A) Sanoati. Energetika-qisman mamlakatning o'z resurslariga tayanadi. Kazib olinadigan ko'mir mamlakat ehtiyojini qondira olmaydi, kokslanuvchi ko'mir oz va ularning konlaridan foydalanish ham qiyin. Faqat Janubi-G'arbdagi kichikroq konlardan neft qazib chiqariladi,shu sababli Fransiya chetdan juda ko'p neft keltiradi. Tabiiy gaz mamlakatning Janubi-G'arbidan qazib olinadi,gaz mamlakatga Niderlandiya va Jazoirdan olib kelinadi.
Mamlakatda atom energetikasi tez rivojlanmoqda.
Kora metallurgiya-Lotaringiya temir rudasi hovzasidagi konlardan foydalanadi. Bu yerdagi rudaning sifati past,ammo bu kamchilikni ruda zaxirasining kattaligi va rudaning uncha chuqur joylashmaganligi qoplaydi. Mamlakatda qora metallurgiyaning ikkita asosiy rayoni bor. Bular eritiladigan cho'yan,po'lat va prokatning katta qismini beradigan Lotaringiya rayoni va chetdan keltiriladigan ruda va cho'yan bilan ishlaydigan Shimoliy rayondir. Dengiz yo'li orqali chetdan keltiriladigan temir rudasi va koks bazasida Marsel porti yaqinida va Dyunkerkda eng yirik ikkita metallurgiya kombinati bunyod etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |