Sayr-sayohatlar uchun shaxsiy va guruh turistik jihozlari
Sayohatlar uchun shaxsry turistik jihozlar:
1. Rygzak.
2. Turistik ko’rpa (yoki odeyal).
3. Krujka, qoshiq, kosa, pichoq, ochqich.
4. Oyoq kiyimlari (batinka, keta).
5. Sochiq, sovun, tish cho’tkasi, pasta.
6. Sport kostyumi.
7. Issiq yoki soyabonli bosh kiyimi.
8. quyoshga qarshi ko’zoynak.
9. Jun va oddiy paypoqlar.
10. Ichki kiyimlar, sviter.
11.Shtormovka (yomg’irga qarshi kostygm).
12. Yondaftarchasi, ruchka, qalamlar.
13. Fotoapparat.
14. Flyaga.
15. Ledorub (muz va qorli joylarda ishlatiladigan asbob).
16. Soat
17. Tibbiyot xaltasi.
18, Kompas.
19. Telefon xaltacha
20. Nina, ip.
21.Ustara (britva).
22. Qo’l telefoni,
Guruh (8-10 kislii) uchun ishlatiladigan turistik jihoziar:
1. Palatka (chodir) - 2-3 ta.
2. Xavfsizlikning oldini oladigan arqonlar - 30-40 m
3. Ovqat tayyorlash idishlari (qozon, cho’mich, chelak va boshqalar) - 1 -2 ta
4. Boltachalar (bolg’a, tesha) - 2-3 ta
5. Xarita yoki sxemalar -1-2 ta
6. Kompaslar - 2-3 ta
7. Poxod aptechkalari - 1-2 ta
8. Gugurtlar- 10-15 ta
9. Ta'mirlash materiallari (ip, igna, qaychi va hokazo) - 3-4 ta
10. Fonarlar, shamlar - 5-6 ta
11. Kundalik daftar (ruchka, rangli qalamlar, rezinka, olmos) - 2-3 ta
12. Durbin-l-2ta
13. Tranzistor yoki magnitofon - 1-2 ta
14. Foto va kinoapparat - 2-3 ta
15. Karabinlar - 2-3 ta
16. Kerogas - 1 ta
4-Mavzu: “Sayohatni maqsadi hamda vazifalari.”
Mavzu rejasi:
1. Sayohatni maqsadi.
2. Sayohatni tashkil qlish.
O’quv mashg’ulotining maqsadi: Sayohatni maqsadi, sayohatni tashkil qlish to’g’risida ma’lumotlarga ega qilish.
O’quv faoliyati natijalari: Sayohatni maqsadi, sayohatni tashkil qlish haqida ma’lumotlarga ega bo’lishi lozim.
O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgach, turizm sohasida muhim o'zgarishlar ro'y berdi. Ichki va tashqi turizmni rivojlantirish bo'yicha davlat doirasida maxs'us’qarorfar qabul qilindi. O’zbekistonda turizm shakllanib va rivojlanib borayotgan soha hisoblanadi.
Bu dasturda turizmning me'yoriy-huquqiy bazasi, investitsion va marketing chora-tadbirlari, ichki turizmni rivojlantirish va boshqa masalalar qamrab olingan. Ayniqsa, respublikadagi turistik resurslaming yagona kadastrini ishlab chiqish, ro'yxatga olish va tegishli mezonlar asosida turistik imkoniyatlarning iqtisodiy bahosini aniqlash muhimdir.
Muhim vazifalardan yana biri - mamlakatimizda xalqaro talablarga mos keluvchi turistik sohasidagi hisob-kitob va hisobot tizimini tubdan qayta ko’rish lozim. Statistik ma'lumotlarni amalga oshirishda, xalqaro standartlar va Jahon sayyoxlik tashkiloti tavsiyalarga javob berishi kerak.
Shuningdek, dunyoning etakchi mamlakatlarida turli tillarda O'zbekistonning turistik imkoniyatlari bo'yicha adabiyotlar, plakatlar, albomlar va boshqa reklama mahsulotiarini keng targ'ib etish lozim. Masalan. har bir turistik hududning xaritasini hisobga oladigan O'zbekiston turistik atlasini tayyorlash va nashr etish maqsadga muvofiqdir. Xalqaro turistik ko'rgazmalarda ishtirok etish vositasida esa, bu imkoniyatlar to'laroq aks ettiriladi.
O'zbekiston sharoitida turizmning yangi, noan'anaviy shakllarmi yaratish va rivojlantirish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bularga ovchilik, ayniqsa, baliq ovlash, folklor-etnografik, ekologik (milliy tabiiy bog'lar asosida) sayyohlik, agroturizm va boshqalar kiradi. Masalan, xorijiy sayyohlarining bir qismi Orol dengizi va u bilan bog’liq sharoitini ko’rish istaklarini bildirgan. Keyingi vaqtda oilaviy almashuv turizmi ham rivojlanmoqda. Bunday oilalar o’zbek milliy xonadonida yashash, urf-odati, tilini o'rganishga harakat qilishmoqda. Ular ayniqsa o'zbek milliy taomlarini xush ko'rishadi, ayrimlari qo'llariga kapgir olib osh damlash yoki boshqa ovqatlami qo'lbola qilib tayyorlash va tanavvul qilishni yoqtirishadi.
Agar avvallari ommaviy turizm uchun harakat qilingan bo'lsa, endilikda har bir sayohatchi didiga mos keluvi sharoitini yaratish kerak. quvonarli tomoni shuki, Samarqand va Buxorodagi xususiy turistik firmalar shu talabalar asosida ish yuritmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |