiya tizimidagi o’rni, uning taraqqiyoti hamda turistik ishlarning forma va metodlari yoritiladi va akademik litsey va kasb-xunar kollej hamda maktab o’quvchilarining turizmi, uning tashkiliy formalari, o’quvchilarga qo’yiladigan talablar bayon qilinadi. Talabalardan turistik sayohatlar jarayonida olib boriladigan tadbirlar, o’lkani o’rganish materiallari, topografik bilimlar, o’quvchilarni jismoniy tayyorlash va boshqa pedagogik jarayonlar xaqida to’la bilimga ega bo’lish talab etiladi. Umuman, turizmga doir barcha nazariy bilimlar mustahkamlanadi.
2. Talabalar o’quv yili davomida uyushtirilgan barcha turistik tadbirlarda bevosita qatnashishi, Shuningdek, sayohatlar davomida beriladigan barcha topshiriqlarni (navbatchi, komandir, yo’l boshlovchi, sanitar, oshpaz, komendant, xo’jalik mudiri, muxbir va h.k) bajarishi va bu borada ma’lum malaka xosil qilishi shart.
3. Barcha mashg’ulotlar va turistik sayohatlarda kundalik daftar tutish va unga eng muxim va qiziqarli voqealarni, topshiriqlarni (sayohat taassurotlari, ijro etilgan vazifalar, gimnastika mashqlari kompleksi, tabiat manzaralari, turli musobaqalar, o’simlik va xayvonat dunesi, joylarning nomi, mexnat ilg’orlari hayoti va h.k- muntazam yozib borish qo’zda tutiladi.
4. Uy vazifalarini amaliy va yozma ravishda bajarish (sxema, karta, topografik shartli belgilarni chizish va joylarning tarixini yozish, fotomontaj tayyorlash va h.k), joylarni rasmga olish.
5. Turistik sayohatlar davomida tashkil qilingan barcha musobaqa va tadbirlarda (joylarni chamalab topish, azimut bo’yicha yurish, arqonda osilib o’tish, birinchi meditsina yordami ko’rsatish, chodirni vaqtida qurish, ovqat pishirish, devoriy gazeta chiqarish, ashula yoki she’r aytish va h.k) faol qatnashish.
6. I-II kurs davomida barcha sayohatlarda faol qatnashish va normativni bajargan xolda birinchi kategoriyali turistik sayohatda (130 kilometrli masofani 6-8 kun davomida piyoda o’tish) qatnashib, piyoda yurish turizmi bo’yicha uchinchi razryad normasini bajarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |