O‗zbek tilida takrorlar ma`lum bir sistemani tashkil qiladi: fonetik takror,
leksik takror, morfologik takror, sintaktik takror. Takror, asosan, badiiy nutqqa xos
sintaktik-stilistik ifoda usullaridan biridir.Takror badiiy adabiyotda keng tarqalgan,
eng qadimiy stilistik ifoda bo‗lib, so‗z ustalari undan tasvirlanayotgan obyektga
bo‗lgan subyektiv munosabatlarni ifodalash, unga baho berish, tinglovchi yoki
o‗quvchining diqqatini tortish maqsadida foydalanadilar.
Takrorlarning
so‗z
ustasi
quroli
sifatidagi
ahamiyatiga,
dastlab,
ko‗hnaYunoniston ritorlari e‘tabor berishgan. Antik notiqlardan biri Kvintilian
takrorlarga aniq ta‘rif berib shunday fikrni aytib o‗tgan: ―Bir so‗zni takroran
qo‗llash tinglovchiga katta ta`sir etib, xuddi dushmanga nayza bilan ta`sir
o‗tkazganday bo‗ladi‖ [1, 163].
Do'stlaringiz bilan baham: |