Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


NAZMI NAVOLI, NAVOBAXSH SHOIR



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

NAZMI NAVOLI, NAVOBAXSH SHOIR 

Dilfuza QOSIMOVA,  

6-maktab o„qituvchisi (Guliston)  

 


167 

 

Atoqli  shoir  Erkin  Vohidov  1936-yil  28-dekabrda  Farg‗ona  viloyatining 



Oltiariq  tumanida  muallim  oilasida  tug‗ilgan.  Shoir  G‗ayratiy  tomonidan 

O‗quvchilar saroyida tashkil etilgan adabiy to‗garakka qatnashib, adabiyot sirlarini 

o‗rganadi.  O‗n  besh-o‗n  olti  yoshlaridanoq  ancha  pishiq  she`rlar  yoza  boshlaydi. 

Buyuk  ijodkorlarning  asarlarini  berilib  o‗qish,  ulardan  badiiy  mahorat  sirlarini, 

so‗zga  mas`uliyat  hissini,  soddalik  va  ravonlikni  o‗zlashtirishida  muhim  omil 

bo‗ldi.  Shuning  uchun  ham  uning  ―Tong  lavhasi‖,  ―Kamtarlik  haqida‖,  ―Buloq‖, 

―Sevgi‖,  ―Ona  tuproq‖  kabi  qator  she`rlaridagi  chuqur  ma`no  go‗zal  ifodalar, 

ajoyib  tasvirlar  bilan  uyg‗unlashib  ketgan.  Masalan,  shoir  turmushdagi  oddiygina 

holatdan-choy suzilayotganda choynakning piyolaga ―egilishi‖, choy ichayotganda 

inson piyolaning peshonasidan ―o‗pishi‖dan ajoyib she`r yaratadi:  

Garchi shuncha mag‗rur tursa ham

Piyolaga egilar choynak. 

Shunday ekan, manmanlik nechun, 

Kibr-u havo nimaga kerak? 

Kamtarin bo‗l, hatto bir qadam 

O‗tma g‗urur ostonasidan 

Piyolani inson shuning-chun 

O‗par doim peshonasidan. 

E.Vohidov ellik yildan ko‗proq davr mobaynida ijod etgan asarlarini to‗plab, 

―Ishq  savdosi‖,  ―She`r  dunyosi‖,  ―Umr  daryosi‖  va  ―Ko‗ngil  nidosi‖  nomli  to‗rt 

jildlik  saylanmasini  o‗quvchilarga  taqdim  etdi.  Bu  asarlar  faqat  shoir  qalbining, 

kechinmalarininggina  emas,  balki  xalq  hayotining  ham  ko‗zgusidir.  Shoir 

asarlaridan  hayotga,  go‗zallikka  muhabbat,  yovuzlikka,  tubanlikka  nafrat  yaqqol 

sezilib turadi.  

Erkin  Vohidov  –  poetik  tafakkuri  g‗oyat  keng,  tiniq,  mahoratli,  o‗z  so‗zi 

bilan aytganda xalq hayotini badiiy so‗z bilan rangli, o‗zgacha, sodda va tushunarli 

qilib  kuylovchi  iste`dodli  shoir.  Shoir  qalamiga  mansub  she`rlarda  hayotda  ro‗y 

berayotgan  voqea-hodisalarni  teran  nigoh  bilan  ko‗rish,  mushohada  qilish,  tub 

mohiyatini  anglashga  intilish  borligini  ko‗ramiz.  Shoirning  ―quyma  misralari 

kitobxon  yuragiga  kirib,  qalb  to‗ridan  joy  oladi  va  uning  xotirasida  o‗chmas  iz 

qoldiradi.  Har  bir  she`riga  o‗zgacha  pafos,  donishmandlik,  xalqchillik  bilan 

yondoshgan  shoir  asarlarida  millat  sha‘niga  maqtov  yog‗dirish,  hamdu-sano 

aytishdan  ko‗ra,  ko‗proq  insonning  hayot  oldidagi  burchini  bajarishi,  uni  anglash 

kerakligini,  hayotda  inson  degan  buyuk  nomga  munosib  bo‗lishga  undovchi 

chaqirig‗ini  his  etish  qiyin  emas.  Shoir  teran  fikrlaydi.  Mushohada  bilan,  yillar 

tajribasi  va  hayotiy  manzaralardan,  dono  xalqdan  olgan  taassurotlarini  misralar 

qa‘tiga singdiradi. 

U  xalqni,  millatni,  insonlarni  o‗ziga  –  ustoz,  o‗zini  esa  ulardan  bilim 

oluvchi,  o‗rganuvchi  -  tolib  ekanini  aytib  o‗tadi.Va  o‗z  kasbini  juda  chiroyli  va 

ishonarli, haqqoniy so‗z bilan tasvirlaydi: 

 

El-ustozim, men esa-tolib, 



 

So‗z durlarin termoqdir ishim. 

 

Odamlarning o‗zidan olib, 




168 

 

 



Odamlarga bermoqdir ishim [1]. 

Shoir  umri  davomida  o‗zi  yaratgan  ushbu  ―oltin  qoida‖ga  amal  qilib  ijod 

qilgan desak mubolag‗a bo‗lmaydi.  

Shoir she`rlarida samimiyat, dilbarlik, go‗zllik, soddalik va barkamollik aks 

etadi.  Shoir  she`rlarining  buyukligi  ham  aynan  shunda,  nazarimda.  She`rlarni 

o‗qib,  har  bir  she`rda  o‗ziga  xos  navo,  musiqiylik,  o‗yga  soluvchi  jumboq,  kishi 

aqlini  mushohada  undovchi  teranlik  borligini  ko‗rish  mumkin.  She`rlar  beixtiyor 

biz uchun yozilgandek tuyuladi, sevilib o‗qiladi, misralarda qoqilish kuzatilmaydi, 

eng  asosiysi,  she`r  mazmuni  va  undagi  musiqiylik  bizni  hayotda  yashashga, 

turmushimizdagi  vaziyatlarga  o‗zgacha  ko‗z  bilan  qarashga  o‗rgatadi,  estetik 

didimizni shakllantiradi, ruhiyatimiztarbiyalaydi.Aslida adabiyotning bosh vazifasi 

ham  aynan  kishini,  uning  his-tuyg‗ularini  tarbiyalashdan  iborat.  Nazmiga  navoni 

uyg‗unlashtirgan  navobaxsh  shoir,  aynan  bu  ta‘rif  Erkin  Vohidov  uchun  xos  deb 

o‗ylayman.  Shoir  she`rlarini  o‗qiganimizda  bu  she`rlar  dastavval  qo‗shiq  bo‗lib 

yaratilgandek,  keyinchalik  qog‗ozga  ko‗chirilgandek  tuyuladi  kishiga.  Ohangni 

o‗ziga jam qilgan she`riy satrlar o‗zlariga yuklatilgan, kishi qalbiga kirishdek ulkan 

vazifani  yuksak  mahorat  bilan  uddalaganlar.  Shoir  she`rlariga  oddiy  ko‗z 

qaramaydi, har bir she`riga o‗zgacha mehr bilan munosabatda bo‗ladi.  

Masalan, ―Kuzatish‖ she`rida shunday yozadi: 

Qora-qura polaponlarim 

Chag‗ir-chug‗ur qaqajonlarim  

Serjanjal, serto‗polonlarim  

Ko‗mganim yo‗q sizni ziynatga 

Oshno  qildim  samimyatga!  -  deya  ta`kidlaydi,  o‗z  she`rlarini  samimiy 

erkalaydi.  Erkinlikda  vohid,  vohidlikda  erkin  deya  e`tirof  etilgan  shoirning 

―Kavkaz she`rlari‖, ―Azganush‖, ―Kimni etmas bu ko‗ngil shaydo‖, ―Sevgi‖ , ―Oy 

fonusin  ko‗tardi  osmon‖  kabi  yuzlab,  minglab  she`rlari  yoqimli  navoday 

jaranglaydi.  Bir  o‗qishdayoq  ko‗ngilga  yoqib  qoladi.  Shu  bois,  shoirning  barcha 

she`rlarini ―ko‗ngil qo‗shiqlari‖ desak xato qilmagan bo‗lamiz.Yoki,  

Yellar bir daqiqa to‗xtang esishdan 

Sernavo bulbullar sayramang, bir oz 

Karbalo dashtidan yayov kezishdan  

 Charchab tin olmoqda Fuzuliy ustoz…  

―Fuzuliy  haykali  qoshida‖  she`rida  shoir  g‗azal  bo‗stonida  sayr  qilmoqda, 

she`rni  o‗qir  ekanmiz,  atrof,  tabiat,  qushlar  hatto  barglarning  shitirlashi,  Fuzuliy 

ustoz  g‗azallaridan olingan satrlar shoir  misralari bilan  uyg‗unlashib, bir  butunlik 

kashf qiladi. Bu yaxlitlik – hayotbaxsh she`riyat simfoniyasidir. 

Mulki borliq ichra bir mahal 

Ko‗rksizgina olam yaralgan 

Bermoq uchun dunyoga sayqal  

Olam aro odam yaralgan 

Shundan beri inson tinmayin 

Shu yer uzra ter to‗kar hamon 

Yerni go‗zal qilgani sayin 




169 

 

Go‗zal bo‗lar o‗zi ham inson 



Shoir  ―Yulduz‖  (1964)  nomli  she`rida  ba‘zan  o‗z  she`rlаriga  sarlavha 

topolmay  qolgan  o‗rinlarida,  sarlavha  ornida  yulduz  qo‗yishini  va  bu  yulduz 

kechayu-kunduz porlab nur sochib turishini orzu qilgan edi:  

Zuhro kabi charaqlab tursin 

Tunlar o‗zim, yumganda ko‗zim 

Hech so‗nmasin charaqlab tursin 

So‗nganda ham mening yulduzim [3]. 

Shoirning  bu  orzusi  ro‗yobga  chiqdi.Shoir  o‗zining  sehrli,  dilbar,  go‗zal, 

samimiy, tug‗yonli, jilvakor she`riy misralari bilan she`riyatimiz osmonida mangu 

porlab, kitobxonlar yuragiga mangu nur ulashib charaqlayveradi. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.

 



Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2016. 

2.

 



Vohidov E. Ishq savdosi. – T.: Sharq, 2002. 

3.

 



To  quyosh  sochgayki  nur.  Vohidov  E.  zamondoshlari  nigohida.  –  T.: 

O‗zbekiston, 2018. 




Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish