MIKROORGANIZMLAR SISTEMATIKASI
Zamonaviy klassifikatsiya mikroorganizmlarni atroflicha o
’rganib, ularning
barcha xususiyatlarini bilishni taqazo etadi. Buning uchun mikroorganizmlarining
tashqi va ichki strukturalari, fiziologo
— biokimyoviy xususiyatlari,
mikroorganizmlarini yuzaga keltiradigan jarayonlarini bilish zarur bo
’lib ularning
quyidagi xususiyatlari asos qilib olinadi:
1. SHakli va o
’lchami;
2. Harakati (xivchinlarining bor
— yo’qligi va joylanishi);
3. Kapsulasi;
4. Endospora hosil qilishi;
5. Gram usulida bo
’yalishi;
6. Modda almashishi;
7. Energiya olish;
8. Tashqi muhtni o
’zgartirishi;
9. Tashqi muhtning mikroorganizmga ta
’siri.
Mikrobiologiyaning rivojlanishi mikroorganizmlar tavsifini yanada
chuqurroq bilishni talab etdi. SHu vaqtgacha fenotip xususiyatlari asosiy
hisoblangan bo
’lsa, endi genotip xususiyatlarini ham o’rganish kerak buldi va
molekulyar biologiya erishgan yutuqlar bunga imkoniyat yaratdi, ya
’ni 1)
mikroorganizm nuklein kislotasining nukleotid tarkibi, purin va pirimidin
asoslarining bir
—birlariga bo’lgan nisbatlari o’rganiladi va shu asosda ikki guruh
mikroorganizmlar farqlari aniqlanadi.
2) ikki guruhga mansub mikroorganizm nuklein kislotalarini bir
—birlari
bilan gibridlab, ular orasidagi nukleotid gomologiyasi (uxshashligi) o
’rganiladi.
Agar, nuklein kislota tarkibi 80
— 90% ga gomologiya bo’lsa, o’rganilayotgan
mikroorganizmlar yakin "karindosh", gomologligi 50% dan kam bo
’lsa
mikroorganizmlar uzok "qarindosh" hisoblanadi.
Mikroorganizm xususiyatlari aniq o
’rganilgandan so’ng, unga K. Linney
taklif qilgan binominal nomenklatura talabi kabi ikki lotin atamasidan tashkil
topgan ilmiy nom beriladi.
Birinchi atama
— avlod nomini belgilab, mikroorganizm morfologiyasi
yoki fiziologiyasi yoki shu avlodni kashf ztgan olimning ismi-sharifi yoki ajratib
olingan muhtni ifodalaydi.
Ikkinchi so
’z esa kichik harfda yozilib mikroorganizmni koloniyasining
rangi, kelib
— chiqish manbaini, yoki shu mikroorganizm yuzaga keltiradigan
jarayon yoki kasallikni yoki boshqa farqlovchi belgilarni bildiradi. Masalan,
Bacillus albus. Birinchi so
’z — Bacillus - spora hosil tayoqcha, Gram musbat kabi
xususiyatlarni anglatsa, ikkinchi so
’z - albus - koloniya rangining oq ekanligini
bildiradi (albus- o).
Mikroorganizmlarga 1980 yil 1 yanvarda Halqaro bakteriya nomenklaturasi
kodeksi koidalariga asosan nom beriladigan bo
’ldi. Mikroorganizmlarni yakin
belgilariga qarab guruhlash uchun tur (species), avlod (genus), oila (familia),
tartib (ordo), sinf (classis), bo
’lim (divisio), saltanat yoki odam (regnum) kabi
taksonomiya kategoriyalari ishlatiladi.
Tur deb, fenotipik o
’xshashlikga ega bo’lgan bir genotipga mansub
individlar yiggindisini bildiruvchi taksonomik birlikga aytiladi. Ular kichik tur va
variantlarga bo
’linadi.
Mikrobiologiyada shtamm va klon kabi terminlar ham ishlatilib shtamm
deganda har xil tabiiy muhitdan (suv havzasi, tuproq va hokazo) yoki bir muhtdan
har xil muddatda ajratilgan yoki har xil ekologik muhit yoki geografik xududdan
ajratib olingan bir turga kiruvchi mikroorganizmlar guruhi tushuniladi.
Klon
— bir hujayradan olingan mikroorganizm kulturasidir.
Bir turga kiruvchi individlarning tuplami
— (populyatsiyasi) toza kultura
deyiladi. Mikrobiologiya, mikroorganizmlar evolyutsiyasi va filogeniyasi haqida
ma
’lumot yetarli bo’lmaganligi sababli, yuqori o’simliklar va hayvonlar singari,
tabiiy sistematikaga ega emas.
SHuning uchun ham, Mikroorganizmlarni sistematikasi sun
’iy
bo
’lib mikroorganizmlarni tashhis qilish va ularni identifikatsiya qilish uchun
xizmat tayoqcha aniqlagich vazifasini bajardi. Quyida biz, D.X.Bergining 1984
yilda 9 martda nashr etilgan "Bakteriyalar aniqlagichi" da keltirilgan eng muhim
mikroorganizmlarining qisqacha tavsifini Mishustin (1987) tarifi buyicha
keltiramiz.
Aniqlagichda jami mikroorganizmlar Procariotae dunyosiga birlashtirilib, u
o
’z navbatida turt bo’limga, bo’limlar esa sinflarga, tartiblarga, oilalarga,
avlodlarga va turlarga Bulinadi.
Mikroorganizmlar asosan, hujayra devorining bor-yo
’qligi va ularning
turiga qarab bo
’limlarga, sinf va undan mayda (kichik) taksonomik birliklar esa
mikroorganizmlarning
morfologiya,
fiziologo
— biokimyoviy belgilari
yiggindisiga qarab Bulingan.
Bergi Procariotae dunyosini to
’rtta bo’limga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |