ERKIN VOHIDOV IJODIDA MUMTOZ SHE`RIYAT AN`ANALARI
IFODASI
Azamat FAYZULLAYEV,
1-bosqich talabasi (Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti)
Ma`lumki, Erkin Vohidov ko‗p asrlik mumtoz she`riyatimiz an`analarini
munosib ravishda davom ettirgan va bunga o‗ziga xos tarzda sayqal bera bilgan
ijodkorlardan. Shoirning ―Yoshlik devoni‖ tarkibiga kiruvchi ko‗plab g‗azal
shaklidagi she`rlarida mumtoz lirikamizda ahamiyatli bo‗lgan jihatlar ifodasi va
ayrim holatlarga takomilini ko‗rish mumkin.
―Yoshlik devoni‖ yana shu jihatdan ahamiyatliki, undagi g‗azallar shakl
bobida an`anaviylik va novatorlik xususida keng bahs yuritish, tadqiqotlar olib
borish uchun imkon beradi‖ [2, 444].
She`riyatning an`anaviy mavzularidan sanalgan muhabbat lirikasi mumtoz
ash‘orlarda ma‘shuqaning ta‘rifidagi mubolag‗aviy ta‘rifu tavsifning ustunligi
bilan ajralib turgan. Bunda shoirdan noyob zehn va o‗zgacha mushohadakorlik
talab etilgan. Ya`ni shoir yor ta‘rifida hech kimnikiga o‗xshamagan biror tashbeh
yoki boshqa tasvir vositasidan o‗rinli foydalana olishi talab etilgan. Xuddi shunday
topqirlik va novatorlik Erkin Vohidov she`rlarida ham ko‗plab uchraydi. Xususan,
shoirning ―Taroq‖ deb nomlangan she`rida Ma`shuqaning sochiga tegayotgan
taroq oshiq tomonidan o‗zining kipriklariga o‗xshatiladi.
Ul taroq ermas sochingda,
Balki yoshli kiprigim,
Yo‗qsa, ne boiski, zulfing
Shuncha ardoqlar taroq [1, 117].
193
Ya`ni, avaylanib taralayotgan sochdagi jism taroq emas, balki oshiqning yoshli
kipriklari, ya`ni ko‗zyosh ko‗p to‗kkanidan nam bo‗lgan kipriklar ham xayolan
yorining biror xizmatini qilayotganligidan baxtiyor, ham uni payqamasliklari va bu
baxtdan mosuvo qilmasliklari uchun o‗ziga diqqatni jalb etmoqchi emas.
Taroq mavzusi yana bir ―Tong g‗azali‖ nomli she`rida o‗zgacha shaklda
namoyon bo‗lgan:
Shafaq ko‗zgusida
O‗z husniga oshiq bo‗lib boqmish
Va tog‗larni taroq aylab,
Quyosh sochin taroqlabdur [1, 109].
Bu erda tong otayotgandagi o‗zgacha shukuhli manzara namoyonini ko‗rish
mumkin. Ya`ni shaffof holatdagi shafaq ko‗zgusida o‗z husnini ko‗rayotgan tong
o‗ziga o‗zi oshiq bo‗lib, yanada ko‗rkam ko‗rinish uchun tog‗larni quyoshning
yoyilgan sochlari (nurlari) uchun taroq vazifasida qo‗llab, shular bilan uni
taroqlayotganligi tavsiflangan.
―Dilda ishq daryochadir...‖ she`rida lirik qahramon bo‗lgan oshiq yigit
ma‘shuqasini ta‘riflar ekan, mumtoz an`analarga xos mubolag‗aviy tavsif keltiradi:
Voh, ajab nomingni aytsam
Lol bo‗lur til ham ko‗ngil,
She`r ipi nogoh qalamning
Ignasidan qochadur [1, 110].
Ma`shuqaning ismi tilga kelganda, oshiqning uzvlari bo‗lgan til va ko‗ngul
hayronu lol bo‗lib, tang holatga tushadilar. She`r ipining qalam ignasidan qochishi
– bu oshiqdagi kuchli ishq tufayli yuzaga kelgan ruhiy holatning ifodasi bo‗lib,
ignaga ip o‗tkazish, ya`ni yaxshi bir she`r yozishga qo‗li bormaslik, hech ham
ko‗ngidagi ishq o‗tini so‗z bilan bayon qila olmay ojiz qolish holatining ifodasi
uchun qo‗llangan. ―She`r ipi‖ istiorasi yozilajak ash‘or ma`nosida bo‗lsa,
―qalamning ignasi‖ istiorasi esa yozishga chog‗langan qo‗l yoki shoirning ishga
kirishishi ma`nosida qo‗llanilgan.
―Tola soch‖ she`rida shoir tola soch detalidan foydalanib, ma‘shuqaning
tavsifidagi mubolag‗aviy tasvirlarni aks ettira olgan:
Tola-tola sochlaringdan
Dil yo‗qotmish tinchini,
Yo bu tolang dil qushiga
Qil tuzoq monandimu? [1, 112].
deyish orqali ma‘shuqaning sochlari tolalari oshiqning ma‘shuqa atrofida parvoz
qilayotgan ―dil qushi‖ga qo‗yilgan qil-tuzoq, ya`ni ko‗rinmas, lekin o‗ta
mustahkam tuzoq vazifasini o‗tayotganligini bildirish orqali oshiq unga asir
ekanligiga iqror bo‗ladi.
―Quyosh‖ nomli she`rida shoir oftobday go‗zal ma`shuqaning tavsifini aks
ettirayotir uning go‗zalligiga oid mubolag‗aviy tasvirlar qatorida o‗zning
oshiqlikdagi nochor va abgor holati ifodasidan ham she`rning ta`sirchanligini
oshirishda unumli foydalanadi.
Deydilar, ishq otashidan
194
Oftob ham taft olur;
Gar isinmoq istasa
Qalbimga jo bo‗lsin quyosh [1, 115].
Bunda oshiqning ishqi olovi taftidan issiqlikni quyosh ham oladi, ya`ni oshiqlik
alangasi quyoshnikidan o‗n chandon kuchliroq bo‗lganidan oftob undan issiqlik
olib, keyin olamga taratadi. Bu holatda isinishni istgan quyosh uchun oshiqning
qalbidagi harorat ayni muddao bo‗lishi xususida so‗z bormoqda. Bundan g‗uluvv
darajasidagi mubolag‗aviy tasvir mumtoz g‗azalchiligimizga xos an`analar
sirasidan.
―Hijron yuki‖ she`rida lirik qahramon bo‗lgan oshiq holati uchun yana
mubolag‗adan foydalaniladi:
Lahzai hijron yukiga
Bistun ukparchadur,
Bir qadoqlik toshcha kelmas
Er bilan osmon yuki [1, 85].
Bunda oshiqning hijronning birgina lahzasi holatidagi qalb iztirobi, uning zalvori
oldida mahobatli Bistun tog‗ining zalvori hech narasa emasligini aytig orqali oshiq
o‗zining og‗ir axvolini bayon qiladi.
Mumtoz she`riyatga xos an`analar faqat oshiq holatidagi mubolag‗aviy
tavsiflar yoki ma‘shuqa tasviriga yangicha yondashuv bilangina cheklanib
qolmasdan, balki tasvir vositalarining va badiiy san`atlarning mumtoz an`analarga
xos tarzda qo‗llanganligi bilan ham ajralib turadi.
Men bo‗lay jondin judo
Bo‗lguncha jonondin judo,
Ne kerak jon, ezsa jonim
Bir umr armon yuki [1, 85].
Ushbu misralarda alliteratsiya usuli va ishtiqoq san`ati, istiora kabilaridan unumli
foydalanilgan. ―J‖ harfi bilan boshlanuvchi so‗zlarning ketma-ketlikda kelishi
undosh tovushlar uyg‗unligini hosil qilgan bo‗lsa, ―jondin‖, ―jonondin‖, ―jon‖,
―jonim‖ so‗zlaridagi o‗zakdosh so‗zlar ishtiqoqni yuzaga keltirgan.
―Samar bo‗lg‗ay‖ g‗azalidagi quyidagi misralarda talmeh san`atidan unumli
foydalanilganligini ko‗rish mumkin:
Tirilsa nogahon Farhod,
Yuzingni ko‗rsa ko‗zguda,
Kechib Shirinidin yuz yil
Ko‗yingda darbadar bo‗lg‗ay [1, 84].
Ya`ni Farhod o‗z Shirinini emas, ko‗zguda lirik qahramonning ma`shuqasining
aksini ko‗rib qolganida, Shirinni esdan chiqarib, bu ma‘shuqa ko‗yida yuz yil
sargardon kezgan bo‗lishini tasavvur qilish orqali o‗zining ham uning ko‗yidagi
abgor holatidan voqif etmoqchi bo‗lyapti.
―Uzum‖ she`rida shoir tashxis san`atidan o‗rinli va o‗ziga xos foydalana
bilgan. Ya`ni shabnamli yaproq ostidan ma‘shuqaning lablariga etmoq va undan
shirinlikni o‗g‗irlamoq maqsadida o‗g‗rincha mo‗ralayotgan va giryon holatdagi
195
uzumni ta‘riflay turib, uni zangi (habashning) bo‗yniga osilgan marjonga ham
o‗xshatadi:
Oftob mashshotasi
Tok sochini nurdan tarab
Zangining bo‗yniga osmish
Shodai marjon uzum [1, 91].
―Oftob mashshotasi‖ istiorasi uning nurlari ma`nosida tashxislanmoqda. ―zang‖
so‗zi ham uzumning gajak shaklidagi tana qismi, ham jonlantirish ma`nosidagi
qora yoki quyuq shakli ma`nosida qo‗llanilgan.
Xulosa qilganimizda, Erkin Vohidov o‗zbek mumtoz she`riyatining munosib
davomchisi sifatida milliy adabiyotimizda o‗z o‗rniga ega. Uning mumtoz
lirikaning an`analariga sodiqligi va ularni kerak darajada takomillashtira bilganligi,
g‗azalchilikka xos bo‗lgan mubolag‗aviy tasvirdagi o‗zgacha poetik
mushohadakorlikda va she`riy san`atlardan unumli foydalanganligida ko‗rinadi.
Undagi o‗zgachalik ko‗proq oshiq holati ifodasi uchun mubolag‗adan
foydalanganligi bilan alohida ahamiyat kasb etgan. Shunga ko‗ra ham Erkin
Vohidov g‗azaliyoti originallik kasb etgan she`riyat namunasi sifatida
baholanganligi yana bir bor yuqoridagi tahlillar orqali o‗z isbotini topdi va shunday
bo‗lib qoladi.
Adabiyotlar:
1.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet.
2.
Karimov N. va boshqalar. XX asr o‗zbek adabiyoti tarixi. – T.: O‗qituvchi, 1999. –
542 bet.
3.
Muhammad Ali. She`riyatimizning porloq yulduzi. (E.Vohidov Saylanmasiga
so‗zyuoshi). –T., Sharq, 2016. 5-10- betlar.
4.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy
uyi. 2018. – 504 bet.
Do'stlaringiz bilan baham: |