138
jiddiylikka yo‗g‗rilgan she`rlari bilan bir qatorda hazil-mutoyiba, hajviya va yumor
bilan to‗yintirilgan betakror she`riyati ham o‗z o‗quvchilariga egadir.
Adabiyotshunos Matyoqub Qo‗shjonov bir maqolasida hajviy, komik-yumoristik
yo‗nalish haqida gapirar ekan, jumladan, shunday deydi: ―Yozuvchi hajvda har xil
uslublardan foydalanishi mumkin. Shu asosda nuqson va kamchiliklarni, hayotda
uchrab turadigan illatlarni qavartirib, ayrim joylarda oshirib tasvirlashi, zarur
paytlarda noreal situatsiyalardan real xulosalar chiqarib, kamchiliklarni sog‗lom
nuqtadan turib fosh qila bilishda, hayot bir daryo ekanligini, unga tushib qolgan
ba`zi bir xas-cho‗plar, shox-shabbalar, shiddatli oqim natijasida paydo bo‗lgan
yengil ko‗piklar uning tagli oqimiga putur yetkazishini anglagan holda ish
tutishidadir‖ [2, 275].
Erkin Vohidov shunday ish tuta olgan ijodkor sifatida o‗zining
―Donishqishloq latifalari‖, ―Hajv daftari‖, ―Tabassum‖ rukni ostidagi ijod
namunalarida komik-satirik detallar, belgi-chiziqlar topib ishlatganki, hayotning
salbiy tomonlarini inkor etishda yumoristik galeriya yarata olgan. Birgina
Matmusa obrazining o‗zi fikrimiz isbotidir. Ammo shoir kichik to‗rtliklari orqali
ham yumor vositasida o‗z intellektual saviyasini namoyon qila olgan. Erkin
Vohidov ―Zo‗ravon‖ nomli qisqagina she`rida komik usul orqali oz so‗z ortiga
katta poetik hikmat yashirganini ko‗ramiz:
Qoch, chetga o‗t, yo‗l ber yigitga!-
Deya tog‗ni tepdi chigirtka.
Shu qisqagina satrlardagi chigirtka va tog‗ obrazining solishtirma tasviri
she`rga kutilmaganlik effektini singdirgan. O‗qirman birinchi satrni mutolaa qilib,
ongiga singdirar ekan, chigirtkaning o‗zini yigit atab tog‗ni bir tepishi
mumkinligini xayol qilmaydi, ammo ikkinchi satrni o‗qir ekan bunday yumoristik
badiiy topilmadan zavqlanadi.
Yoki ―Yangi boshliq‖ she`rida ham rahbarlar ma`naviyatini yumor orqali
tanqid qiladi:
Boshlig‗imiz mard edi, o‗ktam,
Yangisidan ko‗ngil to‗lmadi.
O‗nta majlis o‗tkazganda ham
Bitta odam infarkt bo‗lmadi
She`rda yangi va eski boshliq qiyoslanar ekan, yangi boshliqdan ―Ko‗ngil
to‗lmadi‖, - deyilsa-da, aslida eski boshliq tanqid ostiga olinayotgani poetik
kashfiyotni yuzaga keltirgan. Salbiy lirik obraz- eski boshliq ―mard edi, o‗ktam‖,-
deya tasvirlanishi va bu tasvirning o‗z ma`nosidan ko‗chib kinoyaga evrilishi
estetik tadqiqot ifodasidir.
Shoirning ―Tayyorada‖ nomli to‗rtligida ham tilga e`tibor masalasi bir qadar
yumorga o‗rab ko‗tarilganini ko‗rish mumkin:
Parvoz chog‗i tayyoraning dilbar kelini
Ko‗k toqini bizga taxti Sulaymon qildi
Lekin e‘lon o‗qiganda o‗zbek tilida
Davlat tili bo‗lganiga pushaymon qildi.
139
She`rdagi oxirgi misra tasvirining dastlabki ikki misradagi tasvirga qarama-
qarshi qo‗yilishi, tayyoradagi qizga nisbatan ―dilbar kelin‖ tashbehining
qo‗llanilishi, kichkina syujet orqali hajv yarata olingani she`rga zalvorli badiiy yuk
bergan. Erkin Vohidov komik momentlarni qalamga olar ekan, shoir idealini aks
ettiradigan ijobiy lirik qahramon bosh planda turavermaydi, ya`ni ijodkor o‗zining
estetik idealini salbiy obrazga kulgi yaratuvchi munosabatida ifodalaydi, bu jihat
she`rning voqeiy oqimida ko‗rinadi.
Quyidagi ―Gripp bo‗lgan oshnamga‖ nomli she`rda ham quruq ritorikani
uchratmaymiz, yengil yumor va kinoyaviy ifoda birlashmasi badiiy samarani
manzaralashtiriladi:
Sog‗lom bo‗lsang ishlab horma, og‗ayni,
Gripp bo‗lsang ishga borma, og‗ayni,
Fidoyiman deb hammaga uqtirma,
Bu ham bir dard, uni elga yuqtirma.
Shoir hajviy to‗rtliklarining aksariyatida eng katta yukni, aytmoqchi bo‗lgan
eng salmoqli fikrini oxirgi satrda ifodalaydi. Ammo yuqoridagi she`rda badiiy yuk
uchinchi satrda ko‗rinadi:―Fidoyiman deb hammaga uqtirma‖ tarzida ifodalanishi
sinchkov va nozik kuzatish natijasidir. Adabiyotshunos Ibrohim G‗ofurovning
Erkin Vohidov haqidagi quyidagi fikrlari ham fikrimiz isbotidir: ―…Uning
so‗zlari, tiniq, nafis baytlari kirib borgan qalblar ichdan nurlanib, she`r fayzi bilan
go‗zallashadi… Uning satrlari odamlarni o‗z ohanrabo doirasiga tortadi.
O‗quvchilar uning ilk she`rlari va dostonlaridagi ohanraboni juda tez ilg‗ab olgan,
maftun bo‗lgan, yangi she`rlarini ixlos bilan kutar, qarshilardilar… Allaqanday
insoniy joziba, nazokat, madaniyat va izzat-ikrom unga tug‗ma tarzda tortiq
qilinganga o‗xshardi. Bularning bari uning tabiati, fe‘l-atvorida ich-ichidan tabiiy
tarzda shu‘lalanib turardi‖[1, 342]. Darhaqiqat, shoir satrlaridagi yengil yuquvchi
estetika, nozik yumor ohahraboni yuzaga keltiradi go‗yo. Quyidagi ―Tarbiya‖
nomli she`rda ham shu jihat ko‗zga tashlanadi:
Jiyan tog‗asiga ―jinnisan‖ desa,
Ota tanbeh berdi o‗g‗liga sekin:
Tog‗ang katta odam, kattani esa
Sizlash kerak o‗g‗lim ―jinnisiz‖ degin.
She`rda ob`yektga ma`naviy-axloqiy mavqedan turib yondashilgan bo‗lib,
umuminsoniy qimmatga molik jihat-tarbiya haqida gap ketadi. To‗rtlikning
sarlavhasi ―Tarbiya‖ deb nomlangani holda misralarda bu so‗zning tilga
olinmagani, otaning voqeaga munosabati yumor orqali ifodalanishi emotsional
diapazonning kenggayishini ta‘minlagan.Yana bir yumorga yo‗grilgan she`r:
Johilda ham ko‗z bor, so‗qirmas, ko‗rmas,
Faqat u burnidan uzoqni ko‗rmas.
Ne ko‗rsa fe‘l bois ko‗rar u, lekin
Birovdan ko‗radi, o‗zidan ko‗rmas.
―Johil‖ sarlavhali yuqoridagi to‗rtlikda ham bemurosa yumorist o‗zining faol
munosabati bilan inkor qilish mavqeyida turib johilning fe‘lini tanqid ostiga
oladi.She`rdagi ko‗rmas so‗zini ham muallif o‗rinli qo‗llab tajnis tasviriy vositasini
140
yuzaga keltiradi. Birinchi misrada johilning ko‗zi ―ko‗r emas‖ ma`nosida
qo‗llangan bo‗lsa, ikkinchi misrada ―uzoqni ko‗rmaydi‖ ma`nosida, oxirgi misrada
esa ―o‗zidan ko‗rmaydi‖ ma`nosida qo‗llangan bo‗lib, ko‗rmoq fe‘li yuksak badiiy
natijani paydo qila olgan.
Xulosa qilib aytganda, Erkin Vohidov lirikasining salmoqli qismini yumor
tashkil qiladi, ayniqsa, kichik hajmli to‗rtliklarda shunchaki sharoitni, vaziyatni
ko‗rsatish yo‗lidan borilmaydi, aksincha, poetik ritmga solingan tanqidiy
psixologizm, komiklikka, ba‘zan yumor va satiraga tayanilgan badiiy sintez,
hayotning turli noqobil va salbiy jihatlariga qarshi reaksiyadir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
G‗ofurov I. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2017.
2.
Qo‗shjonov M. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2019.
3.
Vohidov E.Tanlangan asarlar. – T.: Sharq, 2018.
4.
Yo‗ldoshev Q., Yo‗ldosheva M. Badiiy tahlil asoslari.–T.: Kamalak, 2016
Do'stlaringiz bilan baham: