147
Istayman, botmasa shu rangin quyosh.
Akaning singilga achinganiday
Inson inson uchun to‗ka olsa yosh.
Ona xalq baxti deb har vaqt, har qachon,
Istayman, bir safda tursa odamlar‖[4, 65].
Abdulla Oripov she`riyati falsafiylikka nihoyatda boy she`riyatdir. Uning
she`rlarida hechbir shoir ijodida uchramaydigan kuchli mantiqni uchratishimiz
mumkin. Ushbu satrlarni o‗qishimiz bilanoq shoirning alohidaligi, o‗zgacha
misralari darhol diqqatimizni tortadi. Qoralikni yo‗qolishi, quyoshni so‗nmasligi,
xalq uchun hammani bir safda turishi kabi fikrlarni boshqa ijodkorlar ijodida ham
uchratish mumkindir, ammo:
―Akaning singilga achinganiday
Inson inson uchun to‗ka olsa yosh‖.
Ushbu fikrni, ushbu mantiqni boshqa hech qayerda uchratmaymiz. Shoir
nega aynan aka-singil munosabatini tanlab oldi? Ota- ona va farzand, aka-uka, opa-
singil yoki opa-uka emas, aynan aka-singil tuyg‗ulariga to‗xtaldi? Mana bu haqiqiy
mantiq. She`rni ravon o‗qib ketayotgan kitobxonni bir to‗xtashga, nimalargadir
iqror bo‗lishga majbur qiladi. Buni har bir kitobxon o‗z holicha tushunadi. Ehtimol
aka – singil – himoyachi va ojizalik bordir bu yerda. Abdulla Oripov she`rlarida
bunday falsafiy ma`no yuklangan satrlarni ko‗plab uchratish mumkin. Uning
she`rlarini har o‗qiganingizda yangidan yangi qirralarini kashf etaverasiz.
Adabiyot rivoji uchun ijodkorlarning mehnati kamlik qiladi. Buning uchun
qanchadan qancha adabiyotshunoslarning ham peshona terlari zarur. Adabiyot
sohasi ham madaniy, ham ilmiy sohadir. Undan ham bilim, ham madaniy hordiq
olamiz. Adabiyotshunoslik sohasida peshqadam bo‗lgan, ijodkorlar va ularning
asarlarini
ilmiy
o‗rganib, ko‗plab yangiliklar qilgan adabiyotshunos
olimlarimizdan biri Begali Qosimovdir. Begali Qosimovning adabiyotshunoslik
rivojidagi xizmatlari beqiyosdir. Begali Qosimov jadid adabiyotini mukammal
o‗rgangan, zamonaviy adabiyot haqida dolzarb fikrlar bildirgan, matnshunoslik va
manbashunoslik sohalarida, darsliklar yaratishda faol ishtirok etgan –
adabiyotshunoslikning sohalarida sertarmoq faoliyat yuritgan olim edi.
―Begali Qosimov chavandoz, voleybolchi, odamoxun inson edi. Uning
tabiatida chapdastlik bor edi. U ilmda o‗zi bilan yonma-yon borayotgan odamga
tan berardi. Bordiyu yonidagi odam xom, chala, g‗irromroq bo‗lsa, Begali ayab
o‗tirmasdi, tishli – tirnoqli maqola bilan raqibi surobini to‗g‗irlab qo‗yardi‖ [5, 80-
81], - deya e`tirof etgan edi filologiya fanlari nomzodi, dotsent Umurzoq
O‗ljaboyev o‗z xotiralarida olimni.
Mana shunday ijodkor va olimlarimizning borligi adabiyotimizning eng
katta yutuqlaridandir. Chunki ular adabiyot rivojini ta‘minlab beruvchi omillar,
adabiyotning tayanch ustunlaridandir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.Cho‗lpon. Adabiyot nadur? – T.: Sharq, 2003.
2.
Erkin Vohidov. Saylanma (2-jild) She`r dunyosi – T.: Sharq, 2001 , 14-bet.
3.
Begali qosimov. Adabiy-tarixiy jarayon (3-jild) – T., 2017, 50-bet.
148
4.
Abdulla Oripov. Tanlangan asarlar (1-Jild) – T.: G‗afur G‗ulom nomidagi
Adabiyot va san`at nashriyoti, 2000.
5.
Umurzoq O‗ljaboyev. Inson bilan tirikdir inson. – Guliston, 2012.
Do'stlaringiz bilan baham: