ERKIN VOHIDOVNING ISTIQLOL YILLARI SHE`RIYATIDA HAJV
Obidaxon FAYZULLAYEVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (GulDU)
Erkin Vohidovday buyuk so‗z san`atkori vaqtning zalvorli g‗ildiragi ta`sirida
yo‗qlik olamiga jisman ketgan bo‗lsa-da, ammo uning ruhi etuk ijod namunalari
orqali asrlar osha xalqimizning, har bir muxlisining qalbidagi mustahkam o‗rni
tufayli barhayotlik kasb etishiga shubha qilmasa ham bo‗ladi. Shoir butun umrini
ijodga baxshida etdi, takrorlanmas san`at asarlari bilan o‗zbek adabiyotiga o‗zining
tengsiz hissasini qo‗shib bordi. Shoirning istiqlol yillarida yaratgan she`rlari
orasida hajviy mavzu alohida o‗rin tutadi. Shoirning ―Donishqishloq latifalari‖
kabi turkum hajviy she`rlarida mustabid mafkuraning salbiy jihatlari yoritilgan
bo‗lsa, so‗nggi davrdagi asarlarida ijtimoiy hayotda uchrab turadigan illatlar, inson
atalmish murakkab tilsimning o‗zligi bilan bog‗liq muammolar aks
ettirilganligining guvohi bo‗lish mumkin. Xususan, kichik hajmli she`rlarining
birida:
Bo‗sag‗a
O‘pmoqqa qo‗lin bermadi,
ostonani men zor –
O‘pdim.
Bo‗sag‗a bo‗sag‗a nom –
olmadi bekor.
deyish orqali yorning ma‘shuqa eshigi oldidagi intizor holatini va bundan yuzaga
kelgan poetik mushohadakorlikka guvoh bo‗lish mumkin. Ya`ni, oshiqning
ma‘shuqasiga atalgan bo‗sasi ostonaga nasib etganligi uchun u ―bo‗saga loyiqlik‖
maqomidagi ―bo‗sag‗a‖ nomini olganligi nazarda tutilmoqda.
Ijodkorning ―Bizlar arra tortmoqdamiz‖ nomli satirik ruhdagi she`rida o‗zi
o‗tirgan shoxni arralayotgan kishilar obrazi tasvirlangan.
63
Bizlar arra tortmoqdamiz,
Arramizning tishi yo‗q.
Nega arrang tishi yo‗q, deb
So‗raydigan kishi yo‗q.
Bunda jamiyatdagi loqaydlik va o‗z xohishiga qarshi ish qilayotgan, undan
ham aniqrog‗i, o‗zi yashayotgan jamiyati tanazzuliga xizmat qiluvchi vazifa
bajarayotgan insonlarning faoliyati nazarda tutilmoqda. Shu tanazzulda o‗zlari ham
barbod bo‗lishini bilgan kimsalar tishsiz arra bilan o‗z ishlarini bajarmoqdalar.
Chunki bizlar anoyimas,
Pishib ketgan ko‗zimiz.
Arra tushgan o‗sha shoxda
O‘ltiribmiz o‗zimiz.
Lekin bu holatda tishsiz arra orqali vaqtni cho‗zishga erishiish va o‗zlarini
qutqargani keladigan biror qahramondan umidvorlik ma`nosi ham yo‗q emas.
Bugungi ijtimoiy hayotdagi maishiy muammolardan yana biri bo‗lgan
ayolllarning bordi-keldi, sarpo-surug‗iga ketadigan harajatlarning kattaligini
tavsiflagan satirik she`rlardan biri ―Shaxmat ustida aytilgan she`r‖ deb nomlanadi.
Bunda zamona erkaki xotinning yuqoridagi kabi harajatlari uchun ―labbay‖ deb
turib berolmasa, bunday deyishi uchun esa uning ―pul zavodi‖ bo‗lishi kerakligi,
bankni o‗marishi yoki bu ish qo‗lidan kelmaganda xotini oldida indamay
―shalvirab‖ turaverishi kerakligi tavsiflanadi. She`rning xulosasi ham o‗ziga xos:
...Dunyodan yo‗q bo‗lib ketmaslik uchun
Men erkak o‗rnida turishim kerak.
Ya`ni erkaklarning ishini qilib,
Mazza qilib shaxmat surishim kerak.
Shaxmat o‗yiniga berilish orqali u mavjud holatga beparvolashadi va o‗z
vazifasi tashvishlardan chekkaroqda bo‗lish ekanligini his etadi va hokazo.
Davlat tiliga munosabat xususida juda ko‗p bong uriladi, lekin oddiy holatlar
va loqaydlik unga bo‗lgan hurmatning yo‗qolishiga sabab bo‗lishi mumkinligi
haqidagi mulohaza shoirning ―Tayyorada‖ nomli to‗rtligida aks ettirilgan:
Parvoz chog‗i tayyoraning dilbar kelini
Ko‗k toqini bizga taxti Sulaymon qildi.
Lekin e‘lon o‗qiganda o‗zbek tilini
Davlat tili bo‗lganiga pushaymon qildi.
Bu o‗rindagi ―taxti Sulaymon‖ jumlasi ikki xil ma`noda, biri – barcha
sharoitlarning muhayyoligi, ikkinchisi esa osmon uzra Sulaymon kabi el qanotida
parvoz etish ma`nolarida qo‗llanilgan. Misralardagi ―dilbar kelin‖ o‗zbek tilini
buzib talaffuz qilayotgan ovoz egasi bo‗lib, u davlat tili bo‗lgan o‗zbek tilini
xorijliklar oldida ham boshqalar orasida ham obro‗sizlantirishdan boshqa ishga
qodir emasligini isbotlamoqdaligi nazarda tutilmoqda.
Yana bir she`rida ijodkor yomonga yondoshgan kishining ahvoliga voy
bo‗lishi, hamisha bunday kimsalardan yiroq yurish zarurligi haqidagi an`anaviy
fikrni hajv yo‗li bilan yana bir bora eslatadi.
64
Yomonga yondoshmoq
oqibat nimadir,
Sen anglab etmading,
bilardi jinni ham.
Shoir bir she`rida majoziy obrazlardan foydalanib, jamiyatdagi o‗zini zo‗r
deb biluvchi, elga zo‗ravonlik bilan so‗zini o‗tkazishga harakat qiluvchi ayrim
kimsalarning xulq-atvori xususida fikr yuritadi. Ya`ni, she`rdagi zo‗ravon –
chigirtka, tog‗ esa butun xalq, yoki insoniyat deyish mumkin.
Zo‗ravon
Kim der meni mayda hasharot?
Tepkim xuddi olti yashar ot.
Qoch, chetga o‗t, yo‗l ber yigitga!-
Deya tog‗ni tepdi chigirtka.
Bunda hayot yo‗lida uchrab turadigan shu kabi noraso kimsalar tog‗ kabi
mahobatli xalqning, insoniyatning iroda kuchi oldida chigirtka misol ojiz qolishi
tasvirlangan.
Shoirining hayot yo‗li, umr mazmuni haqidagi mulohazalari o‗ziga xos bo‗lib,
uning tasvirini quyidagi kichik she`rdan anglash mumkin. Unda insonlarning hayot
tashvishlari bilan shu darajada bandligidan umrning yakunlanib qolganligini ham
sezmay qolishlari holati «ikki sana aro bir chiziq» tashbehi orqali ifodalangan.
Hayot yo‗li
Zamon tez, fursat oz,
Har lahza ziqdir,
Har lahza ziqligi bilan qiziqdir.
Hayot yo‗li nadir? Qabr toshida
Ikki sana aro qisqa chiziqdir.
Umr har xil holatda tufa xil tashbehlanadi. Shoirning yuqoridagi tashbehi
ham original poetik topilma deyishga arzirlidir.
Sevimli shoirimizning «San`atning, adabiyotning sharti – barkamollik va
mukammallikdir», degan fikrlari ijod namunalari xususidagi o‗ziga xos falsafasi
bo‗lgan. Erkin Vohidov she`riyati barkamolligi bilan barchaga manzur bo‗lgan,
butun xalqni muxlisiga aylantirgan, hammaga birdek ma‘qul tushgan va sevimli
bo‗lgan she`riyat desak mubolag‗a bo‗lmaydi. Uning istiqlol yillari yaratgan
she`rlari ham badiiy adabiyotning, hayotning asosiy siymosi hisoblangan
insonning turfa ko‗rinishlari, uning muammolari va malalalarining qaysidir
ma`nodagi faylasufona echimlariga bag‗ishlangan desak yanglishmaymiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Erkin Vohidov. Tanlangan asarlar. – T., Sharq, 2016. - 696 bet.
2.
Muhammad
Ali.
She`riyatimizning
porloq
yulduzi.
(E.Vohidov
Saylanmasiga so‗zyuoshi). –T., Sharq, 2016. 5-10- betlar.
3.
Yo‗ldoshev Q. So‗z yolqini. –T., G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa
ijodiy uyi. 2018. – 504 bet.
65
4.
Хализев В.Е. Теория литературы. Поезия и проза. М., Высшая школа,
1999. Стр. 236-239.
Do'stlaringiz bilan baham: |