DO„ST QIDIR, DO„ST TOP JAHONDA
Gulchehra QO„YLIYEVA,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD) (GulDU)
O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidovning sehrli ijod olami she`riyat
muxlislarini tobora o‗ziga maftun qilib boraveradi. Shoirning o‗tkir qalamidan
to‗kilgan o‗tli satrlar kitobxonni aslo befarq qoldirmaydi. ―Do‗st bilan obod
uying...‖ deb boshlanuvchi she`ri Do‗stga berilgan ta‘rif va maqtov. She`rni
o‗qigan kitobxonda insonning do‗sti bo‗lmasligi aslo mumkin emas, hayotda do‗st
tutish, unga samimiy va vafodor bo‗lish, uni to abad saqlay bilish kabi fazilatlarni
shakllantirgan bo‗lsa ne ajab.
Do‗st bilan obod uying,
Gar bo‗lsa u vayrona ham,
Do‗st qadam qo‗ymas esa
Vayronadir koshona ham. [1, 25]
Inson umri davomida tirikchilik ilinjida tinimsiz mehnat qiladi. Mashaqqat
va azob-uqubat tortib, oila qurib, bola-chaqa orttirib, ro‗zg‗or tiklaydi. Ana
shunday kunda unga hamdam va hamfikr do‗sti qadrdon asqotadi. Do‗st bilan
bo‗lgan kuning uying obod, xonadoning xushbaxt bo‗ladi. Do‗st uyingga qadam
qo‗ymasa, aksincha, garchi uying koshona bo‗lsa ham vayronadan aslo farqi
qolmaydi.
Intizor har uy qadrdon
Dilkusholar bazmiga
Gar oyoq qo‗ysa qabohat
Yig‗lagay ostona ham.
Dilkusho do‗sti qadrdonlar yig‗iniga har bir xonadon intizorligi, garchi
yomonlik oyoq qo‗ysa ostona ham yig‗lar ekan.
Yaxshi do‗stlar davrasida
Ochilursan har zamon
Ko‗rkni shoda ichra topgay
Marvarid durdona ham.
Yaxshi va vafodor do‗stlar ichra inson o‗zini yettinchi osmonda, qanotli va
kuch – qudratli sezib, yo‗lida uchrovchi barcha to‗siqlarni bir zumda yengib
o‗tishga qodir bo‗ladi.
So‗rma mendan kim diloro,
Do‗stmi yo jonona deb.
Do‗st mening ko‗nglimdadir,
Jonimdadir jonona ham.
Yaxshi inson umri davomida do‗stga ko‗p dil beradi, usiz hayotini bir zum
bo‗lsa-da, tasavvur qilolmaydi, uningsiz o‗zini mukammal inson sifatiga
qo‗sholmaydi. Hayotiy tajribali insonlar buni chin yurakdan his qiladilar. Inson
66
umr yo‗llariga sherik bo‗lgan har ikki do‗st – ayricha martaba va maqomga ega,
do‗st bir taraf, jonona bir taraf.
Qochma rostgo‗y do‗stlarning
Kohishu ozoridan,
Qaddi rost shamning tilidan
O‗rtanur parvona ham.
Shoir she`rlarining har satridan xalqona ohang, maqol va matallar paydar-
pay bo‗y ko‗rsatib turadi: ―Do‗st achitib garirar, dushman kuldirib‖, ―Boshingga
qilich kelsa ham to‗g‗ri gapir‖. Sham yalovi o‗tkirligidan parvona ham dosh
berolmay jon berishini, rostgo‗y do‗stlarning ta‘na dashnomlaridan aslo qochmay,
parvona misol taslim bo‗lmaslikka chorlaydi.
Do‗st qidir, do‗st top jahonda
Do‗st yuz ming bo‗lsa oz,
Ko‗p erur bisyor dushman
Bo‗lsa u bir dona ham.
Shoir do‗stga shunday ta‘rif beradiki, uning juda yaxshi xislatlari va
yaxshiliklaridan yuz ming do‗st bo‗lsa ham kamlik qilishini, aytilganidek, rus
xalqining ―Yuz so‗m puling bo‗lmasin, yuzta do‗sting bo‗lsin‖ maqolini esga
soladi. Aksincha esa dushman bir dona bo‗lsa ham bisyorligi barchaga aniq.
Kim senga hamroz emasdir,
Bog‗araz deb o‗ylama
Gohi dushmanlik qilurlar
Qo‗l siqib do‗stona ham.
Kishi umri davomida yaxshi va yomon insonlarga duch keladi. Har doim
yaltoqlanib, soyangga ko‗rpacha to‗shaydigan, do‗stona qo‗l siqib, og‗iz burun
o‗pishadigan insonlar ko‗p. Lekin ularning ham bo‗lgani durust va o‗ziga yarasha
―yaxshi‖ tomoni bor: Ular Seni hayotda mudom hushyorlikka chorlaydi.
Foydalangan adabiyotlar:
1.Vohidov E. Tanlangan asarlar. – T.: Sharq
, 2016.
2. Yo‗ldoshev Q. Ochqich so‗z. – T.: Tafakkur, 2019. –B.250.
Do'stlaringiz bilan baham: |