Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

Ruhlar  isyoni

»  dostoni  yuksak  badiiyati  bilan  ajralib  turadi.  Nazrul 

Islom  XX  asr  boshlarida  she`riyatga  chaqindek  yaraqlab,  momaqaldiroqdek 

gulduros  bilan  kirib  kelgan  va  Kunchiqish  poeziyasi  taraqqiyotida  o‗chmas  iz 

qoldirgan isyonkor shoir edi. U da‘vatkor she`rlari bilan butun Hindistonni larzaga 

solgan,  iste`dodi  va  hayotini  vatani  ozodligi,  xalqlar  birdamligi,  erki  va  baxti 

yo‗lida  fido  etgan  dovyurak  shoirdir.  Bosqinchilar  va  ularning  mahalliy 

yaloqxo‗rlari  qilgan  adoqsiz  tazyiq  va  qiynoqlar  hali  o‗ttiz  beshga  ham  kirmagan 

isyonkor  va  bo‗ysunmas  shoirni  ayni  ijodi  qaynagan  paytda  aqldan  ozdiradi. 

Oradan  yillar  o‗tdi,  mustamlakachilar  shoirning  vatanidan  quvildi.  Mamlakat 

mustaqillikka  erishgach,  bir  vaqtlar  tahqirlangan,  jabrlangan  shoir  qadr  topadi,  el 

ardog‗iga  sazovor  bo‗ladi.  Ammo  endi  u  bularni  bilmas,  chunki  uni  aqlidan 

ayirgan  edilar.  Nazrul  Islom  yurtidagi  o‗zgarishlarni  sezmay,  shu  ahvolda  yana 

qirq yil yashaydi.  

Dostonda  Nazrul  Islom  fojiy  qismatini,  shoirning  iste`dod  va  jasorati  unga 

qanchalar  qimmatga  tushganini,  qalbidagi  alam-iztirobu  tug‗yonlarni  butun 

keskinligi bilan tasvirlanadi. Ayni vaqtda, muallif Nazrul Islom hayoti va qismatini 

ko‗rsatish  asnosida  o‗zini  qiynab  kelgan  armonli  o‗ylaru  ko‗ngil  dardlarini  ifoda 

etadi.  Doston  haqsizlik  va  adolat,  istibdod  va  erk  orasidagi  mangu  kurashda 

iste`dod  egasining  o‗rni  haqidagi  falsafiy  mushohadalar  bilan  boshlanadi.  Chin 

iste`dod  egasining  tabiati  yaralishdan  adolatsizlik,  nohaqlik,  istibdodga  qarshi 



12 

 

isyondir. Hamma narsaga chidashi va ko‗nikishi mumkin bo‗lgan iste`dod zo‗rligu 



istibdodga chiday olmasligini shoir g‗oyat ta`sirchan ifoda etadi: 

Bu dunyoning quvonchi kam, 

Dardu g‗ami ziyoda. 

Ammo g‗amdan qochmoqning ham 

Tadbiri ko‗p dunyoda. 

...Lek olamda bir dard borki, 

Unga sira najot yo‗q. 

Bu azobga kim duchorki, 

Unga kun yo‗q, hayot yo‗q. 

Bu mashaqqat ichgan bilan 

Dil tubiga cho‗kmaydi. 

Uni hech kim yuragidan 

Hech kimsaga to‗kmaydi. 

...U jon bilan ketsa dildan, 

Sukut qolsa yurakda, 

Odamzodning ruhi bilan 

Yashayberar falakda. 

Bu – shoirning dilin ezgan  

Istibdodning dardidir. 

Yurakdan qon bo‗lib sizgan 

Iste`dodning dardidir. 

Iste`dodli  bo‗lish  yoki  bo‗lmaslik  odamning  ixtiyorida  emas.  U  kishiga 

Yaratgan  tomonidan  qilingan  inoyat,  ulkan  mas`uliyat  va  tayin  etilgan  qismatdir. 

Shu bois iste`dodli shaxsning Haqni qaror topdirish uchun kurashishi tabiiy holdir. 

Iste`dodning istibdodga chiday olmasligiga sabab istibdod zamirida adolatsizlik va 

zulm borligidir. Shuning uchun ham dostonda alohida ta`kidlanadiki: 

Kuy, g‗azali odamzodning 

Darddir, ezgu armondir. 

Yaralishdan iste`dodning 

Tabiati isyondir. 

Shoir yurak – pok tilagi, 

Imonidir basharning.  

Armon to‗la yurakdagi  

Isyonidir basharning. 

 

Nazrul  Islom  dunyoga  shoir  bo‗lib,  ya`ni  basharning  pok  tilagi,  imoni, 



armon  to‗la  yurakdagi  isyoni  bo‗lib  kelishi  bilanoq  elning  ozodligi  uchun  mas`ul 

edi.  Ozodlikka  chiqishi  lozim  bo‗lgan  yurt  isyonkor  shoirga  muhtoj  edi.  Chunki 

«


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish