Nazrul Islom o„z qalbini Bayroq qilib ko„tardi.
Yuragida to so„nggi dam Isyon o„ti so„nmadi. Haqsizlikka ko„ndi olam, Ammo
shoir ko„nmadi
». Bunday shaxslik sifatlariga ega shoirga, avvalo, faqat jonining
tinchini o‗ylaydigan, jur`atsiz, munofiq kimsalar dushmandirlar. Zo‗ravonlik va
haqsizlikni ko‗rib turib indamaslik, unga qarshi kurashmaslik diyonatsizlikdir.
Jonu jahonini yurtining ozodligi, elining erki uchun bag‗ishlagan Nazrul Islom
jaholat tufayli ko‗ru karga aylangan olomon ta‘qibiga uchraydi. Shu tariqa, shu
xalq uchun jonini tikkan fidoyi yigit shu xalq tomonidan dushman sanaladi. Bu
tasvirlar haqiqatning yo‗li nechog‗lik chigal ekanini ko‗rsatib, o‗qirmanni hadsiz
iztirobga soladi. Kishida umidsizlik uyg‗otadiganday ko‗ringan iztirob cheksizligi
o‗qirmanni shoirga yaqinlashtiradi. Uning ruhini, ko‗nglini anglatadi.
Dostonda faqat Nazrul Islom qismatigina tasvirlanmaydi, balki yo‗l-yo‗lakay
shoir qismatiga muvoziy keladigan turli rivoyatlar ham keltiriladi. Bular bilan
tanishgan o‗qirman muallifning maqsadi faqat bengal shoirining hayoti, bir
zamonlar Hindistonda kechgan voqealar, qadim rivoyatlarni aytib berishdan iborat
emasligini, bu tasvirlarning chuqur tagma`nosi borligini his etib turadi. Asardagi
tasvirlar ota yurtning sovet istibdodi yillaridagi kechmishi, Fitrat, Qodiriy,
Cho‗lpon, Usmon Nosir kabi asl millat o‗g‗lonlarining yurt ozodligi yo‗lidagi
kurashlari va ular o‗z hayotlarini haq yo‗liga tikkanlarini yodga soladi.
«Ruhlar isyoni» dostoni tasvir yo‗sini va ifoda shakliga ko‗ra betakror asardir.
Doston xilma-xil she`riy shakllar, ritmik birliklar, hissiy ifodalar, hayotiy lavhalar,
rivoyatlar, shartli ramziy tasvirlarning nazokatli uyg‗unlashuvidan paydo bo‗lgan.
Shu xildagi rang-baranglik doston asosidagi hayotiy va badiiy haqiqatni hamda
muallifning ko‗nglidagi fikr-tuyg‗ularni butun nozik tovlanishlari bilan ifodalashga
xizmat qilgan.
Bu jihatdan dostondagi rivoyatlar muhim badiiy vazifa bajargan. Jumladan,
asardagi «Jaholat to‗g‗risida rivoyat» Nazrul Islomning diniy nizoga qarshi
14
kurashib tuhmatga qolgani, ta‘qib ostiga olingani tasviridan keyin berilishi
tasodifiy emas. Chunki «G‗alayon» deb atalmish bu faslda keyinroq keltiriladigan
rivoyatning urug‗i tashlab qo‗yilgan edi. Bu faslda Nazrul Islom tilidan:
Bosqinchining qadimdanoq
Falsafasi ayondir,
El ichida bo‗lsa nifoq,
Demak, zolim omondir.
Ular mazlum vatanida
Bo‗lmasin der sobitlar,
Jaholatning gulxanida
Isinadi zobitlar.
Eldan omad ketsa dastlab
Hamjihatlik yo‗qolgay,
Bunday elni sirtmoq tashlab,
Har bosqinchi yiqolgay.
«Jaholat to‗g‗risida rivoyat»da jaholat hukm surgan zamonda ulug‗
donishmand hakimning ko‗r ko‗zni ochgani, johil olomon esa uning bu ishini
Yaratganga isyon hisoblab, uni sazoyi qilib, o‗tda kuydirgani tasvirlanadi.
O‗qirman qalbiga titroq soladigan joyi shundaki, hakimdan shifo topib, ko‗zi
ochilgan chol uni Tangri irodasiga qarshi borganlikda ayblab, donishmandni
kuydirish uchun yig‗ilgan o‗tinga o‗t qo‗yadi. Bunday haqsizlikdan hakim qilgan
faryod she`rxon yuragiga ham ko‗chadi:
Yoqing, - deya so‗radi u. -
Olov bo‗lsin sarbaland.
Tezroq ketay bu dunyodan
Hech toqatim qolmadi,
Menda shifo oldi odam,
Olam shifo olmadi.
...Ko‗r ko‗zlarga mehrgiyodek
Nur baxsh etdi nashtarim,
Qalblar ko‗zin ochmoqqa lek
Kamlik qildi hunarim.
Shoir rivoyatni shu bilan tugatmaydi. Jaholat, adolatsizlik g‗alabasi mangu emas.
Ezgulik ertami-kechmi, baribir yuzaga chiqadi. Bu hol dostonda shunday
tasvirlanadi:
Shu olovdan elning, ajab,
Aql ko‗zi ochildi.
O‗kindilar. Aza tutib,
Yig‗ladilar, kuydilar.
Donishmandga yillar o‗tib
Oltin haykal qo‗ydilar.
«Ruhlar isyoni» asari chin insonni engib bo‗lmasligi, uni chin e`tiqodidan,
ezgulikka ishonchidan ayirish mumkin emasligini g‗oyat ta`sirli ko‗rsatib berishi
jihatidan o‗zbek dostonchiligi tarixida takrorlanmas voqea bo‗ldi. U millat
15
ma`naviyati shakllanishiga ham jiddiy ta`sir ko‗rsatgan asar sifatida sevib
o‗qilmoqda.
Haqiqat quvg‗in qilingan zamonda badiiy so‗zga zo‗r keladi. Chin gapga
boshqa qopqalar yopiq bo‗lganda u adabiyot orqali el orasiga yoyiladi. Erkin
Vohidov ijodiy umrining eng sermahsul qismi shunday davrda o‗tdi. Ijodining ilk
bosqichidayoq: ―
Do'stlaringiz bilan baham: |