Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi: Bitiruv malakaviy ishim matematik- fizika fanida muhim o’rin tutgan bo’lib, differensial va integral tenglamalar va integro- differensial tenglamalarni yechish usullariga bag’ishlangan. Talabalar bunday masalalarni yechishda qator qiyinchiliklarga duch keladilar. Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, integral tenglamani yechishga nisbatan, unga mos differensial tenglamani yechish, umuman olganda ancha murakkab. Ammo masalani tahlil qilish vaqtida ba’zi savollarni oydinlashtirish uchun berilgan integral tenglamani differensial tenglamaga aylantirish zarur bo’lib qolishi ehtimoldan holi emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |