reglamentlashtirilgan minimal vaqt ichida katta kuchlanishga erishish qobiliyatini
73
bildiradi. Bu kuchni voleybolchilar sakrashda, to
’p kiritishda, zarbli urushda, to’siq
qo
’yishda konkret amalga oshiradilar. Shuningdek «portlovchi» kuchning darajasi
mushakning reaktiv qobiliyatiga bog
’liq bo’ladi. Ishlayotgan mushaklar zarba bilan
mexanik cho
’zilgandan keyinroq muskul qisqarishi yordamida katta harakat
kuchlanish xosil bo
’ladi. Qo’zg’algan mushaklarning elastik o’zgarishni
chiqaradigan dastlabki cho
’zilish ularda kinetik energiyani o’ziga olishi tufayli
bo
’ladigan ayrim kuchlanish potenstialining jamg’arilishini ta’minlab beradi
.
Sport
mashg
’ulotlarida muskullar o’z uzunligini o’zgartirmasdan (statik, izometrik rejim)
va o
’z uzunligini qisqartirgan xolatda kuch ko’rsatadi. Mushaklar cho’zilganda
ustun keladigan va to
’siqsiz rejimlar birgalashib “dinamik rejim” tushunchasini
xosil qiladi.
Kuchni tarbiyalash jarayonida kuch qobiliyatlarining barcha turlarini
rivojlantirish kerak
.
Kuchni og
’irlikdan foydalanish xarakteri bo’yicha
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarni ikki guruhga bo
’lish mumkin:tashqi
og
’irlanish yoki qarshilanish va o’z og’irligi yoki badanining qisman og’irligi
orqali bajariladigan mashqlar. Mashqlarning birinchi guruhi voleybolchining
muskullarini
rivojlantirishda
katta
imkoniyat
yaratadi.Og
’irlanishlar va
qarshiliklardan (gantellar, yadrolar, tuldirma to
’plar, og’ir toshlar, shtanga,
raqibning og
’irligini va qarshiligini engish, espanderlar va hakozo) keng ko’lamda
foydalanish va ularning turli - tumanligi mashg
’ulot nagruzkasining xajmi va
intensivligini belgilab berishga imkoniyat yaratadi. Bunday kerakli mashqlar
muskullar guruhining rivojlanishiga qaratilgan bo
’lib u sportchini tezda katta
kuchlanishlardan to
’liq bo’shatish qobiliyatiga o’rgatishga yordam beradi. Shu
bilan birgalikda sherigi tomonidan ko
’rsatilgan har xil qarshiliklar orqali
bajariladigan mashqlar sportchilarda katta iroda kuchni talab qiladi. Negaki ular
faqat kuchdangina musobaqalashib qolmasdan, shu kuchdan oliy darajada
foydalana olishda ham baxslashadilar.
Ikkinchi guruh uchun o
’ziga xos xususiyat, bu snaryadda bajariladigan
gimnastik mashqlar, arqonga chiqish, o
’z vaznini kuch bilan ko’tarish, o’tirish -
turishlar, oyoqlar tizzalari yarim bukilgan xolatda yurish va hakozolar hisoblanadi.
74
O
’z og’irligiga qarshilanish orqali bajariladigan mashqlar o’yinchilar uchun asta-
sekin bajarishdan tez bajarishga oddiydan murakkabga o
’tishga imkoniyat yaratadi.
Bu mashqlarni bajarishda muskul guruhlari ishga qanchalik kam jalb qilingan
bo
’lsa, badanning siljish yo’li kanchalik qisqa bo’lsa va badanning kamrok qismi
og
’irlik bo’lib qarshilansa, ularni shunchalik ko’p takrorlash lozim. Oyoq va tana
kuchini rivojlantirish uchun katta kuchlanish bilan bosqichma-bosqich oshib
boruvchi rejimda bajariladigan mashqlar samarali mashqlar hisoblanadi. Ana
shunday mashqlardan biri - elkaga qo
’yilgan shtanga bilan o’tirib turish tipik
mashqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: