BAKTERIOFAGNING TARQALISHI VA UNI AJRATIB OLISH
USULLARI
Bakteriofag tabiatda keng tarqalgan bo
’lib, bakteriyalar bor joyda uchraydi.
Bakteriofag chiqindi suvda, arik, daryo, kuduk, anxor suvlarida, ko
’l va
dengizlarda juda ko
’p uchraydi. So’nggi vaqtlarda har turli patogenli mikroblarga
qarshilik ko
’rsatadigan bakteriofag topilgan.
Bakteriofag odam va hayvonlar ichagida ham doimo bo
’ladi. Kasal odam
va hayvonlarning qonida, balgamida, yiringida ham bakteriofag bo
’ladi. Kasal
odam va hayvon sogayganda ularning organizmida fag juda ham ko
’paygan
bo
’ladi va uni bu davrda osonlik bilan topish mumkin. Bakteriofag so’tda va
pishloqda ham uchraydi. Kasal organizmdan topilgan patogenli mikrobning
kulturasi bir necha yil muzda saqlansa, bora-bora bunday kulturada ham
bakteriofag paydo bo
’ladi. Umuman kaerda mikrob bo’lsa usha yerda fag ham
topilishi mumkin.
Bakteriofagni tashqi muhitdagi turli ob
’ektlardan — qancha roq, suv, odam
yoki hayvon chiqindilaridan (najas, siydik, yiring, balgam va boshqalar) ajratib
olish mumkin. Ko
’pincha oqar suvlarni odatdagi bakterial filtrlardan o’tkazish
yo
’li bilan ham bakteriofagni ajratib olsa bo’ladi. Erigan bakteriyalarning
bulondagi kulturalarini filtrlash yo
’li bilan bakteriofag tayyorlanadi. So’ngra
filtrat tekshirilib, fagning ta
’sir etishi aniqlanadi.
Bakteriofagni spetsifiklik xususiyatiga asoslangan holda aniqlash mumkin.
Buning uchun bakteriofag ajratib olinadigan material (najas, siydik, yiring) avval
bulon yoki peptonli suvga eqiladi va 37° issiqda 24 soat davomida ustiriladi. Shu
bulonda aralash kultura o
’sib chiqadi. So’ngra shu aralash kultura filtrlanib, undan
3
—4 tomchisini bulonda usgan mikrob kulturasiga aralashtirib 24 soat
termostatga qo
’yib tekshiriladi. Masalan, agar filtratda bakteriofag bo’lsa,
bulondagi kultura tiniklanib qoladi, bu esa fag ta
’sirida kultura lizisga uchraganini
bildiradi va tekshiriladigan materialda bakteriofag borligidan darak beradi.
Tekshiriladigan materialda bakteriofag borligini zich oziqli muhitda ham
aniqlash mumkin. Buning uchun Petri kosachasidagi zich oziqli muhitga mikrob
eqiladi, so
’ngra zich oziqning betiga tekshirilayotgan materialning filtratidan 1—2
tomchi tomizilib bir oz kiya qilib qo
’yilsa, oziq betiga tomizilgan filtrat bir
tomonga oqib boradi. So
’ngra kosacha 16—18 soat termostatga qo’yiladi, shu
vaqtda mikroblar usadi. Tekshirilayotgan materialning tomchilari oqib o
’tgan
joyda mikrob o
’smasdan koloniya hosil qilmagan bo’lsa, yoki oziq muhitining
betida to
’tash sterill joylar hosil bo’lsa, bu tekshirilayotgan, materialda fag
borligini ko
’rsatadi. Agar tekshirilayotgan materialda fag bo’lmasa, oziq
muhitining hamma yerida mikroblar rivojlanib koloniyalar hosil qiladi.
Tekshiriladigan patologik material qon yoki boshqa sterillangan holda
olingan narsalardan iborat bo
’lib, ularda fag borligini bilish uchun u materialning
filtrlanmagan 3
—4 tomchisi ma’lum mikrob kulturasiga aralashtirilib sinab
kurilsa, fagning bor-yo
’qligi tezda aniqlanadi.
Bakteriofagning sof kulturasini ajratish uchun agarning sterillangan joylari
kirib olinib, muljallangan mikrob turining yosh kulturasi bilan aralashtiriladi.
Laboratoriya sharoitida tayyorlangan bakteriofag bakterial filtrlardan o
’tkazilgan
tegishli bakteriya turining bulonda erigan kulturasidir. Bunday filtratda fag va
bakteriya hujayrasining erigan elementlari bo
’ladi va ular sariq bo’ladi. Ular
flaqon yoki ampulaga qo
’yilib, ogzi maxkam berkitiladi.
Bakteriofagning aktivligini tekshirish uchun uni titrlash (ya
’ni kuchini
aniqlash) kerak. Fagning titri ikki usul bilan aniqlanadi.
1. Appelman usuli. Bunda fag zarrachalarining ko
’p-ozligini aniqlash
uchun fag suyultirilib tekshiriladi. Buning uchun bakteriofagni suyuqlik 1:10;
1:100 nisbatdan to 1:10
—10-10 nisbatgacha va undan ham ko’p qilib
suyultiriladi. So
’ngra suyultirilgan suyuqlikning har biridan 0,1 ml olib, u suyuq
oziqdagi mikrob kulturasiga aralashtiriladi. Shundan keyin probirkalar ter-
mostatga 12
—13 soat qo’yiladi, so’ng qaysi probirkada kulturalar lizis bo’lgani
hisobga olinadi. Eng ko
’p darajada suyultirilgan faglik va lizis yuz bergan
probirkani topish kerak. So
’nggi probirkadagi suyuqlikda fag qancha marta
suyultirilgan bo
’lsa, bakteriofagning titri shunga barobar bo’ladi. Bu kulturaning
bir millilitrida 250 mln mikrob hujayrasi bo
’lishi kerak.
2. Zich oziqda fagning titrini aniqlash. Tekshirilayotgan materialning filtrati
10-1 dan to 10-10 nisbatgacha suyultiriladi. Petri kosachasiga zich oziqli muhit
qo
’yiladi, u kotgandan so’ng kosachaning ostidan kalam bilan chizib, u 10—12
bulimga bo
’linadi. Keyin Petri kosachasidagi oziqning satxiga yosh (12—18
soatli) kulturadan eqiladi. Shundan keyin tekshirilayotgan filtratdan kosachadagi
agarning birinchi bulimiga filtratning 10-1 nisbatda suyultirgani, ikkinchisiga 10-
2 nisbatda suyultirilgani, uchinchisiga 10-3 va qolgan bulimlariga ham shunday
oshirib suyultirilgan filtratdan bir tomchidan tomizilib, 10-10 nisbat
suyultirilgangacha yetkaziladi. Taxminan 18 soat davomida shu tomchilar tekkan
oziqning ustida «sterill» joylar hosil bo
’ladi va u yerda fagning ta’siri natijasida
ayrim bulimlarda mikrob o
’smaganini ko’rish mumkin. Filtrat juda ko’p suyulti-
rilgan bo
’limlarida fagning kuchi yetmay mikrob o’sishi mumkin. Qaysi bo’limda
mikrob usa boshlasa, shunga qarab fagning titri aniqlanadi. Umuman ko
’pchilik
bakteriofaglarning titri 10-8 ga boradi. Bakteriofag uz titrini 2,5 yilgacha saqlaydi.
Ba
’zan bakteriofagning titri past, kuchsiz bo’lsa uni o’ziga mos keladigan
bakteriyada bir necha marta ko
’chirib ekib kuchini oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |