Virusli kasalliklar
Virusli kasalliklar tabiatda keng tarqalgan bo
’lib, yer sharining istalgan
joyida ma
’lum, ular ekinlarga katta zarar yetkazadi.
Virus o
’n millionlab virus zarrachalaridan (yirik molekulalardan) iborat va
qatiy tartib bilan joylashgan kristallar hosil qilishi mumkin. Noaktav (tinim
holatidagi) virus bir necha yil davomida hayot belgilarini namoyon qilmasligi
mumkin. Tamaki mozaykasi virusi uning quruq barglarida 50 yilgacha va undan
ham uzoqnoaktiv holatda saqlanishi mumkin. U tirik hujayraga tushishi bilan
aktivlashib ketadi.
Virusning o
’z energiya manbai bo’lmasligi va u oziqni mustqqil, qayta
ishlab uzlashtira olmasligi uchun o
’zining tirikligini ta’minlay olmaydi. Uning
tarkibidagi nuklein kislota o
’simlik hujayrasiga tushib, uni «o’zi uchun ishlashga»
majbur etadi. Bunda normal hujayradagi ximiyaviy protsesslar, tormozlanadi,
virus ko
’payishi uchun zarur bo’lgan ximiyaviy protsesslar kuchayadi. Bu vaqtda
u tirik mavjudotlarning ikkita asosiy xususiyatini namoyon qiladi: u o
’ziga
o
’xshash individlar hosil qiladi va bu protsess davomida turg’un irsiy
o
’zgarishlarga,
ya
’ni mo’tatsiyaga qobiliyatli bo’ladi.
Yangi virus zarrachalari hosnl bo
’lishida virus komponentlari hujayrada
alohida-alohida sintezlanadi va shundan keyingina yetuk virus zarrasiga
to
’planadi.
Odam kasalliklarining anchasini, o
’simlik va hayvonlarning yuzlab
kasalliklarini viruslar qo
’zgatadi. Viruslar nihoyatda ko’p suyuqlikka
aralashtirilganda ham aktivligini yo
’qotmaydi, masalan, tamakining oddiy
mozaykasi virusi 109 marta suyultirilganda ham o
’simliklarni zararlash
xususiyatini yo
’qotmagan. Ayrim infektsiya davrida hujayralarda viruslar soni
juda ko
’payib ketadi. Tamaki mozaykasi bilan zararlangan tamaki bargida barg
vaznining 10% ni (quruq modda hisobida) virus tashkil etadi, 1 l o
’simlik
shirasida esa taxminan 2 g virus bo
’ladi.
Fitopatogen
viruslar.
O
’simliklarni
kasallantiradigan
viruslar
fitopatogen
viruslar
deb
ataladi
va
tarkibiga
RNK
kirishi bilan harakterlanadi; shu bilan birga hayvonlar bilan odamni
kasallantiradigan viruslarga tarkibida DNK to
’tuvchi viruslar kiradi. Fitopatogen
viruslarning yana bir xususiyati viruslarning o
’simliklarga faqat shikastlangan
joydan kirishidir.
Viruslar
o
’simliklar hujayrasiga kirib, u yerda ko’payadi
va moddalar almashinuvini bo
’zib, o’simliklarni kasallantiradi.
Virusli kasalliklarning belgilari juda o
’ziga hos bo’lib, ko’p hollarda ularni
zamburug
’ va bakteriyali kasallik belgilaridan farq qilish mumkin.
O
’simliklarning virusli kasalliklarini tashqi belgilariga qarab ikki katta gruppaga –
mozayka va sariqkasalligiga bo
’lish mumkin. Mozayka kasalligida barglar
(kamdan-kam boshqa organlar) mozaykasi ko
’zatiladi; bunda barg plastinkasining
bir qismi tiniq yashil rangini saqlaydi, boshqa qismi och yashil yoki sariq rangga
kiradi. Bunda barg olachipor, mozaykali bo
’lib ko’rinadi. Bundan tashqari,
virusli kasalliklarda barglarda halqali dog
’lar, barg (poya, meva) ayrim
qismlarining nobud bo
’lishi (nekroz) ko’zatiladi. Barg tomirlari buylab joylashgan
va
bargning
orqa
tomonndan,
ayniqsa, yaxshi ko
’rinadigan nekroz dog’lari, shtrihlar ham virusli kasalliklarga
hos xususiyatdir. Viruslar o
’simliklarda yana ham kuchli o’zgarishlar hosil qilishi
mumkin, masalan, past bo
’ylilik barglarning maydalanishi, buralishi va shaklining
o
’zgarishi, qing’ir-qiyshiqligi, gullarning ko’karishi va hoqazo.
Barg plastinkasining bo
’tunlay sarg’ayib ketishi bilan sariq kasalligi
mozaykadan farq qiladi: mozayka rangi bo
’lmaydi, bunda o’simliklarning shakli
juda o
’zgarib, past bo’yli, nihoyatda serqancha , gullari qing’ir-qiyshiq bo’lib
qoladi, gulning bir qismi bo
’tunlay rivojlanmay qoladi, boshqa qismi esa normal
rivojlanadi, tojbarglari ko
’pincha ko’karib ketadi, ba’zan gul o’rnida novda yoki
reduktsiyalangan barglar yoki yashil gul markazida haqiqiy barg halqasi hosil
bo
’ladi. Sariqtipdagi kasalliklarda o’simliklarning anatomik tuzilishi va
funktsional faoliyati qattiq bo
’zilishi ko’zatiladi.
O
’simliklar kasallanganda virus zarrachalari uning hujayralari ichida
bo
’ladi. O’simlik viruslari o’simliklar shikastlanmasdan turib hujayra ichiga kira
olmaganligi uchun virusli kasalliklarning ko
’pi tabiatda og’iz apparati sanchib-
suruvchi tipda tuzilgan hasharotlar: shira, chirildoq, qurt, trips, kalqondorlar
vositasida tarqaladi. Viruslar kanalar vositasida ham tarqalishi aniqlangan
(masalan, bugdoyning yo
’l-yo’l mozaykasi). Hasharotlarsiz yuqadigan viruslar
ham bor. Bu yo
’qishning qontakt usuli hisoblanadi. Tashuvchi hasharotlari
noma
’lum bo’lgan viruslar ham uchraydi. Masalan, tamaki mozaykasi virusi va
kartoshkaning X- virusi shira va boshqa hasharotlar bilan tarqalmaydi, lekin
mexaniqaviy yo
’l bilan oson yuqadi. Kartoshkaning X-virusi kasallangan barglar
sog
’lomlarga yaqinlashganda o’tadi. Shamol vaqtida barglar bir-biriga tegib,
asosan mikroskopik mayda tukchalar sinishi hisobiga ko
’tikula bir oz
shikastlanishi tufayli viruslar yuqadi. Ana shu shikastlangan joylardan virus
zarrachalari sog
’lom o’simliklarga o’tadi. Keyingi vaqtlarda X-virus Synchytrium
cndobioticum zamburug
’i (fikomitsetlar) orqali ham sog’lom o’simliklarga o’tishi
to
’g’risida ma’lumotlar paydo buldi.
Viruslar zararlangan o
’simliklardan olingan urug’lar orqali ham yo’qishi
mumkin. Bodringning yashil va oq mozaykasi, loviyaning oddiy mozaykasi,
pomidor mozaykasi, lyupinning qorayishi va soya mozaykasini qo
’zg’atuvchilar
ana shunday viruslarga kiradi. Mozayka kasalliklarini qo
’zg’atuvchi viruslarning
ko
’pchiligi urug’ bilan o’tishi mumkin. Viruslar tugunaklarda saqlanib, tugunaklar
orqali o
’tishi mumkin, masalan, kartoshka viruslari. Meva va sabzavot ekinlari
virusi ko
’chat bilan o’tishi mumkin.
Qancha roqda saqlanib, o
’simliklarni qancha roq orqali zararlaydigan
viruslar ham bor. Masalan, tamaki nekrozi virusi ana shunday virusdir.
Begona o
’tlar ham virus rezervatori bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Sariqtipdagi virusli ko
’p kasalliklarning begona o’tlarga bog’liqligi aniqlangan.
O
’simliklar virusli kasalliklarining rivojlanishi va tarqalishi ko’p jihatdan
tashqi sharoitga bog
’liq. Ko’pincha biror temperatura virusli kasalliklarning
mavsumiy va geografik tarqalishini belgilaydi. Temperatura infektsiya
tarqalishiga, kasallik belgilari (simptomlari) namoyon bo
’lishi harakteriga ta’sir
ko
’rsatadi. Temperatura sharoiti virus tashuvchilar soniga ta’sir etishi mumkin, bu
esa o
’z navbatida, o’simliklarning zararlanishida o’z ifodasini topadi, kasallik
belgilari harakteriga va o
’simliklarning zararlanishi darajasiga ta’sir etadi.
Tamaki temperatura mu
’tadil (10° dan yukori) bo’lganda mozayka virusi
bilan eng ko
’p zararlanadi, temperatura ortishi bilan zararlanish darajasi pasayadi,
35° da esa kasallik alomatlari (simptomlari) yashirin holatda bo
’ladi.
Temperaturaga qarab simptomlar turi ham o
’zgarishi mumkin.
Yorug
’lik ta’siri ham simptomlar namoyon bo’lishida o’z ifodasini topishi
mumkin. Odatda, sust yorug
’lik tamaki nekrozi virusiga ta’sir etib, nekroz avj olib
ketishiga sabab bo
’ladi. Natijada tamaki barglari ko’rib qoladi. Ba’zi virusli
kasalliklarda ko
’zatiladigan mavsumiy rivojlanish ko’pincha yorug’lik kuchining
har xilligiga bog
’liq. Yorug’lik zararlanish intensivligiga, uning rivojlanishiga,
uning
asari
sifatida
viruslar o
’simliklarga keltiradigan zararning kam-ko’pligiga ta’sir etadi.
Virusli kasalliklarga qarshi ko
’rashda oldini olish choralari asosiy
ahamiyatga ega. Bunda sog
’lom ko’chat va urug’ yetishtirishga va foydalanishga
alohida ahamiyat berish kerak. Viruslar begona o
’tlarda saqlanganligi uchun bu
o
’tlarni albatta yo’qotish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |